50
bir xil) ma’noli bo‘lishi mumkin.
O‘zaro mos bo‘lmagan
tushunchalar teng
ergashish, qarama-qarshilik (issiq – sovuq, kun – tun) hamda ziddiyat (tun –
quyosh) munosabatlariga ega bo‘lishi mumkin.
Mulohaza
–
bu, unda biror-bir vaziyatlarning yoki vaziyatlar o‘rtasidagi
aloqalarning mavjud emasligi ta’kidlanadigan fikrdir. Mulohazalarga misollar: “Oy
aks etgan yorug‘lik bilan nur sochadi”, “O‘qish achchiq, lekin uning mevasi
shirin”.
An’anaviy mantiq ikki ma’noli hisoblanadi, chunki unda mulohaza
chinlikning ikki ma’nosidan biriga ega bo‘ladi: u yoki chin, yoki yolg‘on. Uch
ma’noli mantiqlarda mulohaza yoki chin, yoki yolg‘on, yoki noaniq bo‘lishi
mumkin. Masalan, “Marsda hayot mavjud” degan mulohaza hozirgi vaqtda na
chin, na yolg‘on emas – u noaniqdir. Ko‘pchilik boshqaruv vaziyatlarini tahlil
qilishda dastlab, odatda, uch ma’noli mantiqdan foydalaniladi, va faqat keyingina,
axborot to‘planishiga qarab, ikki ma’noli mantiqqa o‘tish mumkin.
Mulohazalar, biror-bir xabar, axborotni o‘z ichiga olgan darak gaplar bilan
ifodalanadi. Mulohazalar
sodda
va
murakkab
, ya’ni bir nechta sodda
mulohazalardan tashkil topgan bo‘lishi mumkin.
Qat’iy mulohazalar
tasdiqlovchi
va
inkor etuvchi
mulohazalarga bo‘linadi. Gap nima to‘g‘risida ketayotganligiga
qarab – barcha predmetlar sinfi, ushbu sinfning bir qismi yoki bitta predmet –
mulohazalar
Dostları ilə paylaş: