Menejmentning tadqiqot usullari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/67
tarix22.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#189379
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   67
MENEJMENTNING TADQIQOT USULLARI дарслик

umumiy, xususiy
va 
yagona
mulohazalarga bo‘linadi. 
Har bir mulohazada miqdoriy va sifat tavsiflari mavjud. Shu sababli mantiqda 
miqdor va sifat bo‘yicha mulohazalarning birlashgan tasnifi qo‘llanib, uning 
asosida mulohazalarning quyidagi to‘rt turi ajratiladi: 
umumtasdiqlovchi, xususiy 
tasdiqlovchi, umuminkor etuvchi, xususiy inkor etuvchi

Mulohazalar tushunchalar singari 
solishtiriladigan
va 
solishtirilmaydigan
mulohazalarga bo‘linadi. 
Solishtiriladigan mulohazalar 
o‘zaro mos
va 
o‘zaro mos bo‘lmagan
mulohazalarga bo‘linadi. 


51 
Ikkita mulohaza o‘zaro mos bo‘lmagan deb ataladi, agar birining chinligidan 
ikkinchisining yolg‘onligi zaruriy kelib chiqsa (ya’ni ularning ikkisi bir vaqtda 
chin bo‘la olmasa). O‘zaro mos mulohazalar bitta fikrning o‘zini to‘liq yoki 
qisman ifodalaydi. 
Xulosa 
– 
bu mulohaza bilan ifodalangan bilimni, yana mulohazalar bilan 
ifodalangan boshqa bilimlardan olish jarayonidir. Xulosalar 
deduktiv
(umumiydan 
xususiyga); 
induktiv
(xususiydan umumiyga) va 
o‘xshashlik (analogiya) asosidagi
xulosaga bo‘linadi. Deduktiv xulosa orqali ma’lum bir fikr boshqa fikrlardan 
“chiqariladi”, induktiv xulosalar esa faqatgina boshqa fikrga “boshlab boradi”.
Analogiya – 
boshqa predmet bilan o‘xshashlik asosida predmetda muayyan 
belgining mavjudligi to‘g‘risidagi xulosa. 
Qat’iy
analogiya 
ishonchli, 
qat’iy 
bo‘lmagan analogiya 
esa 

faqatgina ehtimoliy xulosani beradi. Xulosa chiqarish 
qoidalari buzilganda bunday analogiya 
yolg‘on xulosa
deb ataladi. 
Rasmiy-mantiqiy 
tadqiqot 
usullaridan 
samarali 
foydalanish 
uchun 
ishlatilayotgan tushunchalarni to‘g‘ri ifodalash zarur. Tushunchalar haqiqiy 
narsalar, voqealar, hodisalarni to‘g‘ri aks ettirishi uchun, ularni ta’riflashda 
ma’lum qoidalarga amal qilish zarur. 
1.
Tushunchalarni to‘g‘ri taqqoslash qoidasi. 
Ular orasida umumiylikka 
qaraganda farqli tomonlarning ko‘pligi yaqqol ko‘rinib turgan tushunchalarni 
taqqoslash mumkin emas. Masalan: “Boshqaruv – bu qonning organizm bo‘ylab 
harakatlanishidir”. Bunday ta’rif obrazli, lekin ilmiy nuqtai nazardan maqbul emas. 
2
.
Aniqlovchi va aniqlanuvchi tushunchalar mutanosibligini o‘rnatish qoidasi. 
Masalan, samaradorlik – bu nafaqat boshqaruvning, balki istalgan boshqa faoliyat 
turining xossasidir deb tasdiqlash mumkin emas. Bunday tasdiqlash ta’riflash 
hisoblanmaydi. 
3.O‘zi isbot talab qiladigan narsa bilan boshqa narsani isbotlashga urinishni 
taqiqlash qoidasi. 
Tushunchani o‘z-o‘zi yoki birinchi tushuncha bilan 
aniqlanadigan boshqa tushuncha orqali ta’riflash mumkin emas. Misollar: 


52 
“Boshqaruv sub’ekti – bu boshqaruvchi tizim, boshqaruvchi tizim – bu boshqaruv 
sub’ektidir”; “Boshqaruv prinsiplari – bu boshqaruvda qo‘llanadigan prinsiplar”. 
4

Ta’riflovchi qismda ishlatiladigan barcha tushunchalarning ravshan va 
aniq bo‘lish qoidasi. 
Tadqiqotda ta’riflash paytida metaforalar, noma’lum 
tushunchalar va atamalardan foydalanish maqsadga muvofiq emas. Axir ta’rif 
noaniqlikni bartaraf qilish, mantiq o‘rnatish, fikrlashning aniqligini ta’minlash 
uchun zarur. 
Asoslash
 
– 
eng muhim ketma-ketlikda bajariladigan tadqiqotchilik ishlaridan 
biri, biroq asoslash jarayonida hosil qilinuvchi matnlarning ulkan xilma-xilligi 
bilan bir qatorda, ularning mantiqiy tuzilishining umumiyligini, ya’ni ulardan har 
birida ikki elementni: “asos”ni (bu komponent faol, ishchan ibtido, tuzish, 
shakllantirish, o‘zgartirish vositasi vazifasini bajaradi) hamda “asoslangan 
ob’ekt”ni, ya’ni passiv, majhul ibtido sifatida xizmat qiladigan tuzish, 
shakllantirish, o‘zgartirish ob’ektini ajratish mumkinligini ta’kidlamaslik mumkin 
emas. 
Shunday qilib, quyidagicha ta’riflash mumkin: asoslash ongning shunday 
jarayoniki, uning asnosida ikkita ideal ob’ektlar – asos va asoslanuvchi ob’ektlar
o‘rtasida u yoki bu aloqani o‘rnatish yo‘li bilan –birinchisining biror-bir tavsiflari 
ikkinchisiga ma’lum qilinadi. Ko‘pincha asoslash bilan birga boshqa anglash 
protseduralari, masalan oldindan ko‘rish va oldindan aytib berish ham tilga olinadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin