55
Shartsiz dalillarning maxsus holati bo‘lib bilvosita dalillar hisoblanishi mumkin,
bunda dalil keltiruvchi o‘z muxolifiga murojaat qilar ekan, o‘z tomoniga uning o‘zini
emas, balki bahsga kirishgan auditoriyani og‘dirishni mo‘ljallaydi.
Ushbu holda biz dalil keltiruvchining “halolligi” muammosiga duch kelamiz va
tabiiyki, dalil keltiruvchiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi masala paydo bo‘ladi.
Dalillar bilan asoslash san’ati Qadimgi Gretsiyadayoq yaxshi rivojlanib bo‘lgan
edi. Suqrot shunday ta’kidlagan: «... so‘zamollik tegishlicha qo‘llanishi zarur, toki u
adolatga xizmat qilsin». Birinchilar qatori “ideal dalil keltiruvchi”
atamasini
qo‘llagan Platon ham xuddi shunday nuqtai nazarga ega bo‘lgan. Uning fikriga
ko‘ra, bu inson:
1)
doim haqiqatni izlaydi va unga beg‘araz sodiq;
2)
argumentatsiya davomida ularning semantik jihatini afzal ko‘radi, ya’ni u
tinglovchilarda qanday taassurot uyg‘otish emas, balki nutq predmeti to‘g‘risida
qayg‘uradi;
3)
faqat halol usullar yordamida ishontiradi;
4)
dalillar retsipient tomonidan tushunilgan va baholanishi kerak bo‘lishiga
intiladi.
Ideal dalil keltiruvchi haqiqatga intiladi. Ideal dalil keltiruvchining zamonaviy
konsepsiyalariga to‘xtalamiz. S.I.Povarnin “Bahs: bahs nazariyati va amaliyoti
to‘g‘risida” nomli kitobda bahsni dalilli monologlar to‘plami sifatida ko‘rib
chiqadiki, unda har bir ishtirokchi dalil keltiruvchi bo‘lib qatnashadi. V. Brokridi
shunday ta’kidlaydi: “Ideal dalil keltiruvchi o‘z shaxsiy dalillariga va hamdalil
keltiruvchilarning dalillariga nisbatan tanqidiy munosabatda bo‘ladi”.
Keltirilgan
Platon, Aristotel, Povarnin, Brokridi konsepsiyalari bir-birini inkor etuvchilar emas,
balki to‘ldiruvchilar sifatida ko‘rib chiqiladi.
Shuni ham hisobga olish zarurki, inson istalgan sohadagi masalalarni va istalgan
auditoriyada muhokama qilishda bir xil kuchli bo‘lishi mumkin emas. Shunday qilib,
dalillar keltirish madaniyati ko‘rsatkichlaridan biri – dalillar predmeti va auditoriyani
to‘g‘ri tanlash qobiliyati hisoblanadi.
56
Argumentatsiya tadqiqotning bosqichi sifatida qaralib, unda sub’ekt bo‘lib dalil
keltiruvchi, ob’ekt – retsipient, vosita – dalilli tuzilish hisoblanadi.
Aynan retsipient vazifasining ahamiyatliligi tadqiqotchilarni, argumentatsiyani
dalil keltiruvchi va retsipientning birgalikdagi faoliyati sifatida ko‘rib chiqishga
undaydi.
Shu sababli tabiiyki, retsipientning funksiyalari nimadan iborat? degan
savol tug‘iladi. Eng avvalo, bu:
1.Argumentatsiyaning u tomondan idrok qilinishi. Retsipient argumentatsiyani
tushunishi yoki tushunmasligi, uni mutlaqo haqiqiy yoki yolg‘on
fikrlardan iborat
deb hisoblashi mumkin; retsipient argumentatsiyani ko‘pincha shaxssiz, uning
muallifidan qat’iy nazar qabul qiladi.
Boshqa hollarda, aksincha, retsipient dalil
keltiruvchining shaxsini hisobga oladi va bu holda o‘zining unga munosabati
argumentatsiyaning o‘zini idrok qilish va uni baholashga ta’sir ko‘rsatadi.
2. Argumentatsiyaning bahosini – mimika,
imo-ishora, jismoniy harakat bilan,
verbal ravishda (xitoblar, savollar, qisqa fikrlar bilan) yoki kengaytirilgan dalillar
bilan ifodalash. Argumentatsiyaning ichki va tashqi bahosi har doim ham biri-biriga
mos kelavermaydi. Retsipient argumentatsiyani qabul qilishi, biroq ochiqchasiga o‘z
noroziligini ham bildirishi mumkin.
Ideal retsipient halol bo‘lishi kerak. Faqat dalil keltiruvchi retsipient tavsiflarini
hisobga olmasdan, balki retsipient ham dalillarni baholar ekan, ularni keltiruvchining
tavsiflarini hisobga olishi zarur.
Argumentatsiyani tushunish uchun dalil keltiruvchini tushunish lozim.
Gnoseologik
baholash muallifning bahosiga, dalillarga bog‘liq emas va
quyidagilardan tashkil topgan: 1) asosiy fikrlarning xususiyatlari va tadqiqotning
dalil bo‘la oladigan hukmlari; 2) ularni yashirin (implitsit) to‘ldirilishi; 3) oqilonalik
talabiga muvofiqligini aniqlash. Bundan tashqari, argumentatsiyani
Dostları ilə paylaş: