Menejmentning tadqiqot usullari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/67
tarix22.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#189379
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   67
MENEJMENTNING TADQIQOT USULLARI дарслик

zidlik qonunini
ifodalaydi. Ushbu qonunga muvofiq ikki fikr bir vaqtning o‘zida haqiqiy bo‘lishi 
mumkin emas, agar ulardan biri biror narsani tasdiqlasa, boshqasi esa ushbu “biror 
narsani” inkor qilsa: «A va A emasning bir vaqtda haqiqiy bo‘lishi noto‘g‘ri». 
Zidlik qonuni negizini narsalar va hodisalarning sifat jihatdan muayyanligi, ular 
xossalarining nisbiy barqarorligi tashkil etadi. Haqiqatning ushbu tomonini aks ettirar 
ekan, zidlik qonuni, tadqiqot jarayonida zid fikrlar bildirilmasligini talab qiladi. 
Agar, masalan, A predmet ma’lum xossaga ega bo‘lsa, biz ushbu predmet 
to‘g‘risida fikr yuritishda ushbu xossani inkor qilmasdan va ushbu predmetga unda 
yo‘q bo‘lgan narsani qo‘shmasdan ushbu xossani tasdiqlashimiz shart. 


59 
Zidlik qonuni ilmiy tadqiqot uchun katta ahamiyat kasb etadi. Unan foydalanish 
omillar va hodisalarni tushuntirishda ziddiyatlarni topish va bartaraf qilishga, 
axborotni ma’lum qilishda turli noaniqliklarga va noizchillikka tanqidiy munosabatni 
shakllantirishga yordam beradi. 
Biroq, agar biz biror predmetning xuddi o‘ziga nisbatan, lekin: 1) turli vaqtda va 
2) boshqa predmetlarga bo‘lgan turli munosabatda ko‘rib chiqilayotgan biror narsani 
tasdiqlab va xuddi shu narsani inkor qilsak, zidlik qonuni amal qilmaydi. 
Tadqiqotda 
istisno qilingan uchinchi qonunining 
talabini ham inkor etib 
bo‘lmaydiki, unga muvofiq ikki bir-biriga zid fikrlardan biri yolg‘on, ikkinchisi 
haqiqiydir: “A bu V dir, yoki V emasdir”. 
Bunday qonun zid fikrlarga nisbatan, ya’ni ulardan biri nafaqat boshqasini inkor 
qiluvchi, balki qo‘shimcha axborotni ma’lum qiluvchi fikrlarga nisbatan amal 
qilmaydi. 
Tadqiqotlar o‘tkazish uchun istisno qilingan uchinchi qonunining muhimligi 
shundaki, u dalillarni yoritishda izchillikka amal qilishni talab qiladi va ziddiyatlarga 
yo‘l qo‘ymaydi. Bunday qonun tadqiqotchiga qo‘yiladigan muhim talabni ifodalaydi: 
ikkita bir-biriga zid fikrlardan birini haqiqiy deb tan olishdan chetlanish va birorta 
uchinchi fikrni qidirish mumkin emas. Agar fikrlardan biri haqiqiy deb tan olingan 
bo‘lsa, uchinchi, mavjud bo‘lmagan fikrni qidirmasdan, boshqasini yolg‘on deb tan 
olish zarur. 
Etarli asos qonuni 
quyidagi tarzda ta’riflanadi: har qanday haqiqiy fikr etarli 
asosga ega. 
Qandaydir fikrning etarli asosi bo‘lib, istalgan boshqa fikr bo‘lishi mumkinki
undan zarurat bilan mazkur fikrning haqiqiyligi kelib chiqadi. 
Shunchaki asoslar emas, balki etarli asoslar zarurati bitta fikrning o‘ziga 
bepoyon ko‘p asoslar bilan asoslash mumkinligi bilan bog‘langan. Biroq ulardan 
faqat ayrimlarigina etarli sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin, agar ushbu fikr haqiqiy 
bo‘lsa. Va hech biri etarli bo‘lmaydi, agar ushbu fikr yolg‘on bo‘lsa. 


60 
Shunday qilib, etarli asos qonuni, tadqiqotda ishlatilayotgan istalgan fikr 
haqiqiy deb qabul qilingunga qadar asoslangan bo‘lishini talab qiladi. Biz biror 
narsani tasdiqlagan yoki biror narsaga ishontirgan barcha hollarda, biz o‘z 
fikrlarimizni isbotlashimiz, ilgari surayotgan qoidalarni tasdiqlovchi, asoslovchi etarli 
asoslarni keltirishimiz zarur; ushbu qonun, diqqat-e’tiborni fikrlarga jamlagan holda 
fikrlarning haqiqiyligini ajratib ko‘rsatishga, haqiqiysini yolg‘on fikrdan ajratib 
olishga hamda to‘g‘ri xulosaga kelishga yordam beradi. Amaliy vaziyatlarni tahlil 
qilishda insonlarning xulqi doim ham mantiqiy va asoslangan bo‘lib 
ko‘rinavermaydi, biroq bu uning motivlarga asoslanmaganligini anglatmaydi, 
shunchaki biz bu motivlarni bilmaymiz, xolos. Juda ko‘p hollarda buning ortida hali 
aniqlanmagan muammolar turadi. Vaziyatni tahlil qilish jarayonida muammoni turli 
usullar bilan qo‘yish va ta’riflash mumkin: 

tadqiqotlar ob’ektini atamalar, uning nomi yoki o‘ziga xos xususiyatlari bilan 
(boshqaruv xodimlari, unumdorlik faoliyatini motivatsiyalash va h.k.) tasdiqlash – 
biroq muammoni bunday qo‘yish diqqat-e’tiborni uning xususiyati va mohiyatini aks 
ettiruvchi ziddiyatda to‘plashga doim ham yordamlashavermaydi; 

savol orqali, bu muammoning mazmuni to‘g‘risida yanada aniq tasavvur hosil 
qilishga ko‘maklashadi, chunki savol – bu mulohaza ko‘rinishidagi aniq javobni 
olishga yo‘nalgan fikrlash shaklidir. Istalgan mulohazani biror savolga olingan javob 
sifatida ko‘rib chiqish mumkin. 
Har qanday savol ikkita funksiyani: kommunikativ va tadqiqotchilik 
funksiyasini bajaradi. Savol esa tadqiqotchilik faoliyatida axborot qidiruv vositasi 
bo‘lib ham hisoblanadi. 
Tadqiqotchilik savolini to‘g‘ri qo‘yish prinsipiga muvofiq savolning asosiy 
qismi haqiqiy, shak-shubhasiz asoslarga tayanishi zarur. 
Noto‘g‘ri savollarning paydo bo‘lish sabablari turlicha. Bunga ham fikrlash
tarzlari, ham muammoni ta’riflashga yuzaki munosabat, ham tadqiqotga vijdonan 
yondoshmaslik, va boshqalar kiradi. Savollarni ifodalash ko‘p darajada: vaziyatning 
mazmuni, yozish shakli, vaziyatni yozayotgan kishining psixologik maqsadlari va 


61 
hatto shaxsiy ishtiyoqlari bilan belgilanadi. Agar savollar muammolarning 
ko‘rinishlari bilan bog‘lanmagan, tashkilot faoliyatining qandaydir ikkinchi darajali 
jihatlariga taalluqli bo‘lsa, bu kelgusida tadqiqotning yolg‘on yo‘nalish olishiga, 
oqibatlarni sabablar deb tan olinishiga, noto‘g‘r i xulosalar va samarasiz echimlarga 
olib kelishi mumkin. Tasniflash va turkumlash usullarini ko‘rib chiqamiz. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin