53
hikoyalar, oldindan aytib berish esa – bu kelajakning bashorati, ular orasida hozirgi
zamon turadi va uni haqiqatan ham boshqarish mumkin.
Asoslashga aniq misol – qolgan keltirilgan mulohazalarga qaraganda inson
ongiga, uning qarashlari va xulqiga ta’sir ko‘rsatishning yanada qudratli quroli
hisoblanadigan argumentatsiya bo‘lib, hanuzgacha tadqiqotning birmuncha bahsli
usuli bo‘lib qolmoqda.
Argumentatsiya (dalillar bilan isbotlash) – murakkab hodisadir. G. Djonston
uni “insonlar, ularning xatti-harakatlari va qarashlarini
boshqarishning maxsus
ko‘rinishi” sifatida tavsiflaydi.
Istalgan faoliyat sxemasida ikki element qatnashadi: a) faoliyat maqsadi; b)
retsipient yoki dalillar bilan asoslanuvchi deb ataladigan ob’ektning xulqi
to‘g‘risida dalil keltiruvchining tasavvurlari.
Maqsadiga ko‘ra argumentatsiya ko‘pincha jismoniy ta’sir ko‘rsatish usullari,
ya’ni dalil keltiruvchi retsipientni qandaydir harakatlarni sodir etishga yoki,
aksincha
harakatsizlikka
undashi
bilan
bog‘lanadi.
SHunday qilib,
argumentatsiyaning maqsadlari quyidagilardan iborat:
1) qandaydir fikrni, tadqiqot natijasini retsipient tomonidan bevosita qabul
qilinishi;
2) retsipient tomonidan harakatlar bajarilishi yoki harakatsizlikni kutish;
3) retsipientda muayyan hissiyotlarni tug‘dirish;
4) haqiqatni retsipientning yutug‘iga aylantirish imkoniyati.
Argumentatsiyaning maqsadi – klassik talqindagi haqiqatga erishish emas,
balki muhokama uchun tanlangan takliflarni tushunishdan iborat.
Argumentatsiya doim ham insonparvar maqsadlarga
xizmat qilavermaydi; u
aldov, xushomad, yo‘ldan urish va hokazolar sifatida ham qo‘llanishi mumkin. Bu
masala dalil keltiruvchining retsipient haqida iroda erkinligiga ega bo‘lgan sub’ekt
haqida singari o‘ylashi bilan chambarchas bog‘liq. Retsipient argumentatsiyani
qabul qilish yoki qabul qilmaslik huquqiga ega.
54
Retsipient qarashlariga ta’sir ko‘rsatish muammosi muhim hisoblanadi,
chunki dalil keltiruvchining bosh vazifalaridan biri – ham o‘zini, ham
argumentatsiya ob’ektini mantiqiylik, ishonchlilik va ob’ektivlikka ishontirishdir.
Dalillarning ajralmas tavsifi – uning retsipientga ishontiruvchi ta’sir ko‘rsatishi.
Vaziyatli
yondashuvda argumentatsiya, uning o‘zidan, o‘zi uchun joriy
voqealarni faqat shaxsan o‘ziga tegishli va unga kirib borish zarur bo‘lgan vaziyat
sifatida aniqlashtirish zaruratini anglashdan boshlanadi. Bu erda dalil keltirish
motivatsiya bilan chambarchas bog‘liq. So‘ngra argumentatsiya vaziyatni bayon
qilishda,
axborot manbalarini, material turini
saralashda, ularni birlashtirishda va
hokazolarda kerak bo‘ladi. Keyinchalik argumentatsiya vaziyatni tahlil qilishda,
masalalarni saralashda, muammolarni aniqlashda zarur bo‘ladi. Va faqat shundan
so‘nggina argumentatsiya repitsientga nisbatan qo‘llanadi.
Bunday ta’sir ko‘rsatishning natijasi Platon fikricha, retsipient tomonidan
bilimni (fikr, ishonch) egallash bo‘lishi mumkin: “ishontirish –
bu fikrni uqtirish
demakdir”. Biroq, ishontirishni oddiy ishonishdan farqlash zarur. I.Kantning
fikriga ko‘ra, «aynan etarlicha ob’ektiv asoslarning mavjudligi oddiy ishonishni
ishontirishdan farqlantiradi».
Shuni yodda tutish kerakki, ko‘p hollarda argumentatsiya asosan ishontirishga
emas, balki faqatgina retsipientni o‘z tomoniga “og‘dirish”ga qaratilgan. Bunda
“qabul qilinish” atamasi qo‘llanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: