47
qilish parametrlari bo‘lmagan) omillarga tuzatish kiritgan
holda yaqin istiqbol
uchun bashorat qilishda keng foydalanish imkonini beradi.
Usulning kamchiliklari – o‘tmishdagi salbiy tendensiyalarni kelajakka
o‘tkazish mumkinligidan, shuningdek bashoratlash ob’ekti rivojlanishidagi
zamonaviy tendensiyalarni hisobga olish imkoniyatining yo‘qligidan iboratdir.
Vaziyatni tahlil qilishda ekstrapolyasiya samaradorligini oshirish uchun
vaziyatning
qaysi parametrlari, qaysi sifat ko‘rsatkichlari bashorat qilinishini va
ular istiqbolda qay darajada o‘zgarishi mumkinligini aniq oydinlashtirish zarur.
Tadqiqotlar jarayonida ko‘rib chiqilgan vaziyatlardan tashqari quyidagi
usullar ishlatilishi mumkin:
O‘lchash usuli
muayyan o‘lchov birliklarida ob’ektning o‘rganilayotgan
xossasini sonli baholash imkonini beradi.
Qiyoslash usuli
o‘rganilayotgan ob’ektning analog (tadqiqot maqsadiga
qarab etalon, namuna va hokazolar) bilan farqlari yoki umumiyligini aniqlashga
imkon beradi.
Abstraksiyalash (mavhumlashtirish) usuli
o‘rganilayotgan ob’ektning
ahamiyatsiz xossalaridan xayoliy chetlanish va
kelgusida uning eng muhim
tomonlarini modelda o‘rganishga asoslangan.
Tahlil va sintez qilish usuli
o‘rganilayotgan ob’ektni elementlar,
munosabatlarga bo‘laklash (tahlil qilish) hamda uning alohida elementlarini
yagona butunga birlashtirish (sintez qilish)ning turli usullaridan foydalanishga
asoslangan.
Vaziyatni tadqiq qilish usullarini tanlash
va asoslash uchun maxsus
metodologik tadqiqotlar olib borish mumkin.
Metodologik
tadqiqotlarni maqsadga yo‘nalgan usulardan birini tanlash va
qo‘llash, mavjud metodikaning prinsipial jihatdan yangi xususiyatlarini ishlab
chiqish yoki muhim xususiyatlarini aniqlash deb tushunish kerak. Ularning
xarakterli belgilari quyidagilardan iborat:
48
aniq usulning ob’ektiv bahosi;
uning algoritmining yangi muhim xususiyatlarini aniqlash va ularni
asoslash;
vaziyatlarni tahlil qilishda salmoqli afzalliklarni beruvchi yangi usulni ishlab
chiqish;
taklif etilayotgan prinsipial jihatdan yangi metodik echimning tarixiy meros
bo‘lib o‘tishi;
takomillashtirilgan usulning iqtisodiy asosnomasi.
Hisob-tahliliy usullar
nafaqat aniq va ishonchli ilmiy dalillarni, balki matematik hisob-kitoblarni ham
olishni talab qiladi.
Boshqaruv vaziyatlari bilan tahliliy ishlash amaliyotida o‘zaro ta’sir
ko‘rsatuvchi omillarni guruhlash, solishtirish, o‘zaro bog‘langan
tahliliy
ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish, tadqiqot ob’ektiga ayrim omillarning ta’sirini
eliminatsiya qilish (istisno qilish) keng qo‘llanadi. Ayrim omillarning
umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarga ta’sirini miqdoriy baholash uchun turli
hisoblash formulalarini tuzishga, balans usulini qo‘llashga va hokazolar harakat
qilinadi. Shuningdek ishlab chiqarish va sotsial eksperimentlar o‘tkazish (siyosiy,
boshqaruv,
iqtisodiyot fanlari, psixologiya, sotsiologiya uchun) ham keng
tarqalgan. Iqtisodiyot tadqiqotlarida eksperimentning ikki asosiy shaklidan
foydalaniladi:
1. To‘g‘ridan-to‘g‘ri eksperiment – yo‘llar, usullar va boshqalar guruhini
sinab ko‘rish shaklida.
2. Sotsiologik tadqiqotlar va shuningdek:
abstraksiyalash (mavhumlashtirish) usuli
o‘rganilayotgan ob’ektning
ahamiyatsiz xossalaridan xayoliy chetlanish va kelgusida uning eng muhim
tomonlarini modelda o‘rganishga asoslangan.
tahlil va sintez qilish usuli
o‘rganilayotgan ob’ektni elementlar,
munosabatlarga bo‘laklash (tahlil qilish) hamda uning alohida elementlarini
49
yagona butunga birlashtirish (sintez qilish)ning turli usullaridan foydalanishga
asoslangan.
Dostları ilə paylaş: