Menejmentning tadqiqot usullari


Intuitsiya  (ichki sezgi)



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/67
tarix22.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#189379
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   67
MENEJMENTNING TADQIQOT USULLARI дарслик

Intuitsiya 
(ichki sezgi) 
– 
bu insonning qarorlar, voqealar, vaziyatlarni ongsiz ravishda 


37 
oldindan belgilash qobiliyati; bu qandaydir “aqlning ravshanlashuvi”, inson ost 
ongi bilan belgilanadigan fikr yoki g‘oya impulsi. 
Tadqiqotchilik ishida doim yaqqol yoki yaqqol bo‘lmagan tarzda intuitsiya 
qatnashadi, chunki tadqiqot, ma’lum darajada yangilikni kashf qilish, echimlarni 
izlash bilan bog‘liq bo‘lib, ular har doim ham mantiq, qayta ishlangan axborot
aniq tahlil asosida ro‘y beravermaydi. Tadqiqotchilik faoliyatidagi intuitsiya turli 
darajada ifodalangan bo‘lishi mumkin, lekin u doim ijodkorlikning zaruriy unsuri 
hisoblanadi. 
Intuitsiya – bu tadqiqotchining individual sifati, uning tug‘ma qobiliyatlari, 
xususiyatlari, taxmin va bashorat qilish iste’dodi deb hisoblash qabul qilingan. Bu 
to‘g‘ri, lekin faqat ma’lum darajada. Intuitsiya qobiliyatini tarbiyalash va 
rivojlantirish, motivatsiyalash va ongli ravishda chaqirish mumkin. 
Tadqiqotchilik faoliyatida har xil turdagi muammolar mavjud. Ayrim 
muammolarni 
oldingi 
tadqiqotlarda 
ishlatilgan 
namunaviy 
sxemalardan 
foydalangan holda hal etish mumkin, boshqalari o‘zining murakkabligi sababli 
intuitsiya, aniqrog‘i intuitiv ravishda echimlar qidiruvining rolini oshirishni ko‘zda 
tutadigan ijodiy yondashuvni taqozo etadi. Tadqiqotning boshlang‘ich bosqichida 
axborot qanchalik kam bo‘lsa, intuitiv qidiruvga ehtiyoj shunchalik yuqori bo‘ladi. 
Intuitsiyadan foydalanishning turli darajasini talab qiladigan bir necha 
tadqiqot strategiyalarini ko‘rib chiqamiz. 
Tasodifiy qidiruv strategiyasi – 
umumlashgan mezonlar bo‘yicha axborotning 
soddalashgan tahlili, keng hajmli axborotni, uni maxsus tasniflashsiz, qayta 
ishlashga yo‘nalganlik. Bu voqealarning muayyan bir-biriga to‘g‘ri kelib qolishida 
yangi muammoni ifodalash yoki eskisini hal qilish yo‘lini ko‘rsatib berishi 
mumkin bo‘lgan tasodifiy voqeaga mo‘ljal olishdir. Bu strategiya vaziyatlar bilan 
ishlash uchun eng past samaraga ega hisoblanadi, chunki resurslar sarflanishini 
talab qiladi, lekin hech narsani kafolatlamaydi. 
Maqsadga yo‘naltirilgan qidiruv strategiyasi
– axborotni qayta ishlash 
maqsadini ifodalash, uni tadqiqotning maqsadli omillari bo‘yicha saralash


38 
tadqiqotchilik faoliyatining muayyan yo‘nalishlarida va maqsadli zonalarida 
qidirish. Bu usul vaziyatli tahlilda qo‘llash uchun eng maqbul hisoblanadi, chunki 
vaziyatni tuzish va uni tahlil qilish, odatda maqsadga yo‘nalgan tavsifga ega 
bo‘ladi. 
Tizimlashtirilgan qidiruv strategiyasi
– avvalgi strategiyani ma’lum darajada 
rivojlantirish va to‘ldirishdan iborat. Uning xususiyati shundaki, u shunchaki 
maqsadning mavjudligini talab qilib qolmasdan, balki qidiruvni muayyan 
metodologiya bo‘yicha tizimlashtirishni ham taqozo etadi. 
Algoritmik qidiruv strategiyasi – 
tadqiqotning protsessual tavsiflarini ishlab 
chiqish asosida tuziladi hamda operatsiyalar, amallar, axborotni qayta ishlash va 
h.k.ning ma’lum bir ketma-ketligini o‘rnatuvchi algoritm shakliga ega bo‘ladi.
 
Intuitiv qidiruv strategiyasi – 
turli g‘oyalar va gipotezalarning izchil ilgari 
surilishi va keyingi tekshiruvi. Ularning to‘g‘riligi isbotlarsiz qabul qilinadi. Biroq, 
keyinchalik ular o‘rnatilgan mezonlar bo‘yicha tanlab olinadi hamda tadqiqot 
maqsadlari, amaliy ahamiyatliligi va realligiga ko‘ra tahlil qilinadi. Bunday 
strategiyadan vaziyatning boshlang‘ich bosqichida, ya’ni keyingi ishlar uchun 
ma’lum miqdordagi gipotezalarni ifodalash va to‘plash zarur bo‘lgan vaqtda 
foydalanish mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin