Kuzatish usuli
o‘rganilayotgan tadqiqot ob’ekti parametrlarini va xossa
ko‘rsatkichlarini qayd etish va ro‘yxatga olishga asoslanadi.
Tadqiqot ob’ekti bo‘lib tashkilot, bo‘linma, biron-bir tuzilmaviy birlik,
kishilar guruhi va h.k. bo‘lishi mumkinki, ularning faoliyati vaziyat yordamida
tavsiflangan bo‘lishi kerak.
Qo‘shilgan
va
oddiy
kuzatish farqlanadi: birinchi holda
kuzatuvchi ijtimoiy muhitga kirishni o‘xshatadi, unga moslashadi va hodisalarni
“ichkaridan” tahlil qiladi; ikkinchi holda kuzatuvchi hodisalarni “chetdan”
ro‘yxatga oladi.
Ayrim hollarda kuzatish usullari bevosita kuzatish usullariga (haqiqiy vaqt
sharoitida va bevosita muloqot yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri kommunikatsiyalar
asosidagi kuzatish) hamda bilvosita kuzatish usullariga (bilvosita aloqalar va
kommunikatsiyalarga, hamda kuzatishlarning vaqt rejimini tabaqalashtirishga –
maxsus vaqt qismlarini tanlashga asoslanadigan kuzatish) ajratiladi. Fikrlar, imo-
ishoralar, mimika, harakatlar, kishilar va guruhlarning qarorlari, xulq-atvor
uslublari, to‘qnashuvlar, ziddiyatlar va h.k. vaziyatni yozish uchun kuzatish
predmeti bo‘lishi mumkin. Kuzatishning maqsadi vaziyatning u yoki bu
xususiyatlarini mavjudligi yoki mavjud emasligini tasdiqlashi mumkin bo‘lgan
qator dalillarni olishdan iborat. Kuzatish menejerning individual boshqaruv
uslubini
shakllantirishda
muhim
vazifani
bajaradi,
chunki
jamoalarda
munosabatlarning psixologik xususiyatlarini kuzatish, kishilarning harakatlariga
ta’sir qiladigan ularning shaxsiy, yashirin, maxfiy ko‘rinishlarini ko‘rish
imkoniyatini beradi. Aynan kuzatish vaziyatning individual-shaxsiy idrok qilish
sifatida boshqaruvga va mustaqil boshqaruv qarorlarini qabul qilishga ijodiy
munosabat ko‘nikmalarini shakllantiradi. Kuzatish ma’lum bir taxminlarni
24
tekshirish uchun ham, tasdiqlovchi dalillarni olish uchun ham olib borilishi
mumkin.
Kuzatish usulining bilish imkoniyatlari hissiy idrok qilish xarakteri va
jadalligi, kuzatish ob’ekti xususiyatlari, kuzatish sharoitlari, o‘lchovlarning
mukammalligiga bog‘liq.
Qulay sharoitlarda ushbu usul, keyinchalik vaziyatni tuzishda qo‘llanadigan
ilmiy dalillarni shakllantirish va yozib qo‘yish uchun keng doiradagi va turli
jihatlarga ega axborotlarni ta’minlaydi.
Kuzatish usuli turlariga boshqaruv faoliyatining turli operatsiyalari va
yo‘llarini xronometraj qilish va fotosuratga olish kiradi. Ishbilarmonlik majlislari,
ilmiy va amaliy munozaralar, ishbilarmonlik uchrashuvlari, boshqaruv qarorlarini
(yozma shakldagi buyruqlar, farmoyishlar, xizmat yo‘riqnomalari va h.k.)
tayyorlash va rasmiylashtirish xronometrajning bevosita ob’ektlari bo‘lishi
mumkin.
Xronometrik kuzatish
menejer vaqti sarflarini “inventarizatsiya qilish”
imkoniyatini beradi, bu esa – vaqtni tejash va unumli ishlatishning samarali
omillaridan biridir. Menejerga ko‘pincha kerak bo‘ladigan qo‘shimcha vaqtga ega
bo‘lishning yagona manbasi – undan unumli foydalanish hisoblanadi. Buning
uchun esa u nimaga sarflanayotganini va qaerda uni ishga beziyon tarzda tejash
mumkinligini aniq bilish zarur.
Menejer yoki mutaxassislarning ish kunini
fotosuratga olish
butun ish kuni
yoki uning biron-bir qismi davomida mutlaqo barcha vaqt sarflarini kuzatish va
o‘lchash yordamida amalga oshirish maqsadga muvofiq; ayni vaqtda vaqt
yo‘qotishlari ham qayd etiladi.
Fotosuratga olishni yiliga 2-3 marta 2-3 hafta davomida ham mustaqil
ravishda, ham sotsiologlar, psixologlar, boshqaruv xodimlari vakillari yordamida
olib borgan ma’qul. Turli darajadagi menejerlar, mutaxassislar, u yoki bu tur
ishlarni bajaruvchilar, shuningdek texnologik jarayon chegarasida mehnat
predmetining harakatlanish marshruti uning ob’ektlari bo‘lishi mumkin.
25
Fotosuratga olish asosida ikkita jadvalni to‘ldirish mumkin. Ulardan birida ish
vaqtining foydali, turli va kerakli faoliyat turlariga sarfi aks ettiriladi. Boshqa
jadvalga vaqt yo‘qotishlari; ularga olib kelgan kamchiliklar; ularning vujudga
kelish davri; tanaffuslarning davomiyligi; muayyan aybdorlar kiritiladi.
Fotosuratga olishda aniqlikka amal qilish zarur, aks holda u hech qanday
foyda keltirmaydi, axir olingan ma’lumotlar vaqt nimaga sarflanmoqda, u yoki bu
ishlarni bajarish uchun qancha vaqt kerak, qaysi omillar undan samarali
foydalanishga yordam yoki aksincha xalaqit bermoqda degan savollarga javob
berishi kerak.
Ish kunini xronometraj qilish va fotosuratga olish vaziyatga qo‘shiladigan
miqdoriy tavsiflarni va statistik ma’lumotlarni olish uchun qo‘llanishi mumkin.
Mazkur ko‘rsatkichlarni bilish asosida boshqaruv mehnati unumdorligini
vaqt yo‘qotishlarini bartaraf qilish hisobiga oshirish imkoniyati koeffitsientini
aniqlash mumkin.
Tadqiqotlar tasdiqlashicha, rahbarlar o‘z vaqtining 20-30%ni xatlarni ko‘rib
chiqishga sarflab, bunda ular kuniga 100 tagacha hujjatni ko‘rib chiqadilar, xolbuki
ularning atigi 30 tasi haqiqiy e’tiborga loyiq hisoblanadi; yiliga ular taxminan 20
mingta hujjatni imzolashlari zarur bo‘lib, bunga 20 sutkaga yaqin vaqt sarflaydilar;
ishbilarmonlik yozishmalarda keraksiz ma’lumotlarning hajmi 15-20 % ni tashkil
qiladi, barcha ichki manbalardan talab qilingan hajmga nisbatan 30% ortiq, tashqi
manbalardan esa – 40% ortiq ma’lumotlar kelib tushadi.
Kuzatish usulining afzalliklariga olinayotgan axborotning operativligi,
nisbatan arzonligi (murakkab qurilmalarga bo‘lgan, so‘rovnomalarni ko‘paytirish
zaruratining mavjud emasligi va h.k.) va foydalanishning oddiyligi, ekstremal,
inqiroz, ya’ni texnik jihatdan boshqa axborot to‘plash usullarini qo‘llab
bo‘lmaydigan sharoitlarda foydalanish imkoniyati kiradi. Mazkur usul uni qidiruv
tadqiqotlarida, ya’ni tadqiqotning muammolari, vazifalari va ishchi gipotezalari
hali aniq belgilanmagan vaqtda qo‘llash, vaziyatni tadqiq etayotgan menejer,
sotsiolog (pstixolog)ning tadqiqot ob’ekti bilan bevosita aloqasini o‘rnatish
26
imkoniyatini, qo‘shilgan kuzatuv usuli yordamida ijtimoiy hodisani “ichkaridan”
o‘rganish, kuzatuvchi tomonidan ijtimoiy hodisani yaxlit idrok qilish imkoniyatini
beradi.
Kuzatish usuli quyidagi kamchiliklarga ega: birinchidan, kuzatuvchi mana
shu joyda mana shu vaqtda sodir bo‘layotgan hodisalarnigina qayd etishi mumkin;
ikkinchidan, kuzatilayotgan hodisalarni takroran tadqiq qilish, odatda mumkin
emas; uchinchidan, kuzatish asosan kishilarning xatti-harakatlari to‘g‘risida
axborot beradi, ushbu usul yordamida maqsadlar, motivlar, qadriyatlar to‘g‘risida
axborot olish imkoniyatlari esa birmuncha cheklangan; to‘rtinchidan, bu hissiy
holatning ta’sirida, kuzatuvchining past malakasi va noto‘g‘ri qo‘yilgan
metodologik yo‘nalishlar sababli ma’lumotlarni qayd etishdagi sub’ektivlik,
buzilishlar, xatoliklar; beshinchidan, ma’lumotlar kuzatilayotgan guruhning
stereotiplar ta’sirida buzilgan bo‘lishi mumkin; oltinchidan, ushbu usul kuzatish
vaqtida ob’ekt (boshqaruv tizimi)ning holatiga qaramligi sababli passiv usul
hisoblanadi.
Taqqoslash – bu eng ko‘p tarqalgan va universal tadqiqot usullaridan biridir.
“Hamma narsa taqqoslanganda bilinadi” degan mashhur aforizm buning eng
yaxshi isbotidir.
Taqqoslash – bu ikkita butun a va b sonlari o‘rtasidagi o‘zaro nisbat bo‘lib, u
ushbu sonlarning farqi (a-b), S modul deb nomlanadigan berilgan butun son t ga
bo‘linishini anglatadi; a = b (mod, t) [5.5] deb yoziladi.
Tadqiqotda taqqoslash deb voqelik narsalari va hodisalarining o‘xshashligi va
farqlanishini aniqlashga aytiladi. Taqqoslash natijasida ikki va undan ortiq
ob’ektlarga tegishli umumiylik o‘rnatiladi, hodisalardagi takrorlanuvchi
umumiylikni aniqlash esa, ma’lumki, qonunni bilish yo‘lidagi bir bosqich
hisoblanadi.
Taqqoslash unumli bo‘lishi uchun, u ikkita asosiy talabga javob berishi zarur.
1. Faqat, ular o‘rtasida ma’lum bir ob’ektiv umumiylik mavjud bo‘lishi
mumkin bo‘lgan hodisalargina taqqoslanishi kerak. Avval boshidan qiyoslab
27
bo‘lmaydigan narsalarni taqqoslash mumkin emas – bu hech narsa bermaydi. Eng
yaxshi holatda, bunda faqat yuzaki va shu sababli, samarasiz o‘xshatishlarga
erishish mumkin.
2. Taqqoslash eng muhim alomatlar bo‘yicha amalga oshirilishi kerak. Jiddiy
bo‘lmagan alomatlarga ko‘ra taqqoslash yanglishishga oson olib kelishi mumkin.
Shu tarzda, bir xil mahsulot turini ishlab chiqaruvchi korxonalar ishini rasman
taqqoslash orqali ularning faoliyatida ko‘p umumiyliklarni topish mumkin. Agar
bunda ishlab chiqarish darajasi, mahsulot tannarxi, taqqoslanayotgan korxonalar
faoliyat yuritayotgan turli sharoitlar kabi eng muhim parametrlar bo‘yicha
taqqoslash bajarilmasa, bir tomonlama xulosalarga olib keluvchi metodologik
xatoga osongina yo‘l qo‘yish mumkin. Agar ushbu parametrlar hisobga olinsa esa,
metodologik xatoning sababi va haqiqiy ildizlari qaerda ekanligi yaqqol ko‘rinadi.
Bunday taqqoslashning o‘ziyoq ishning haqiqiy ahvoliga mos keluvchi ko‘rib
chiqilayotgan hodisalar to‘g‘risidagi tasavvurni beradi.
Tadqiqotchini qiziqtiruvchi turli ob’ektlar bevosita yoki bilvosita – ularni
birorta uchinchi ob’ekt bilan qiyoslash orqali taqqoslanishi mumkin. Birinchi holda
odatda sifat natijalari (ko‘proq-kamroq; ochroq-to‘qroq; yuqoriroq-pastroq va
hokazo) olinadi. Biroq shunday taqqoslashning o‘zidayoq eng oddiy miqdoriy
tavsiflarni olish mumkinki, ular ob’ektlar o‘rtasidagi miqdoriy farqlarni son
shaklida ifodalaydi (2 marta ko‘p, 3 marta yuqori va hokazo).
Ob’ektlar
namuna
sifatidagi
qandaydir
uchinchi
ob’ekt
bilan
taqqoslanayotganda esa miqdoriy tavsiflar alohida qiymatga ega bo‘ladi, chunki
ular ob’ektni bir-biridan qat’i nazar tavsiflaydi, ular to‘g‘risida yanada chuqurroq
va batafsil bilimlar beradi (masalan, bir avtomobilning vazni 1 tonna, boshqasining
esa – 5 tonna ekanligini bilish – bu «birinchi avtomobil ikkinchisidan 5 marta
engil» degan gapga nisbatan ular to‘g‘risida ancha ko‘p axborot bilish
hisoblanadi). Bunday taqqoslash o‘lchash deyiladi.
Taqqoslash yordamida ob’ekt to‘g‘risidagi axborotni ikkita har xil yo‘l bilan
olish mumkin.
28
Birinchidan, u juda ko‘p hollarda taqqoslashning bevosita natijasi sifatida
yuzaga chiqadi. Masalan, ob’ektlar orasida biron-bir o‘zaro nisbatlarni o‘rnatish,
ular orasidagi farqlanishlar yoki o‘xshashliklarni topish taqqoslashda bevosita
olinadigan axborotdir. Ushbu axborotni birlamchi deb atash mumkin.
Ikkinchidan, birlamchi axborotni olish juda ko‘p hollarda taqqoslashning bosh
maqsadi sifatida yuzaga chiqmaydi, birlamchi axborotni qayta ishlashning natijasi
hisoblanuvchi ikkilamchi yoki hosilaviy axborotni olish shunday maqsad bo‘lib
hisoblanadi. Bunday qayta ishlashning eng ko‘p tarqalgan va eng muhim usuli
bo‘lib o‘xshashlik asosida xulosa chiqarish hisoblanadi. Ushbu xulosa Aristotel
tomonidan («paradeygma» nomi ostida) topilgan va o‘rganilgan edi.
Uning mohiyati quyidagilardan iborat: agar taqqoslash natijasida ikki
ob’ektdan bir nechta bir xil alomatlar, biroq ulardan birida qo‘shimcha yana
qandaydir alomat topilgan bo‘lsa, ushbu alomat shuningdek, boshqa ob’ektga ham
tegishli bo‘lishi kerak deb taxmin qilinadi. O‘xshashlik bo‘yicha xulosa
chiqarishning borishini quyidagicha qisqa ifodalash mumkin:
A X1, X2, X3, ..., Xp, Xp+ , alomatlarga ega.
B X1, X2, X3, ..., Xp alomatlarga ega.
Xulosa: «Ehtimol, B Xp +1 alomatga ega". O‘xshashlik asosida chiqarilgan
xulosa ehtimollik xarakteriga ega, u nafaqat haqiqatga, balki yanglishishga ham
olib kelishi mumkin. Ob’ekt to‘g‘risidagi haqiqiy bilimlarni olish ehtimolini
oshirish uchun quyidagilarni nazarda tutish kerak:
- taqqoslanayotgan ob’ektlarda qanchalik ko‘p o‘xshash alomatlarni topsak,
o‘xshashlik asosida xulosa chiqarish shunchalik haqiqatga yaqin qiymatni beradi;
- o‘xshashlik bo‘yicha xulosaning rostligi ob’ektlar o‘xshash alomatlarining
muhimligiga bevosita bog‘liqdir, hatto birmuncha ko‘p, lekin muhim bo‘lmagan
o‘xshash alomatlar ham noto‘g‘ri xulosaga olib kelishi mumkin;
- ob’ektda topilgan alomatlarning o‘zaro bog‘liqligi qanchalik chuqur bo‘lsa,
xato xulosaga kelish ehtimoli shunchalik yuqori bo‘ladi;
29
- ikkita ob’ektning umumiy o‘xshashligi, agar ulardan xulosa chiqarilayotgan
qay birida tashiluvchi alomatga to‘g‘ri kelmaydigan alomat mavjud bo‘lsa,
o‘xshashlik asosida xulosa chiqarish uchun asos hisoblanmaydi. Boshqacha
aytganda, haqiqiy xulosani chiqarish uchun nafaqat ob’ektlar o‘xshashligining
xarakteri, balki farqlarining xarakterini ham hisobga olish zarur.
O‘lchash tarixiy jihatdan, asos bo‘lib hisoblanuvchi taqqoslash operatsiyasidan
kelib chiqqan. Biroq o‘lchash taqqoslashdan farqli o‘laroq yanada qudratli va
universal bilish vositasidir.
O‘lchash – o‘lchanayotgan kattalikni qabul qilingan o‘lchov belgilaridagi sonli
qiymatini topish maqsadida o‘lchash vositalari yordamida bajariladigan
amallarning yig‘indisidir. To‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘lchashlar hamda izlangan kattalik va
bevosita o‘lchanayotgan kattaliklar o‘rtasidagi tanish bog‘liqlikka asoslangan
bilvosita o‘lchashlar farqlanadi.
O‘lchashlar quyidagi asosiy elementlarning mavjud bo‘lishini talab qiladi:
- o‘lchash ob’ekti;
- o‘lchov birliklari, ya’ni etalon ob’ekt;
- o‘lchash asbobi (asboblari);
- o‘lchash usuli;
- kuzatuvchi (tadqiqotchi).
To‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘lchashda natija bevosita o‘lchash jarayonining o‘zidan
olinadi (masalan, sport musobaqalarida sakrash uzunligini o‘lchov asboblari
yordamida o‘lchash, do‘kondagi gilamli to‘shamalar uzunligini o‘lchash va h.k.).
Bilvosita o‘lchashda izlangan kattalik matematik yo‘l bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri
o‘lchash yordamida olingan boshqa kattaliklarni bilish asosida aniqlanadi.
Masalan, qurilish g‘ishtining razmeri va og‘irligini bila turib, ko‘pqavatli binolarni
qurishda g‘isht bardosh berishi zarur bo‘lgan solishtirma bosimni (tegishli hisob-
kitoblar asosida) o‘lchash mumkin.
O‘lchashlarning qimmatbaholigi, hech bo‘lmaganda ularning atrofdagi voqelik
to‘g‘risida aniq, miqdor jihatdan aniqlangan ma’lumotlarni berishida ko‘zga
30
ko‘rinadi. O‘lchashlar natijasida shunday dalillar o‘rnatilishi, shunday empirik
kashfiyotlar bajarilishi mumkinki, ular ilm-fanda mustahkam qaror topgan
tasavvurlarni tubdan o‘zgartirishga olib keladi. Bu birinchi navbatda ilm-fan
tarixining o‘ta muhim davrlarini ifoda qiluvchi noyob, misli ko‘rilmagan
o‘lchashlarga taalluqli. Masalan, A.Maykelson tomonidan amalga oshirilgan
mashhur yorug‘lik tezligini o‘lchash fizikaning rivojlanishida mana shunday
muhim o‘rin egallagan.
O‘lchash sifatining, uning ilmiy qiymatining eng muhim ko‘rsatkichi aniqlik
hisoblanadi. Aynan T.Brage o‘lchashlarining yuqori aniqligini I.Keplerning
nihoyat darajadagi mehnatsevarligiga (u o‘z o‘lchashlarini 70 marta takrorlagan)
ko‘paytmasi sayyoralar harakatlanishining aniq qonunlarini o‘rnatish imkoniyatini
berdi. Amaliyot ko‘rsatishicha, o‘lchashlar aniqligini oshirishning asosiy yo‘llariga
quyidagilar kiradi:
-ayrim qaror topgan prinsiplar asosida ishlaydigan o‘lchov asboblarining
sifatini takomillashtirish;
-eng yangi kashfiyotlar asosida ishlaydigan asboblarni yaratish. Masalan,
hozirgi kunda vaqt molekulyar generatorlar yordamida 11-belgigacha bo‘lgan
aniqlikda o‘lchanadi.
Empirik tadqiqot usullari orasida o‘lchash usuli, kuzatish va taqqoslash usullari
bilan deyarli bir xil o‘rinni egallagaydi. U eksperimentning tarkibiy qismlaridan
birini, nisbatan elementar usulni – eng murakkab va muhim empirik tadqiqot
usulini ifodalaydi.
Boshqaruvda shuningdek
Dostları ilə paylaş: |