33
o‘tkaziladi. Bu kabi eksperimentning kamchiligi – kerakli vaziyatni izlashning
qiyinligi. Laboratoriya eksperimenti maxsus tashkil etilgan muhitda o‘tkazilib, bu
eksperimental o‘zgaruvchilarni qat’iy nazorat va
keng manipulyasiya qilish
imkoniyatini ta’minlaydi.
Isbotlar mantiqiy tuzilishining xarakteri bo‘yicha
eksperimentlarning
parallel
va
izchil
turlari ajratiladi. Parallel tadqiqotni o‘tkazishda ob’ektni kuzatish
bir vaqtning o‘zida ikkita– eksperimental va nazorat guruhlarida olib boriladi.
Nazorat guruhi o‘zining asosiy tavsiflariga ko‘ra eksperiment o‘tkazilayotgan
eksperimental guruh bilan bir xil. Izchil eksperimentni o‘tkazishda nazorat va
eksperimental guruh sifatida bitta guruhning o‘zi xizmat qiladi.
Mustaqil
o‘zgaruvchini kiritishdan avval u nazorat, kiritishdan so‘ng
esa eksperimental
guruh hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: