39
Faqat vaziyat bilan muntazam ishlash, doimiy axborot to‘plash va uni
keyinchalik to‘ldirish, o‘ylab chiqish intuitsiyaning samarali ishlashiga olib kelishi
mumkin.
Vaziyatlarni tahlil va muhokama qilish, munozara shakliga kirishi mumkin
bo‘lgan fikrlar almashuvini taqozo etadi.
Munozara –
bu tadqiqotchilar guruhida muammolar va ularni hal qilish
usullarini dalillarga asoslangan muhokama qilishdir. Munozarasiz o‘tkazilgan
tadqiqotni tasavvur qilish mushkul. “Bahsda haqiqat tug‘iladi”
degan iborani
quyidagicha ifodalash mumkin: “Haqiqatni o‘rnatish uchun turli nuqtai nazarlar va
ularni tashuvchilar o‘rtasidagi munozara zarur”.
Munozara – tadqiqotning zaruriy elementidir, chunki u qo‘shimcha dalillarni
topishga, aniq ta’riflarni charxlash, nuqtai nazarlar va fikrlarni mustahkamlash,
tavsiyalarni aniqlashtirish, isbotlarni kuchaytirishga yordam beradi. Munozara
taxminlarni qatiy ishonchga aylantirishga imkon beradi.
Biroq munozaraning ushbu ijobiy xossalari faqat, agar u muayyan qoidalarga
muvofiq olib borilgandagina namoyon bo‘lishi mumkin – axir haqiqatni
o‘rnatishga intilmasdan,
psixologik keskinlik yaratib, faqatgina o‘z nafsoniyatini
qondirib, tizimsiz, tarqoq, befoyda munozarani ham olib borish mumkin.
Tadqiqot munozarasining asosiy prinsiplari:
muxolifni, uning motivlari, nuqtai nazari, dalillari, predmetni (muammoni)
bilishini, fikrlash turini tushunishga intilish;
muxolif fikrlariga shubhali,
tahliliy va
xayrixohlik
bilan qarab, ularning
to‘g‘riligini butunlay inkor etishdan chetlanish;
munozaraning aniq maqsadiga ega bo‘lish va munozara taomilini savollar,
fikr-mulohazalar, dalillar va isbotlardan foydalangan holda olib borish;
aytilayotgan fikr va mulohazalarni, ularning muallifiga hurmat bildirgan
holda baholash;
40
o‘z nuqtai nazarini nihoyatda tushunarli,
dalillarga asoslangan, aniq va
ravshan ifodalangan bo‘lishiga intilish;
fikrni ifodalashga, isbotni qurishga yordam beruvchi tushunchalarni
aniqlash;
savollar yordamida muxolifning nuqtai nazarini aniqlashtirish, uning
isbotlar tizimidagi zaif joylarni topish, qo‘shimcha dalillarni keltirish;
obro‘li shaxslar
yoki rasmiy etakchilar, mansabdor shaxslarning fikrlariga
tayanishdan qochish;
haqiqatni, ko‘pchilikning fikriga tayanib, ovoz berish asosida o‘rnatish
mumkin emasligini yodda tutish;
munozaraning asosida kasbiy mahorat asosida ifodalanadigan natijalar yoki
metodologik yondashuvlar turishi kerak, – axir juda ko‘p hollarda muammolarni
muhokama qilish sog‘lom fikrlash prinsiplariga asoslangan bahsga, ya’ni ob’ektiv
emas, balki xohlanayotgan narsani isbotlashga o‘tib ketadi;
munozaraning unumdorligi ham vaqtning davomiyligi,
ham uning
munozarali fikrlar bildirish jarayonida taqsimlanishi bilan belgilanadi.
Munozarada muxolifning asosiy fikrlarini oydinlashtirish va tahlil qilish:
ularning mazmunini baholash, u ishlatayotgan tushunchalarning empirik qiymati,
asosiy fikrni dalillar bilan asoslash, dalillardan foydalanish mantig‘i katta ahamiyat
kasb etadi.
Munozarani olib borish maqsadi haqiqatni o‘rnatish, tadqiqot natijasini
samarali izlash, axborot almashuvidan emas, balki nafsoniyatlarni, soxta liderlik va
hokazoni amalga oshirishdan iborat bo‘lganda, u “bir-birini eshitmaydiganlar
suhbati”ga aylanadi. Munozarani tashkil qilishning tegishli shakllarini tanlash,
tadqiqotchilarning o‘zaro munosabatlarini ahloqiy me’yorlariga amal qilish bunday
imkoniyatni bartaraf qiladi yoki minimumga keltiradi.
41
Munozara
vaziyatlarni tahlil qilishda, agar uning ishtirokchilari vaziyatni
tushunishsa, uni ijobiy hal qilishni istab turishsa, umumiy maqsad, qiziqishlar, ish
bilan bog‘langan bo‘lishsa, yanada ko‘proq amaliy xarakterga ega bo‘ladi.
Samarali tadqiqot usullaridan yana biri modellashtirish
Dostları ilə paylaş: