Menejmentning tadqiqot usullari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/67
tarix22.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#189379
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   67
MENEJMENTNING TADQIQOT USULLARI дарслик

3.3. Ilmiy tadqiqot turlari 
Ilmiy tadqiqot - bu ilmning mavjudligi va rivojlanishi shakli. U o‘zida ob'ekt, 
jarayon yoki hodisani, ularning tuzilishi va aloqadorligini har tomonlama 
o'rganishga yo‘naltirilgan faoliyatni ifodalaydi. Menejmentda ilmiy tadqiqot turlari 
quyidagilardan iborat: 
1.
Fundamental ilmiy tadqiqotlar. 
2.
Amaliy ilmiy tadqiqotlar. 
Fundamental ilmiy tadqiqotlar atrofni qurshab olgan dunyo hodisalarini 
bilishga, haqiqiy voqelikning ob’ektlari va hodisalari orasidagi yangi aloqalar va 
munosabatlarni aniqlashga, yangi fundamental qonun va prinsiplarni ochishga, 
metodologiya va texnologiyalarni yaratishga yo‘naltirilgan. Boshqacha qilqib 
aytganda, fundamental ilmiy tadqiqotlar tabiat, inson va jamiyatning yangi 
hodisalarii va qonunlarini o'rganishga va kashf etishga yo‘naltirilgan. Ular, albatta, 
chuqur ishlab chiqilgan nazariy qismni o'z ichiga oladi va ko'pincha ularni nazariy 
tadqiqotlar deb ataladi. Ushbu tadqiqotlar turkumi jiddiy tavakkalchilik bilan 
bog‘langan va uni olish ehtimoli 10 %dan oshmaydigan aniq ijobiy natijani olish 
nuqtai nazardan noaniqdir. Shunga qaramay, aynan fundamental tadqiqotlar ham 
ilm-fanni o‘zining, ham ijtimoiy ishlab chiqarishning rivojlanish asosini tashkil 
etadi. 
Amaliy tadqiqotlar jamiyatning yangi amaliy ehtiyojlarini qondirish uchun 
zarur bo‘lgan yangi bilimlarni olishga yo‘naltirilgan. Boshqacha qilqib aytganda
amaliy tadqiqotlar asosan
 
amaliy maqsadlarga erishishga va aniq joriy vazifalarni
 
hal qilishga mo‘ljallangan.
Amaliy tadqiqotlar natijalari mavjud texnologiyalarni, 
materiallarni, mashinalarni takomillashtirishda yoki yangi qonuniyatlar va 


81 
prinsiplarni aniqlashda, yangi usullar va vositalarni, metodologiya va modellarni 
ishlab chiqishda qo‘llanadi. 
Tadqiqot istiqbolliligini aniqlashga va ilmiy vazifalarni echish yo‘llarini 
topishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar qidiruv tadqiqotlari deb nomalanadi. Ilmiy 
ishlanmalar – fundamental yoki amaliy tadqiqotlarning yakuniy qismi, u odatda, 
tajriba namunalari yoki dastlabki loyihalarni yaratishni o‘z ichiga oladiki, ular 
asosida tadqiq etilayotgan ob’ekt yoki jarayonning keyingi rivojlanishi 
to‘g‘risidagi qaror shakllanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin