Tarbiyachi: (bolalarni yarim doira shaklida o`tkazib oladi). Bolajonlar, endi sizlar bilan “Men uchun juda qiziq” o`yinini o`ynaymiz. (tarbiyachi bolalarga koptokni otib, “Sizga nima eng qiziq bo`lib tuyuldi?”-deb navbat bilan so`raydi. Bolalar javobini umumlashtiriladi. Kichkintoylar tarbiyachi tomonidan rag`batlantirilib, Faoliyatyakunlanadi).
22-Mavzu: “Yong`in xavfsizligi” mavzusida suhbat
Maqsad: Bolalarni yong`in xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirish va insonlarni xavf-xatarlardan muxofaza qilayotgan tashkilotlari haqida tushuncha berish. Kishilarning hayotlari, mol-mulklari xavf ostida qolishiga nimalar sabab bo`lishi haqidagi tushunchalarga ega bo`lish. O`t o`chirishda zamonaviy asbob-uskunalar, ularning bevosita vazifalari bilan tanishtirish. Hayot xavfsizligi haqidagi tushunchalarni takomillashtirish.