Metodi, ijodiy izlanish o‘yini


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 445,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix17.09.2023
ölçüsü445,15 Kb.
#144461
1   2   3   4   5   6   7
4 .til-o-qitishda-zamonaviy-yondashuvlar

Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 9 | 2022 
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
308
 
September, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
Lekin buni Janna eshitmaydi, ammo sezadi. Asarda Janna tasviri ham personajlarning 
ruhiy-sub’ektiv munosabati orqali ko‘rsatilgan. Natijada ikki o‘rtadagi psixologik 
ziddiyatning ochiq ko‘rinishi ikki tomonning shahzodaga bo‘lgan munosabati va turli 
mimikalari, psixologik vositalar orqali tasvirlangan psixologik belgilar sifatida 
yuzaga chiqadi. 
Romanning ikkinchi va uchinchi qismidagi tasvir diqqat bilan tekshirilganda 
qirol Karl VII faoliyati, xarakteri ham Janna d’Ark obrazining syujet bo‘ylab 
harakatlanishiga turtki bo‘lganini kuzatish mumkin. Bu esa aslida yozuvchining bosh 
maqsadi davlat rahbarining fikrlash tarzi, idroki, ongini tarixiy voqeaning badiiy 
ifodasi va personajlar tizimini shakllantirishdagi o‘rinini ko‘rsatish bo‘lgan degan 
xulosaga olib keladi. To‘g‘ri tasvir markazida asosan Janna obrazi turgan bo‘lsa-da, 
uning asosiy harakatlari, masalan uning Shinonda davlat rasmiylari qatorida ibodat 
qilishi, yepiskoplar kengashi tomonidan savollarga tutilishi, keyinchalik esa Puate 
universitetidagi diniy ulamolar katta yig‘ilishida dilni xira qiladigan davomli so‘roq-
savollar ortida jamiyatning ma’nan qashshoqligi, biror mard kishi chiqib odamlarning 
milliy g‘ururini uyg‘otishga chog‘i yetmasligini, saroy a’yonlari, diniy arboblar 
mamlakatni qutqarish o‘rniga keraksiz ishlar bilan mashg‘ulligini ko‘rsatish bo‘lgan. 
Aslida yepiskoplar bayonnomada qayd etishganidek, “kichkinagina cho‘pon qiz”, 
“kamgap qizaloq” milliy g‘urur, or-nomus, milliy qadriyat va eng muhimi shaxs 
ozodligini mamlakat mustaqilligida ko‘ra bilgan teran fikrli shaxs edi, xolos. Lekin 
sog‘lom fikrga ega, orzu-havasi yurt ozodligidan boshqa narsa bo‘lmagan buyuk 
fazilat egasini bid’at va xurofotga botgan din vakillari, xudbin a’yonlar va nochorligi 
tan olib yengilgan kishilar chohga tomon sudrashardi. 
Romanda voqealar personaj tilidan bayon qilingan ichki nutq shakli bo‘lib, 
uning ortida roviy, ya’ni Lui de Kont degan to‘qima obrazning psixologik faoliyati, 
muallifning Janna d’Arkka nisbatan shakllangan muhabbati faoliyati yetakchilik 
qiladi. Bu roviy nutqi matnidagi ichki mazmun bo‘lib, u Janna tilidan yangraydi: “I 
don't know A from B; but I know this: that I am come by command of the Lord of 
Heaven to deliver Orleans from the English power and crown the King of Rheims, 
and the matters ye are puttering over are of no consequence!”. (Men A dan B ni 
farqlolmadim, biroq shuni bilamanki, men bu yerga Osmon Hukmdorining buyrug‘i 
bilan Orleanni inglizlardan qutqarish va Reymsda qirolga toj kiydirish uchun keldim, 
sizlar esa bekorchilik bilan bandsizlar) [4]. Mazkur nutqda Jannaning ruhan 
charchagani va asosiy ishi qolib, uni turli ig‘vo va tuhmatlarga botirishayotgani, 
vatan himoyasi uchun hech kim hech narsa qilmayotganidan 
ezilishi aks etgan. Roviy tilidan chiqqan va Jannaga nisbat 
berilgan ushbu monolog syujet liniyasidagi tarixiy voqelikning 



Yüklə 445,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin