Vodoprovod to’ridan 500ml. namuna uchun suv olinadi.
Suvdagi mikroblarni umumiy miqdorini aniqlash uchun 1 ml suyultirilgan hamda suyultirilmagan holidagi vodoprovod suvidan ekiladi.
Vodoprovod(300ml),oqar va turg’un suvdan (10 ml) 1:100 kontsentratsiyadagi koli-titrini aniqlash.
Metodik ko’rsatma: Suvdagi mikroorganizmlarning umumiy miqdorini aniqlash uchun 1 ml suvni Petri likobchasiga ekilib, hamda GPA ustida hosil bo’lgan mikroorganizmlarning miqdori orqali aniqlanadi. Buning uchun tekshirilayotgan suvni ifloslanish darajasiga qarab sterillangan vodoprovod suvi bilan suyultiriladi. Odatda suyultirilish 1:10 dan 1:1000 gacha kontsentratsiyada suyultiriladi.
Tekshirilayotgan suvning 1 mm ni (yuqori kontsentratsiyaligidan boshlab) sterillangan Petri likobchalariga (2ta) solib, uning ustidan eritilgan, 45oS ga sovutilgan GPA quyiladi va aralashtirilib, 37oS haroratda 24 soat to’ntarilgan holda qo’yiladi. Toza suvni esa suyultirilmagan holda ekiladi.
Inkubatsiya davrini o’tagach, o’sgan koloniyalarni lupa yordamida sanaladi va har bir koloniyani Petri likobchasining orqa qismiga siyoh bilan belgilanadi. Bundan tashqari hisob kamerasidan ham foydalanish mumkin.
O’sgan koloniyalar miqdori ma’lum kontsentratsiyada ekilgan suvdagi mikroorganizmlar miqdoriga bog’liq. Har bir Petri likobchasida o’sgan koloniyalarning o’rtacha miqdorini aniqlash uchun koloniyalar soni sanalib, ularga tegishli bo’lgan kontsentratsiya soniga ko’paytirish kerak. Petri likobchalarini alohida sanalib qo’shiladi, so’ngra ikkiga bo’linadi.
Ekilgan suvning ichak tayoqchasi topilgan eng kam miqdori suvning koli-titri deb hisoblanadi.
Filtrlovchi membranalar yordamida ham suvning koli-titri aniqlanadi: filtrlovchi membranalar mayda teshikli, yupqa pitratsellyulozadan tayyorlangan va oq qog’ozga o’xshaydi. Ko’pincha amaliy ishda 3-nomerli filtrdan foydalaniladi. Bu filtrlar Zeytts apparatiga joylashtirilib sterillanadi. So’ngra tekshiriladigan suvning ma’lum miqdori (300ml) filtrlanib, keyin filtrlanuvchi membranalar Zeytts apparatidan olinib, tepaga qaratib ENDO muhitli Petri likobchalariga yoyib quyiladi va termostatga qo’yiladi. Agar filtrlangan suvda ichak tayoqchasi bo’lsa, ertasiga ularga xos qizil koloniyalar ko’rinadi. Bunday koloniyalar sanalib, Eykman ozig’iga ekib 43S issiqda o’stiriladi. Unda ham ichak tayoqchasi borligi aniqlansa, olingan natijaga ko’ra suvning koli-titri aniqlangan bo’ladi. Masalan 300 ml suvni filtrlanganda filtrlovchi membranada ichak tayoqchasiga xos 3 ta qizil koloniya o’sib chiqsa, demak 100 ml suvda bitta ichak tayoqchasi borligi, ya’ni suvning koli-titri 100 ml ekanligi ma’lum bo’ladi. Suvning koli-titri qancha kichik bo’lsa, u suv shuncha ko’p ifloslangan, koli-titri qanchalik katta bo’lsa, suv shuncha toza hisoblanadi.
Kerakli jihozlar :Sterillangan Petri likobchalari, Endo agari solingan Petri likobchalari, 9 ml dan sterillangan suv solingan probirkalar, 15 ml dan suyultirilgan suv solingan probirkalar,100-500 ml dan oqar va turg’un suv solingan kolbalar, sterillangan kolbalar. Mikroskop. Pintsetlar, sterillangan membranali filtrlar, Zeytts filtri.