Методические указания по их выполнению. Учебно-методическим комплексом могут пользоваться студенты специального образования для самостоятельного выполнения межсессионных заданий по курсу «Микробиологии и вирусологии»


MAVZU: SOF KULTURA AJRATISH VA MIKROORGANIZMLARNING TURLARINI ANIQLASH



Yüklə 2,55 Mb.
səhifə133/217
tarix12.10.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#154741
növüМетодические указания
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   217
portal.guldu.uz-MIKROBIOLOGIYa VA QIShLOQ XO’JALIGI BIOTEXNOLOGIYaSI

MAVZU: SOF KULTURA AJRATISH VA MIKROORGANIZMLARNING TURLARINI ANIQLASH.
REJA:
1.Morfologik belgilari
2.Kultural belgilari
3.Fiziologik belgilari
Topshiriq va mashg’ulot o’tish tartibi: Mikroorganizmlardan sof kulturalar ajratish usullari bilan tanishish: a) qattiq oziqa muhitidan; b) elektiv oziqa muhitidan, v) kasallangan o’simlik organlaridan (barg, poya, ildiz, meva) sof kulturalar ajratish. Mikroorganizmlarning sof kulturalarini qiyshiq agarda o’sishi va Gramm usulida bo’yalishini tekshirish (Xanthomonas malvacearum)
Metodik ko’rsatma:
MIKROBLARNING TURINI ANIqLASh.
Mikroblarning sof kulturasi olish uchun bir nechta usullar mavjud bo’lib, ko’p qo’llaniladigani bu qattiq oziqa muhitidan ajratishdir.
Bakteriyalarning turi morfologik, fiziologik va kultural (o’sish) xossalariga qarab aniqlanadi.
Morfologik belgilariga - bakteriyalarning shakli (kokklar, Tayoqchalar va boshqalar), ularning katta-kichikligi, spora hosil qilishi, harakatchanligi, Gramm usulida bo’yalishi kiradi.
Kultural belgilari –mikroblarning har xil oziqa muhitlarida o’sish xususiyatlari demakdir. Go’sht pepton bulonida mikroorganizmlarni o’sish xususiyatlari – parda hosil qilishi (silliq, burushgan), loyqa hosil qilishi, cho’kma hosil qilishi kuzatiladi. Go’sht pepton agarida koloniyalarning rangi, hajmi, ustki qismi, konsistentsiyasi kuzatiladi. Ularning hajmi ularning diametri orqali aniqlaniladi. Yirik diametri – 4mm; o’rtacha-2-4 mm; mayda- 1-2 mm bo’ladi.
Fiziologik belgilariga oziqlanish xarakteri: uglevod manbalarida (monosaxaridlar, disaxaridlar, polisaxaridlar, spirtlar, moylar va xakazo): azot manbalaridan (oqsil, pepton, aminokislotalar, mineral azot tuzlari, erkin azotdan) foydalanadilar; uglevodlarda o’sganda gaz, kislota va spirt hosil qiladi; nafas olish xarakteri –havo kislorodiga munosabatidir (aeroblar, anaeroblar,fakultativ anaeroblar).
Kerakli jihozlar: Giss oziqa muhiti solingan nabor shtativlar bilan, go’sht pepton buloni (GPB), oddiy sut lakmus bilan, oziqa muhiti solingan (kartoshkali, glyukoza-pektinli oziqa, go’sht-pepton agarli) Petri likopchalari. Agar solib qiyshiq qotirilgan probirkalar, bakteriologik sirtmoq, Paster naychalari, shpatel, turli kislotalarga shimdirilgan filtr qog’oz bo’lakchalari. qizil lakmus qog’ozlari (ammiak uchun). Mikroskop, bo’yoqlar, Pseudomonas fluorescens, Xanthomonas malvacearum bakteriyalarining sof kulturalari. Tuproq, o’simlikni zararlangan organlari.



Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin