Metodik tavsiya



Yüklə 354,88 Kb.
səhifə26/61
tarix02.01.2022
ölçüsü354,88 Kb.
#43857
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   61
QISQA MUDDATLI GURUH

Ijodiy rivojlanish

Badiiy asarni sahnalashtirish va rollarga bo' linib ijro etish layoqati rivojlanadi.

Rivojlanish markazlari

Ta'limiy-tarbiyaviy faoliyat

Dushanba

Seshanba

Chorshanba

Payshanba

Juma

Resurslar

Erkin faoliyat

Qurish, konstruktsiyalash va matematika







Pazllardan Zumrad uchun sandiq







Kerakli anjomlar

Syujetli-rolli o'yinlar va sahnalashtirish




A.Navoiyning “Non isi” rivoyatini sahnalashtirish










Kerakli anjomlar

Til, nutq va savodxonlikka o'rgatish







Rasmli kartochkalardan yangi ertak to'qiymiz




Ertaklar - yaxshilikka etaklar mavzusida suhbat

Kerakli anjomlar

Fan va tabiat




Mazali kulcha







Oltin tarvuz

Kerakli anjomlar

San'at




Loy va tuzli xamir bilan ishlash “Non turlari”

Rasm:

Mening ertak qahramonim






Applikatsiya:

Yalmog'iz kampir uychasiga mehmonga



Kerakli anjomlar

Umumiy guruh bo'lib ishlash

1.Nutq o'stirish: Ertaklar olamiga sayohat 2.Ikkinchi tilga o'rgatish







Sport o'yinlari




Kerakli anjomlar

IYUN. TO'RTINCHI HAFTA

ERTAK QAHRAMONLARI MEHMONDA

Syujetli-rolli o'yinlar va sahnalashtirish



Mavzu: A.Navoiyning “Non isi” rivoyati

Maqsad: bolalar A.Navoiyning “Non isi” rivoyatini biladilar,aktyorlik mahoratlarini oshiradilar. Kerakli jihozlar: nonlar, savat, shox uchun taxt, kostyumlar, sallalar, stol va ko'rpachalar, dasturxon, gullar.

Faoliyatning borishi:

  1. A.Navoiyning “Non isi” rivoyatini eslash.

  2. Rollarni taqsimlash.

  3. Obrazga kirish.

  4. Rivoyatnisahnalashtirish.

  5. Rolni qay darajada ijro etganliklarini o'zaro muhokama qilish.

Qo'shimcha:hikoyaning tarbiyaviy jihatlarini bolalar bilan muhokama qilish

Alohida e'tibor qaratiladi: rolni ijro etayotganda ovoz balandligi.

Fan va tabiat



Mavzu: “Mazali kulcha” Oshpazning mahorat maktabi

Maqsad:bolalar kulcha nonni tayyorlashni biladilar, xamirdan, loydan, turli rangli plastilinlardan kulcha non yasay oladilar. Kulcha nonni pechkaga solib pishirish jarayonida ishtirok etadilar. Kerakli jihozlar:patnis, kesish uchun taxta, jo'va, xamir uchun mahsulotlar, chakich, idishlar, bosh kiyim.

Faoliyatni olib borilishi:

  1. Bolalar uchun ish joylarini tayyorlash.

  2. Xamir tayyorlash jarayoni.

  3. Bolalar xohishiga ko'ra kichik kulchalar tayyorlash.

  4. Kulchalarni pishirish va boshqa guruh bolalarini mehmon qilish.

  5. Mahorat maktabi muhokamasi, ish natijalari xulosasi

Qo'shimcha:kulcha nonga bezak berishadi, sedana sepishadi.

Alohida e'tibor qaratiladi:oziq-ovqatmahsulotlarini isrof qilmaslik, oshpaz mehnatini qadrlash.

San'at



Mavzu: Non turlari

Maqsad:bolalar non turlari va uning shakllarini biladilar.

Kerakli jihozlar: tuzli xamir, rangli plastilin, karton qog'oz, non turlari tasvirlangan rasmlar, namuna.

Faoliyatning borishi

  1. Non turlari tasvirlangan rasmlarni ko'rish.

2.Ishni rejalashtirish.

  1. Jarayonning borishi.

4.Ijodiy ishlar taqdimoti.

  1. Rag'batlantirish

Qo'shimcha:ota-onalar uchun ko'rgazma Tayyorlash.

Alohida e'tibor qaratiladi:gigiyenik talablarga rioya qilish, do'stlarining mehnatini qadrlash.

Qurish, konstruktsiyalash va matematika



Mavzu: pazllardan Zumrad uchun sandiq

Maqsad:bolalar Zumrad uchun sandiqni qopqoqli idish modeli asosida yasaydilar.

Kerakli jihozlar: sandiq namunasi, pazllar.

Faoliyatning borishi:

  1. Namunani o'rganish.

  2. Ishni rejalashtirish

  3. Ish jarayoni.

  4. Yakunlangan ish muhokamasi: sandiq qopqog'ini ochib yopilishini tekshirish.

Qo'shimcha: sandiqcha ichini “tilla tangachalar ” bilan to'ldirish

Alohida e'tibor qaratiladi: qurilgan moslamani harakatga kelishini sinab ko'rish.

Til, nutq va savodxonlikka o'rgatish



Mavzu: Ertak to'qiymiz!

Maqsad: bolalar kartochkalar vositasida o'z tasavvurlari orqali ertak to'qiydilar va uni ifodali aytib bera oladilar.

Kerakli jihozlar: turli mavzulardagi rasmli kartochkalar.

Faoliyatnining borishi:

  1. Mavjud rasmli kartochkalarni kuzatish va tanlab olish.

  2. Tanlab olingan kartochkalarni bir-biriga moslab ketma-ketlikda qo'yib chiqish.

  3. Kartochkalar ketma-ketligi bo'yicha ertak to'qish va uni nomlash.

  4. Ertakni do'stlariga aytib berish.

Qo'shimcha: rasmli kartochkalardan ertak kitobini yaratishni taklif qilish.

Alohida e'tibor qaratiladi: ertakni obrazli aytib berish.

San'at




Yüklə 354,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin