E'tiborga moyillik jihati: bolalarning jamoada inoq bo'lib o'ynashlari, nizoli vaziyatlarni yumshatish, mustaqil qaror qabul qila olish.
Fan va tabiat
Mavzu: Rangli pufakchalar
Maqsad: bolalar sovun ko'pikchalari hosil bo'lishni kuzatadilar va ular yordamida rasm soladilar. Kerakli jihozlar: stakanda suv, suyuq sovun (yoki idish-tovoq yuvadigan suyuqlik) yoki shampun, naychalar, har xil rangdagi bo'yoqlar, kichkina qoshiqcha, oq qog'ozlar.
Faoliyatning borishi: Rangli bo'yoq tayyorlash uchun stakandagi suvga suyuq sovun yoki shampun, rangli bo'yoq solish.
Tayyorlangan rangli bo'yoqlar naycha bilan qog'ozga puflanib ko'pikchalar hosil qilish.
Qog' ozdagi ko' pikchalarga ij odiy yondashgan holda turli shakllar berish.
Ishlar taqdimoti.
Amaliy tajribalar tahlili va xulosa.
Qo'shimcha:kichkina qoshiqcha yordamida sovun pufakchalari oq qog'ozga quyilib rasm chiziladi