Metodik tavsiya


Bilish jarayonining rivojlanishi



Yüklə 354,88 Kb.
səhifə31/61
tarix02.01.2022
ölçüsü354,88 Kb.
#43857
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   61
QISQA MUDDATLI GURUH

Bilish jarayonining rivojlanishi

Bola o'yin jarayonida atrof-olamni idrok etadi, insoniy munosabatlarni anglaydi. Bolada o'rtoqlik, do'stlik, rostgo'ylik, xolislik, o'zaro yordam kabi ijobiy xislatlarni tarbiyalanadi.

Ijodiy rivojlanish

Rangli qum bilan baliq rasmini solish malakalari mustahkamlanadi. Bolalar ishga ijodiy yondashadilar, ranglar va uning anvoyi turlarini biladilar, turli xil shakllardan kompozitsiyalar yasab, ishonch bilan ishlaydilar

Rivojlanish markazlari

Ta'limiy-tarbiyaviy faoliyat

Dushanba

Seshanba

Chorshanba

Payshanba

Juma

Resurslar

Erkin faoliyat

Qurish, konstruktsiyalash va matematika







Pazllar yig'ish Yoz manzarasi







Kerakli anjomlar

Syujetli-rolli o'yinlar va sahnalashtirish







Qo'g'irchoq teatri




“Oila” syujetli-

rolli o'yin



Kerakli anjomlar

Til, nutq va savodxonlikka o'rgatish




“Yozgi o'yinlar”rasmi asosida suhbat










Kerakli anjomlar

Fan va tabiat




Suv va qum bilan amaliy tajribalar







“Rangli pufakchalar”

Kerakli anjomlar

San'at




Rasm:

Rangli qum bilan baliq rasmini solish



Loy ishi: O'yinchoqlar




Applikatsiya:

Mening xonam



Kerakli anjomlar

Umumiy guruh bo'lib ishlash

1.Nutq o'stirish: “Suv bayrami” rasmi asosida suhbat 2.Ikkinchi tilga o'rgatish







1.Badiiy adabiyot Viktorina 2.Savodxonlikka o'rgatish




Kerakli anjomlar

IYUL. BIRINCHI HAFTA
YOZ-SOZ

Til, nutq va savodxonlikka o'rgatish



Mavzu: Yozgi o'yinlar rasmi ustida suhbat

Maqsad: bolalar rasmmazmuni bo'yicha suhbat qura oladilar.

Kerakli jihozlar: AKT, mavzuga oidrasmlar.

Faoliyatning borishi:

  1. Mavzuga oid rasmlar va AKT namoyishini tomosha qilish.

  2. Ko'rgan voqea-hodisani tahlil qilish.

  3. Mavzu asosida do' sti bilan suhbat.

  4. Yakuniy suhbat: Yoz davridagi siz yoqtirgan o'yinlaar Qo'shimcha: “Quyosh va yomg'ir” o'yini.

Alohida e'tibor qaratiladi: rasmlarni tahlil qilinishiga, suhbatda voqea-hodisalarni ketma- ketligini to'g'ri tuzilganligi.

Fan va tabiat



Mavzu: Suv va qum bilan tajribalar

Maqsad: bolalar suv va qum bilan tajribalar o'tkaza oladilar.

Kerakli jihozlar: AKT, toza suv va qum, idish, bir martali stakanchalar, muz bo'laklari, bo'sh idish.

Faoliyatning borishi:

  1. AKT orqali slayd va rasmlarni tomosha qilish.

  2. Suv va qumni ko'zdan kechirish.

  3. Qumni qo'llari bilan ushlab ko'rish va tahlil qilish.

  4. Suvni qo'li bilan his qilish va uning xususiyatlarini aytish (ta'mi, rangi, shakli).

  5. Muz bo'lakchalarini quyosh nurlari ostida erishini kuzatish.

  6. Qumga suv aralashtirish va hosil bo'lgan massani izohlash.

  7. Nam qumdan narsalar yasash.

  8. Rag'batlantirish.

Qo'shimcha:tarbiyachi yordamida suvning bug'ga aylanish tajribasini o'tkazish. Alohida e'tibor qaratiladi: suv va qumning o'ziga xos xususiyatlaari.

San'at



Mavzu: Rangli qum bilan baliq rasmini solish Maqsad:rangli qum bilan baliq rasmini solish malakalari mustahkamlanadi.

Kerakli jihozlar: rangli qum, baliq chizmasi tasvirlangan rasmlar, namuna, yelim, mo'yqalam.

Faoliyatning borishi:

  1. Turli ko'rinishdagi baliqlar rasmlarini va namunani tomosha qilish.

  2. Rangli qum bilan baliq rasmini solishuchun materiallarni tanlash.

  3. Jarayonning borishi.

  4. Ijodiy ishlar taqdimoti.

Qo'shimcha: rasmni yana qo'shimcha bezaklar bilan boyitish.

Alohida e'tibor qaratiladi: konturdan chiqmagan holda rangli qumlarni yelimlash.

Qurish, konstruktsiyalash va matematika



Mavzu: Yoz manzarasi

Maqsad: bolalarda qo'l mayda motorikasi rivojlanadi.

Kerakli jixozlar: yoz fasliga doir suratlar, namuna, pazllar

Faoliyatning borishi:

  1. Yoz fasli asosidagi rasmlar va namunani tomosha qilish.

  2. Pazllar yig'ish jarayoni.

  3. Jarayonni do' stlari bilan muhokama qilish.

Qo'shimcha: yoz fasliga doir she'rlar yod oldirish, ota-onalar uchun bolalar ishlaridan ko'rgazma tayyorlash.

Alohida e'tibor qaratiladi: bo'laklarni to'g'ri tanlangani va joylashtirilgani

Syujetli-rolli o'yinlar va sahnalashtirish



Mavzu: Qo'g'irchoq teatri (bolalar xohishiga ko'ra)

Maqsad: bolalar asarning nomi va uning mazmunini biladilar, nom va mazmunning uyg'unligini ko'ra oladilar.


Yüklə 354,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin