Qo'shimcha: Harbiylar haqida she'r va maqollar aytish.
Alohida e'tibor qaratiladi: bolalarda mustaqil, tartibli bo'lishga, shaxsiy gigiyenaga rioya qilish ko'nikmasi shakllanganligi.
Fan va tabiat
Mavzu: Qalqon xususiyati
Maqsad: bolalar amaliy tajribada o'yinchoq qalqonning xususiyatlarini tadqiq qiladilar, qo'shimcha ma'lumotlar orqali haqiqiy qalqon haqidagi tushunchalarini boyitadilar.
Kerakli jihozlar: bolalar uchun harbiy o'yinchoqlar to'plami, AKT, ko'rgazmali materiallar.
Faoliyatning borishi:
O'yinchoq qalqonni tomosha qilish.
AKT orqali qalqon turlari va uning vazifasi bilan tanishish.
o'yinchoq qalqonni kiyish va unga o'yinchoq nayzalarni uloqtirish.
o'yinchoq avtomatdan qalqonga o'q otish.
Tajribada ko'rilgan holatlarni muhokama qilish va xulosalash.
Qo'shimcha: haqiqiy qalqon metalldan yasalishi va unga tig'li, o'tkir predmetlarni o'tmasligi haqida og'zaki va ko'rgazmali materiallami namoyishi
Alohida e'tibor qaratiladi:amaliy tajriba orqali qalqonning xususiyatlarini aniqlash.
San'at
Mavzu: Men askarman
Maqsad: bolalar askarlarni o'z tasavvurlari orqali tasvirlab bera oladilar.
Kerakli jihozlar: askarlartasvirlangan rasmlar, mo'yqalam, rangli bo'yoqlar, suv idishi, salfetka, rasm qog'ozi.
Faoliyatning borishi: Askarlar tasvirlangan rasmlarni ko'rib chiqish.
Kim qanday askar rasmini chizishni bolalar tomonidan tanlanishi
Ijodiy ish
Bolalar ishi ko'rgazmasi
Qo'shimcha: askarlar haqida she'rlar
Alohida e'tibor qaratiladi:bolalarning askarlar va ularning vazifalari haqidagi tushunchalari.
San'at
Mavzu: Guldon
Maqsad:bolalar namuna asosida plastilindan guldonni yasaydilar, uni munchoqlar bilan bezaydilar.
Kerakli jihozlar plastik stakanlar,plastilin, munchoqlar,namuna, guldon rasmi.
Faoliyatning borishi:
Namuna va rasmlarni tomosha kilish.
Kerakli jihozlarni tanlab olish.
Guldonni yasash va uni munchoqlar bilan bezash.
Tayyor ishni do'stlari bilan o'rtoqlashish. Qo'shimcha:“Singan guldon” hikoyasini o'qib berish.
Alohida e'tibor qaratiladi: Ijodiy qobiliyat va nafislikka e'tibor qaratish.
Qurish, konstruktsiyalash va matematika
Mavzu:Harbiy texnika uchun turargoh qurish Maqsad:bolalar harbiy texnika turargohini yasashda qurilish materiallaridan unumli foydalanadilar, turargoh o'lchamini aniq chamalab qurilmani mustahkam quradilar.
Kerakli jihozlar: namuna, mavzuga oid rasmlar, kubik, lego, o'yinchoq harbiy texnikalari Faoliyatning borishi:
Mavzu asosidagi rasmlarni tomosha qilish.
Ko'rgan namuna va rasmlar asosida reja tuzish.
Kerakli jihozlarni tanlash.
Turargohni qurish.
Tayyor ishlarni muhokama qilish va solishtirish. Qo'shimcha: tayyor turargohlarga o'yinchoq harbiy texnikalarni joylash. Alohida e'tibor qaratiladi: turargohning qay darajada mustahkam ekanligini sinash.