E'tiborga moyillik jihati:toza ishlashni bilish, tafakkur va mayda motorikani rivojlantirish.
AVGUST
OY MAVZUSI: QUVNOQ VA SOG'LOM BOLALAR
Guruh
Qisqa
Mavzu
Vitaminlar bilan qiziqarli uchrashuvlar
Muddati
Avgust 1-hafta
Rivojlanish sohalariga oid maqsadlar
Jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzining shakllanishi
Bolalar sport turlariga qiziqadilar, ochiq havoda musobaqalar, harakatli va estafetali o'yinlarni tashkil qiladilar, musiqa ohangiga mos jismoniy harakatlarni bajaradilar.
Ijtimoiy-hissiy rivojlanish
Bolalar jamoada o'zini tutish, tengdoshlari bilan samimiy munosabatda bo'lish, atrofdagilar bilan barqaror aloqalar o'rnatish, do'stlar orttirish, ularga yordam berishni biladilar.
Nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari
Bolalar to'g'ri ovqatlanish tartibi haqidagi bilimlarini mustahkamlaydilar va unga rioya qilishga harakat qiladilar. Bolalar muloqot jarayonida, o'zini tutishida, harakatida, so'zida zararli odatlardan foydalanmaslikni bilib oladilar.
Bilish jarayonining rivojlanishi
Bolalar ho'l mevalarning o'ziga xos jihatlarini amaliy ish orqali farqlashga o'rganadilar. Bolalar sabzavot do'koni sotuvchilarining mehnatini ijodiy tasvirlay oladilar, atributlarni maqsadli ishlata oladilar.