Metodik tavsiya



Yüklə 354,88 Kb.
səhifə48/61
tarix02.01.2022
ölçüsü354,88 Kb.
#43857
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   61
QISQA MUDDATLI GURUH

Ijodiy rivojlanish

Bolalar vitaminlar va ularning foydali tomonlarini bilgan holda ularni rasmda tasvirlaydilar.

Rivojlantirish markazlari

Ta'limiy-tarbiyaviy faoliyat

Dushanba

Seshanba

Chorshanba

Payshanba

Juma

Resurslar

Erkin faoliyat

Qurish, konstruktsiyalash va matematika







Fitobar







Kerakli anjomlar

Syujetli-rolli o'yinlar va sahnalashtirish







Poliz ekinlari do'koni







Kerakli anjomlar

Til, nutq va savodxonlikka o'rgatish




Sog'lom ovqatlanish tartibi







Zararli odatlar va ularning oldini olish

Kerakli anjomlar

Fan va tabiat




Foydali mahsulotlar







Buyuk siymolar sihat- salomatlik haqida

Kerakli anjomlar

San'at




Rasm:

Sho' x vitaminchalar



Applikatsiya Quyosh va suv - bizning do'stlarimiz




Loy ishi:

Hosil yig'amiz



Kerakli anjomlar

Umumiy guruh bo'lib ishlash

1.Nutq o'stirish: “Vitaminga boy sabzavotlar” surati ustida suhbat

2.Ikkinchi tilga o'rgatish









1.Badiiy adabiyot Viktorina




Kerakli anjomlar













2.Savodxonlikka o'rgatish









AVGUST. BIRINCHI HAFTA

VITAMINLAR BILAN QIZIQARLI UCHRASHUVLAR

Til, nutq va savodxonlikka o'rgatish



Mavzu: Sog'lom ovqatlanish tartibi

Maqsad: bolalar to'g'ri ovqatlanish tartibi haqidagi bilimlarini mustahkamlaydilar va unga rioya qilishga harakat qiladilar.

Kerakli jihozlar: to'g'ri ovqatlanish tartibi tasvirlangan rasmlar to'plami, AKT.

Faoliyatning borishi:

  1. To'g'ri va noto'g'ri ovqatlanish tartibining AKT orqali namoyishi.

  2. Ko'rilgan holatlarni tahlil qilish.

  3. To'g'ri ovqatlanish tartibi tasvirlangan rasmlarni ketma-ketlikda joylashtirish.

  4. Joylashtirilgan rasmlarni izohlash.

  5. Xulosalash.

Qo'shimcha: sog'lom ovqatlanishning organizm uchun ahamiyati haqida suhbat.

Alohida e'tibor qaratiladi: batartib ovqatlanishga intilish.

Fan va tabiat



Mavzu: Foydali mahsulotlar

Maqsad: bolalar foydali mahsulotlarning o'ziga xos jihatlarini amaliy ish orqali farqlashga o'rganadilar.

Kerakli jihozlar: ho'l mevalar, taxtakach, pichoq, likopchalar, salfetka, sharbat chiqarish apparati.

Faoliyatni olib borishi:

  1. Ho'l meva va sabzavotlarni lupa ostida kuzatish.

  2. Mevalarni kesish, ularning urug'larini ajratish va sabzavotlarni tozalash.

  3. Meva va sabzavotlarningsharbatini chiqarish va ta'tib ko'rish.

  4. Meva va sabzavotlarning rangi, shakli, ta'mi, urug'lari bo'yicha ma'lumotlar berish.

  5. Amaliy ish yakuni va xulosasi.

Qo'shimcha: meva va sabzavotlardan tayyorlangan sharbat bilan do'stlarini mehmon qilish.

Alohida e'tibor qaratiladi: mevalar va sabzavotlarni muntazam iste'mol qilishning inson organizmiga foydasi.

San'at



Mavzu: Sho'x vitaminchalar

Maqsad:bolalar vitaminlar va ularning foydali tomonlarini bilgan holda ularni rasmda tasvirlaydilar. Kerakli jihozlar: oq qog'oz,bo'yoq, rangli qalamlar, mo'yqalam, suv idishi, namuna, salfetka, AKT.

Faoliyatning borishi

  1. AKT orqali sho'x vitaminchalar tasvirlangan multimedia yoki multfilm tomosha qilish.

  2. Namunalarni ko'rish.

  3. Ishni rejalashtirish.

  4. Ijodiy ish jarayoni.

  5. Ijodiy ishlar ko'rgazmasi va taqdimoti.

Qo'shimcha: mavzu asosida ta'limiy o'yin.

E'tiborga moyillik jihati:vitamin turlari va ularning inson organizmi uchun ahamiyati.

Qurish, konstruktsiyalash va matematika



Mavzu: Fitobar

Maqsad: bolalar katta hajmdagi kubiklardan foydalanib fitobar yasaydilar.

Kerakli jihozlar: AKT, katta hajmdagi kubiklar, katta va kichik g'ishtchalar, geometrik shakllar.

Faoliyatning borishi:

  1. AKT orqalifitobar va uningjavonlarida joylashgan anjomlarni tomosha qilish.

  2. Qurilish materiallarini o'rganish, tanlash va fitobar qurilishini rejalashtirish.

  3. Qurish jarayoni.

  4. Bajarilgan ishning muhokamasi.

  5. Rag'batlantirish.

Qo'shimcha: moychechak va na'matak damlamasini ichish.

Alohida e'tibor qaratiladi: bajarilgan ishning mustahkamligi.

Syujetli-rolli o'yinlar va sahnalashtirish



Mavzu: Poliz ekinlari do'koni

Maqsad: bolalar sotuvchilarning mehnatini ijodiy tasvirlay oladilar.

Kerakli jihozlar: poliz ekinlari do'koni rasmi, poliz ekinlari mulyajlari, o'yin uchun atributlar: peshlavha, rasta, kassa apparati, xarid uchun savatcha, qog'oz pullar, terminal, kartochkalar, AKT.

Faoliyatning borishi:

  1. Poliz ekinlari do'koni rasmi va AKT namoyishi bilan tanishish.

  2. Rollarni taqsimlash.

  3. O'yin uchun kerakli atributlarni tanlash.

  4. Syujetni ijro etish.

  5. Ijro etilgan lavhani tahlil qilish.

Qo'shimcha: “Poliz ekinlarini top” ta'limiy o'yini.

Alohida e'tibor qaratiladi: poliz ekinlarining inson organizmi uchun muhimligi.

San'at



Mavzu: Quyosh va suv - bizning do'stlarimiz

Maqsad: bolalar quyosh va suvni noan'anaviy usul-plastilinografiyada tasvirlay oladilar.

Kerakli jihozlar:rangli qog'oz, karton qog'oz, bo'yoq cho'tkalar, rangli qalamlar, qaychi, yelim va yig'ma rasmlar, namuna.

Faoliyatni olib borilishi:

  1. Quyosh va suvning rasmini ko'rib chiqish.

  2. Plastilinografiya texnikasi bilan tanishish.

  3. Bajariladigan ishni rejalashtirish.

  4. Kerakli anjomlarni tanlash.

  5. Ijodiy ish.

  6. Rasmlar ko'rgazmasini tashkil etish.

Qo'shimcha:tayyorlangan ishlarni ota-onalarga hadya etish


Yüklə 354,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin