Nutq o'stirish: “Suv osti dunyosi” mavzusidagi surati ustida suhbat
Ikkinchi tilga o'rgatish
Sport o'yinlari
Kerakli anjomlar
IYUL. TO'RTINCHI HAFTA
SUV QIROLI MEHMONDA
Til, nutq va savodxonlikka o'rgatish
Mavzu:“Suv osti dunyosi” ta'limiy o'yini
Maqsad: bolalar dengiz hayvonlari kit, akula, delfinlar, ularning yashash sharoiti, tashqi qiyofasi haqida bilimlarni mustahkamlaydilar, murakkab gapni grammatik jihatdan to'g'ri tuza oladilar. Kerakli jihoz va materiallar:suv osti dunyosi hayvonlari, o'simliklarining rasmlari, AKT Faoliyatning borishi: AKT orqali suv osti dunyosiga sayohat qilish.
“Suv osti dunyosi”ta'limiy o'yini tartibi bilan tanishish.
Ta'limiy o'yin jarayoni.
O'yin yakunida bolalarning o'z taassurotlarini gapirib berishlari
Qo'shimcha: mavzu bo'yicha she'r ayttirish.
E'tiborga moyillik jihati:taasurotlar bilan o'rtoqlashishda murakkab gapni grammatik jihatdan to'g'ri tuza olish.
Fan va tabiat
Mavzu: Suvga ranglarni tomizish. Amaliy tajriba
Maqsad:bolalar suvning o'ziga xos xususiyatlarini bilishga qiziqadilar.
Kerakli jihozlar:suv va bo'yoqlar, pipetka, rasmlar.
Faoliyatning borishi:
1.Suvning xususiyatlari bilan tanishish.
2“Suv bo'lmasa...” mavzusi yuzasidan suhbat va mavzuga doir rasmlar namoyishi.
Bo'yoq va suv bilan amaliy tajriba.
Bolalar ishining muhokamasi va rag'batlantirish.
Qo'shimcha: bolalarni “Tomchilar sayohati”ga taklif qilish.
Alohida e'tibor qaratiladi: tajriba o'tkazish malakalari.
Fan va tabiat
Mavzu: Tomchilab sug'orish uchun baklajkadan moslama tayyorlash
Maqsad: bolalar tomchilab sug'orishning maqsadini biladilar, tomchilab sug'arish uchun baklashjkadan moslama tayyorlaydilar.
Kerakli jihozlar: suv va teshik qopqoqli baklajkalar, AKT
Faoliyatning borishi: Tomchilab sug'orish haqida suhbat.
Tomchilab sug'orish mavzuga doir rasmlar namoyishi.
Ish jarayoni.
Bolalar ishining muhokamasi va rag'batlantirish.
Qo'shimcha: bolalarning tomchilab sug'orish jarayonini kuzatish uchun AKT yordamida polizga sayr uyushtirish.
Alohida e'tibor qaratiladi: tajriba o'tkazish malakalari.
San'at
Mavzu: Suv osti dunyosi
Maqsad: bolalar dengiz hayvonlari kit, akula, delfmlaming o'ziga xos xususiyatlarini o'z rasmlarida tasvirlay oladilar.
Kerakli jihozlar: rangli qalamlar, flomaster, rangli bo'yoq, mo'yqalam, salfetka, suv idishi
Faoliyatning borishi: Suv osti dunyosini tomosha qilish.
2.Ijodiy ishni taxminiy rejalashtirish.
Kerakli jihozlarni tanlash.
Rasm chizish jarayoni.
Bolalar ishlarini muhokama qilish va rag'batlantirish.
Qo'shimcha: Tayyor bo'lgan ishlarni sovg'a qilish.
Qurish-yasash va matematika
Mavzu: Ikkilamchi materiallardan qayiqcha yasash
Maqsad: bolalar ikkilamchi materiallardan qayiqcha yasay oladilar.
Qo'shimcha: Tarbiyachi tish kovlagich tayoqchalaridan foydalanishni mumkinligini tavsiya etadi
Alohida e'tibor qaratiladi:jamoa bo'lib ishlash, ijodiy qobiliyatni rivojlantirish.
Syujetli-rolli o'yinlar va sahnalashtirish
Mavzu: Neptun bobo mehmonda
Maqsad: bolalarda sarguzashtlarda qatnashish,syujetli-rolli o'yin qahramonlarining (qirol, suv parisi, baliqlar) rollarini ijro etish hoxishi uyg'onadi va ijrochilik mahorati rivojlanadi.
Kerakli jihozlar: Neptun bobo, suv parisi, baliqlar liboslari, suv osti dunyosi tasvirlangan rasmlar. Faoliyatning borishi: “Neptun bobo mehmonda” mavzusidagi rasmlarni tomosha qilish.
Bolalar o'rtasida rollarni taqsimlash.
O'yinga hozirlik ko'rish
O'yinning borishi.
O'yin yakuni, rag'batlantirish.
Qo'shimcha: ayvoncha (suv havzasi, basseyn)da o'yinni davom ettirish mumkin.