Kerakli jihozlar: Yalmog'iz kampir uyining turli ko'rinishdagi tasvirlari, rangli va oq qog'oz. Faoliyatning borishi:
Mavzu asosida rasmlarni tomosha qilish.
Chizmani o'rganish va ishni rejalashtirish.
Ijodiy ish.
Ijodiy ishlar himoyasi (taqdimoti).
Qo'shimcha: ijodiy ishlarni ota-onalar burchagiga qo'yish.
Alohida e'tibor qaratiladi: qaychidan to'g'ri foydalanish.
IYUL
OY MAVZUSI: QUVNOQ YOZ
Guruh
Qisqa
Mavzu
Yoz - soz
Muddati
Iyull-hafta
Rivojlanish sohalariga oid maqsadlar
Jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzining shakllanishi
Yengil, tezkorlik bilan, to'siqlardan hatlab o'tgan holda, yo'nalish va muvozanatni saqlab yuguradi. Turgan joyida burilib, oyoqlarini o'ngga-chapga qo'yib sakraydi. Sakramachoqda turli usullarda sakraydi.
Ijtimoiy-hissiy rivojlanish
Mehnat faoliyatida o' rtog' iga yordam beradi, o'rtog' ining yutuqlaridan quvonadi, boshqalarning mehnati natijalariga hurmat bilan qarash kabi ezgu xislatlar shakllanadi.
Nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari
Murakkab gapni grammatik jihatdan to'g'ri tuza oladi, rasmlar ustida hikoya tuzadi.