Tayyorlov guruhida tabiiy material va qog‘ozdanqurish-yasash-gao‘rgatishning vazifalari. Mashg‘ulotda bolalar qog‘oz bilan ish lash ko'nikma va malakasini egallab boradilar: qog‘ozni turlicha buklash, diagonal bo'ylab bo‘lish, tayyor andazani buklash shablon bo‘yicha detallarni qirqish va hokazo. Tayyorlov guruhida bolalar turli narsalar yasaydilar. Karton yordamida o‘yinchoqlar tayyorla- nadi (petrushka balalayka bilan, qo'lini qimirlatayotgan quyon...). Korobkadan, karton va qog‘ozdan avtomashina, yuk krani, traktor, uy qurish mumkin. Qog‘oz, karton, tabiiy materialdan (ildiz, ta- yoqcha va boshqalar) suvda o'ynaladigan o'yinchoqlar (kemacha, barja) qurish mumkin. Tarbiyachi bu o'yinchoqlarning nima uchun qo‘llanilishini bolalarga o‘rgatadi. Tabiiy materiallardan nar sa yasash mashg‘ulotida tarbiyachi bolalarga shox-shabba, shish- ka, urug‘lardan foydalanib, bu figuralarning alohida qismlarini tur li usulda birlashtirishni (yelim, sim, gugurt cho‘pi, pL’stilin bilan) o'rgatadi. Bolalar turli shakllami odam, hayvonlarni, qush, baliq, kapalaklami, archaning urug‘i, yong‘oq po‘stidan, o‘z o‘ylaganlari asosida, tarbiyachining topshirig‘i bo‘yicha yasaydilar. Bolalarga yana shoxlar, ildizlardan tanish bo'lgan ertak qahramonlariga o ‘x- shashlarini topish ham o‘rgatib boriladi. Bu faoliyat orqali bolalar da fantaziya, tasawurlari rivojlanib boradi.
Qog‘ozni chizilgan chiziq bo'ylab buklash, andaza bo‘yicha ishlash malakasi mebel yasash mashg'ulotida shakllanib, mustah- kamlanadi. Namunani kuzatgach, bolalar undan nima yasash mumkinligini aniqlaydilar. Bir stol atrofida o‘tirgan bolalar, ishni bo‘lib olib (bir bola, divan, boshqasi kreslo va hokazo). Stol stul- ning oyoqlarini balandligini aniqlaydi. Xuddi shu mavzu bo‘yicha yana bir mashg‘ulot o'tkaziladi, bunda bolalar o'zlari andaza qi lib, uni to ‘g‘ri buklab turli mebellar yasaydilar. Bundan tashqari, ular chizg‘ich bilan chiziq chizish, uzunlik, enini o‘lchashni ham o‘rganadi. Tarbiyachi faqat chizg‘ich bilan qanday ishlash- ni ko‘rsatib beradi, qolgan qismini bolalar mustaqil bajaradilar. Mashg'ulot boshlanishidan oldin bolalar bir-birlari bilan nima
164
yasashlarini gaplashib oladilar va kerakli materiallarni o‘z stollari- ga joylaydilar. Bunday mashg‘ulotlar bolalarni qo‘l muskullarini rivojlantirib qolmay, balki ularni xotira, fikrlash, ijodlarini ish- dan oldin rejalashtirish qobiliyatlarini ham o ‘stiradi. Aytaylik, yangi yil bayramiga bolalar mashg‘ulotda archa o ‘yinchoqlarini yasaydilar. Bolalar namunani o‘zlari tanlab, materiallarni tayy- orlab, mustaqil bajaradilar. Bu mashg‘ulotda bolalar applika tsiya mashg‘ulotida olgan bilimlarini qo‘llaydilar: qog‘ozni ko‘p buklab, bir xil tipli figuralami qirqadilar. Tayyorlov guruhda tar biyachi bolalarni oldingi guruhlarda olgan bilimlarini, malakalari ni mustahkamlaydi. Bolalar o ‘z o ‘ylaganlari bo ‘yicha mavzu tan lab, kerakli materiallarni tanlab, ishni nimadan boshlash, uning qismlarini qanday birlashtirishni mustaqil bajara oladilar. Tarbiya- chining yordami bilan bolalar avtomashina, kartondan harakat- lanuvchi o‘yinchoqlar (quyon, matryoshka, ayiq va hokazo)ni asosiy qismga mayda qismlarni ip bilan birlashtiradilar. Tarbiyachi yangi materialni tushuntirayotganda uning qismlarini birlashti- rishga bolalar diqqatini qaratadi, mavzuga ikki mashg‘ulot ajra- tiladi. Birinchisida bolalar quyoncha va ayiqni qirqadilar, boshqa mashg‘ulotda hayvonlami, qo‘g‘irchoqlarni qirqadilar. Tabiiy ma terialdan narsa yasash mashg‘uloti ko‘pincha yozda va kuzda olib boriladi. Mashg‘ulotga bir necha kun qolganda tarbiyachi mav zu nomini aytib, mavzuga oid materiallarni yig‘ishni iltimos qila di. Mashg‘ulot davomida bolalar qanday qilib qismlarni bir-biriga birlashtirayotganliklarini kuzatib boriladi. Bir stol atrofida o‘tirgan bolalar birga fikrlashib, kompozitsiya tashkil qiladilar. Tarbiyachi bolalarga qarag‘ayning ochilmagan shishka — urug‘idan kapalak, baliqchalar yasashni o‘rgatadi. Bolalar olgan bilim, malakalarini boshqa mashg‘ulotlarda qo‘llaydilar.
Tayyorlov guruhida tabiiy material va qog‘ozdan qurish-yasash- ga o‘rgatishning metod va usullari. Tayyorlov guruhida bolalar katta texnik malakalarni talab qiluvchi ancha murakkab konstruk- siyalarni o‘zlashtirib beradilar. Shuning uchun tarbiyachi narsalar yasashni, uning bajarilish usullarini aniq tushuntirib, ko'rsatish us- lubidan tez-tez foydalanadi. Tarbiyachi balkonli uyni qurish mav- zusida awal ko‘p qavatli, balkonli uy konstruksiyasini tayyor hol da ko‘rsatadi, so‘ng ishni o‘zi ko‘rsatib, uyning qanday yasalishi- ni qog‘ozni buklab, balkonlarini yasash uchun qirqib, .uni toini-
165
ni qanday joylashishini ko‘rsatib beradi. Agar mashg‘ulotda bo lalar tanishish usulini qo‘llasalar, tarbiyachi faqat namunani ku zatish va qisman ko'rsatish bilan cheklanadi xolos yoki bola lar bilimini faollashtiruvchi savollar berishi mumkin. Archa o‘yinchog‘ini yasash mashg‘ulotida tarbiyachi bolalarga namunani ko‘rsatgach, uni qanday qirqishni bolalardan so'raydi. Ular bun- ga javob beradilar, so‘ng o‘zlari mustaqil bajaradilar. Agar yasa- layotgan narsa, masalan, harakatlanuvchi o ‘yinchoqlar ko‘p vaqt- ni olsa, bolalar qiynalsalar, tarbiyachi mashg‘ulotni ikkiga bo‘lishi mumkin. Birinchi mashg‘ulotda tarbiyachi kartondan yasalgan o‘yinchoqlarni ko‘rsatib, bugungi teatr o‘yiniga ham xuddi shun day o'yinchoqlar yasashligini aytib o ‘tadi. Lekin bu o‘yinchoqni chizib berish lozim, so‘ng bolalar hayvonchani o‘ylab topib, chi- zib bo'yaydilar. Ikkinchi mashg‘ulotda bolalar tarbiyachining tus- huntirishi va ko‘rsatmasi asosida o ‘yinchoq yasaydilar. 0 ‘yinchoq yasash mashg‘uloti awal dan tayyorlikni talab qiladi. Tarbiyachi bu ishga bolalami jalb qiladi. Ular material tayyorlashga yordamlasha- dilar: qog‘oz qirqadilar, shakli bo‘yicha joylashtiradilar, qog'ozni oldidan (mebelning oyog‘i uchun) truba qilib yopishtiradilar. Bo lalar o ‘z o ‘ylaganlari bo‘yicha mashg‘ulotning yaxshi o‘tishi awal- dan ko'rilgan tayyorgarlikka bog‘lik: bolalar materiallarni yasay- digan predmetlarini qanchalik tez topsalar, nima yasashlarini ol- dindan bilsalar, mashg‘ulot shunchalik qiziqarli bo‘ladi. Tarbiya chi mashg‘ulot uchun bolalar bilan turli o‘lcham, turli shakldagi daraxt, gul, butalaming urug'larini, shox, makkajo‘xorining doni, beresta, moh va boshqa ko‘pgina tabiiy materiallarni yig‘adilar. Bolalar oldindan o ‘ylagan narsalari uchun materiallar yig‘adilar: yirik urug‘ — tanasi uchun, mayda urug‘ — boshi uchun, turli shoxlar —q o i, oyoq, panjalar uchun. Tarbiyachi bolalarga yig‘gan materialidan narsalar yasashni o‘rgatadi, ya’ni bolalar diqqatini shu materiallar hayvonlaming figuralariga o‘xshab ketishiga (yugura- yotgan kiyik, tuyaqush, odamlar va hokazo) qaratadi. Bu narsa- lami yasashda tarbiyachi ham ishtirok etishi mumkin. Bolalar tay yor figuralarni taglikka o‘rnatayotganlarida tarbiyachi taglikni mix bilan teshib beradi yoki kapalaklarning qanotlarini shishkaga joy- lashtirib beradi. Bu barcha yasalgan narsalardan ko‘rgazma uy ushtiriladi. 8-mart bayramiga, ota-onalar majlisiga bag‘ishlanadi. Bu ko‘rgazmalar bolalar ishining yanada yaxshi boTishiga yor-
166
dam beradi va bolalarda javobgarlik hissini, estetik didlarini yana- da o‘stiradi.
XII BOB.
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDA TASVIRIY FAOLIYAT MASHG‘ULOTLARINI REJALASHTIRISH YA HISOBGA OLISH
Maktabgacha ta’lim muassasasida tasviriy faoliyat bo‘yicha ish larni rejalashtirishda asosiy prinsip, bu tasviriy faoliyatni ta’lim- tarbiyaviy ishning eng muhim bo‘limlaridan biri sifatida qarash hisoblanadi. Tasviriy faoliyat bo‘yicha ishni ma’lum bir vaqtga rejalashtirishda, shu davrda faoliyatning boshqa turlari bo‘yicha amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishlarni ham nazarda tutmoq lozim. Tasviriy faoliyat bo ‘yicha mashg‘ulotlarni rejalashtirishda, albatta tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni ham hisobga olmoq zarurdir. Tasviriy faoliyatning har bir turi o ‘ziga xos vazifalarni hal etadi, ammo qanday bo‘lsa-da, ularni bir yo‘nalish, maqsad bo‘yicha (tevarak-atrof, hayotning xilma-xil, o'ziga xos ko‘rinishlardagi tasviri) birlashadilar. Tasviriy faoliyat tur lari —rasm chizish, loy bilan ishlash, applikatsiya o‘ziga xos tasvi riy texnikaga egadir. Tasviriy faoliyat bo‘yicha ishni rejalashtirishda tarbiyachi, albatta har bir turdagi mashg'ulotlar soniga qat’iy rioya qilishi lozim. Tasviriy faoliyat bo‘yicha mashg‘ulotlami rejalashti- rish, yuqoridagilardan tashqari, mashg‘ulot qanday materiallar bi lan o‘tkazilsa, maqsadga muvofiq bo‘lishini ham tarbiyachi naz arda tutmog‘i lozim. Masalan, loy bilan ishlashda —loy yoki plas- tilin, rasm chizishda — guash, rangli qalam, ko‘mir tayoqchasi va hokazo. Shuningdek, tarbiyachi mashg‘ulotning dastur mazmun- ini tanlashda, bolalarga qanday predmetlarni chizdirish haqida emas, balki shu predmetni chizdirish yoki loydan yasattirish orqa li qanday bilim va ko‘nikma berish yoki o‘rgatish haqida ko‘proq o‘ylashi lozim. Ixtiyoriy mashg‘ulotlarni rejalashtirishda esa tar biyachi bolalarning mustaqilligini, ijodiy qobiliyatlarini rivojlan- tirishga yordam berave hi o‘rgatish usullari to‘g‘risida o‘ylab oli- shi kerakdir. Tarbiyachi ishlarni rejalashtirishda u yoki bu gu ruh bo‘yicha dastur qo‘ygan vazifalarning barchasini e’tiborda
167
tutgan holda ish rejasini tuzadi. Shuningdek, tasviriy faoliyatlari bo ‘yicha bir oyga mo‘ljallangan istiqlol reja tuzish ham maqsad- ga muvofiqdir. Bunda tarbiyachi tasviriy faoliyat mashg'ulotlari o‘rtasidagi o‘zaro bogianishni ham nazarda tutadi. Shunday qil- gan taqdirdagina, bolalar ma’lum bilim, malaka va ko‘nikmaga ega bo‘lishlari mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, tasviriy faoliyat tur- lari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish natijasida tevarak-atrofni badiiy jihatdan o‘zlashtirishlarning yangi-yangi yo'Ilari vujudga keladi va bolalar tevarak-atrofni obrazli qilib tasvirlashning turli xil usullari bilan tanishadilar. Demak, tasviriy faoliyat turlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqa ishlarni rejalashtirishda katta ahamiyatga ega ekan. Bu o‘zaro bog‘lanish qaysilar ekan?
Tasviriy faoliyatga ta’lim-tarbiya ishining muhim bo‘lagi, deb qarash ham da rasm chizish, loy bilan ishlash, applikatsiya mashg‘ulotlarini rejalashtirishda dasturning barcha bo‘limlari o ‘rtasidagi o ‘zaro aloqa, bog‘lanishni doimo diqqat-e’tiborda tutish lozim. Ya’ni tevarak-atrof bilan tanishtirish, musiqa mashg‘ulotlari va hokazo. Bular tasviriy faoliyat uchun qiziqarli hodisalar va voqealami tanlashga yordam beradi.
Tasviriy faoliyatning barcha turlari tevarak-a'rof, hayotni obrazlarda tasvirlaydi, ammo har biri o‘ziga xos xususiyatga ega ekanligini hisobga olmoq zaair. Ya’ni rasm chizish — predmet va voqealarni rangda tekis yuzada tasvirlaydi, loy hajmlarda, appli katsiya — rangda, siluet ravishda. Shuningdek, har biri o‘ziga xos tasvir texnikasiga ega: rasm chizish chiziqli grafik ravishda, rang- tasvir usulida, loy plastik ravishda, applikatsiya — qog‘ozdan qir qish va alohida qismlardan tuzish.
Dasturda tasviriy faoliyat turlari oldiga qo‘yilgan vazifalardan
biri ularning o‘zaro aloqada ekanligidir. Masalan, bolalar rang bi lan rasm chizish bilan bir vaqtda, applikatsiya bilan ham tanishib boradilar.
Tasviriy faoliyati turlari o'rtasidagi bog‘lanish tarbiyachi - ga rasm chizish, loy, applikatsiya bo ‘yicha vazifalarni aniqlash- ga yordam beradi. Masalan, kichik guruhga doiraviy shakllami o‘rgatishda, oldin tayyor doira shakllarini applikatsiyada bergan ma’qul, so‘ng esa rasm chizish mashg‘ulotlarida bergan ma’qul.
Tasviriy faoliyat turlari o ‘rtasidagi bog‘lanish ma’lum bir mavzudagi mashg'ulotlar asosida ham bo‘lishi mumkin. Masalan,
168
rus xalq ertagi «Bo‘g‘irsoq»ni bolalar ham chizishi, ham applika tsiya, ham loydan yasashi mumkin. Bu turdagi takrorlanish bolalar ning mavzuga nisbatan qiziqishlarini pasaytirmaydi, chunki har bir faoliyat turi jarayonida bolalar ertak qahramonlarining xilma-xil tasvirining yangi usul va yo‘llari bilan tanishadilar.
Tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarini to ‘g‘ri rejalashtirishda, mashg'ulotlar o‘rtasida ularning dastur vazifalari, mavzular o‘r- tasida bog'Ianish vujudga keladiki, buning natijasida bolalarning yangi malaka va ko‘nikmalarini va bilimlami egallashlarida ma’lum ketma-ketlik va bogianish vujudga keladi. Masalan, «Qushlar» mavzusi asosida olib borilgan mashg‘ulotlar jarayonida bolalar don cho‘qiyotgan qushni loydan yasashni, shoxda o‘tirgan qushni rasmini chizishni, afsonaviy qushni qanday qilib qog‘ozdan qirqib olishni bilib oladilar.
Shuningdek, tasviriy faoliyati bo‘yicha ishni rejalashtirishda faqatgina ularning turlari o‘rtasidagi ketma-ketlikni nazarda tutmay, balki har bir turdagi mashg‘ulotlar o‘rtasida ham bog'Ianish o‘ma- tish va ularni diqqatda tutish lozim. Masalan, predmetli rasm chiz ish loy ishlaridan keyin mazmunli ishlarni rejalashtirish lozim.
Tasviriy faoliyat bo‘yicha ishni rejalashtirishda tarbiyachi bola lar bilan ishlashda foydalanadigan metod va usullariga ham aha- miyat bermog‘imiz lozim. Bular ko‘rsatmali va og‘zaki metod hi soblanadi. Ko‘rsatmali va og‘zaki metod o‘zaro birgalikda olib borilishi lozim. Demak, tarbiyachi tasviriy faoliyat bo‘yicha ishlar ni rejalashtirishga juda katta ahamiyat bermog‘i lozim ekan. Tar biyachi ishni rejalashtirishga qanday ahamiyat bergan bo‘lsa, ish ni hisobga olishga ham shunday e ’tibor bermog‘i lozim bo‘ladi. Chunki bu narsa — tarbiyachiga tasviriy faoliyatga o‘rgatish bo‘- yicha dastur vazifalari talablari qanday bajarilganligini aniqlash- ga va mashg‘ulotlarning sifatli chiqishi uchun qanday tayyorgar- lik ishlarini ko‘proq olib borish lozimligi hamda o‘rgatishlarning yangi xilma-xil metod va usullari ustida ko‘proq ishlash lozimli- gini aniqlab olishga va keyinchalik ulardan bolalar bilan ishlashda foydalanish uchun yangi-yangi imkoniyat yaratib beradi. Tasviriy faoliyat bo ‘yicha bolalar ishini tahlil qilish ikki shaklda olib borili shi mumkin.
1. M atn shaklida: har kungi hisobot va alohida bolalarni kuza tish bo‘yicha olib borilgan kuzatishlar matni.
169
2.Ko‘rgazmali: Bolalar ishlarini saqlash, tasviriy faoliyat bo‘yicha bolalar ishlarini saqlash tarbiyachiga guruhdagi u yoki
bu bolaga tasviriy malaka va ko‘nikmalarni egalladimi, yo‘qmi, tevarak-atrof go‘zalligini, rang va shaklni ko‘rishga o‘rgandimi, yo‘qmi? Shu masalalarni hal etishga yordam beradi. Har bir bo- laning ishi belgilangan bo‘lishi lozim. Bola chizgan yoki yopishtir- gan ishining orqa tomonida uning ismi-familiyasi, mashg‘ulot o‘tkazilgan sanani ham yozish kerak. Bolalarning chizgan ish larini alohida papkalarga solish yoki ularni albom holiga keltirib qo‘yish mumkin. Eng qulayi ishlarni tikib qo‘yish, ya’ni ham- ma mashg‘ulotlarni yig‘ib, o‘rtasidan uzun tasmasimon qog‘oz bilan bog‘lab qo‘yishdir. Bu tasmaning kengligiga, bolalarning yoshi, mashg‘ulot nomi, familiyasi, tarbiyachining o ‘tkazgan sa- nasi sig‘ishi lozim. Shunga qarab, bolalarning loy ishlarini (har bir bolaning 3 ta ishi 1 yil saqlanishi lozim) saqlashda ham o‘quv yilining boshi, o‘rtasi va oxiri bo'yicha ajratish maqsadga mu- vofiqdir. Bu esa bolalarning malaka va bilimini tahlil qilishga yor dam beradi.