Ibn Sino «Bilim kitobi»
Qayerda idrok bo‘lmasa, o ‘sha yerda rohat ham, azob ham bo‘lmaydi. Demak, birinchidan, bizda ikki ko‘rinishda boiadigan idrok boiish kerak: birinchisi, tashqarida (yuzaga keladi), his- tuyg‘udek, ikkinchisi esa, ichkarida, tasaw ur va ong shaklida. Bo lalar atrofdagi narsalarga juda ta ’sirchan boiadilar, shuning uchun maktabgacha ta’lim muassasasining joylashishi, jihozlanishi katta ahamiyatga ega.
«Har bir inson o‘zgarishlarga qodir, bolada esa bu juda kuch li. Bolalar hayotidan alohida lahzalarni eslatishning o‘zi kifoya: ularning muhiti o‘zgargan vaqtda, atrof-muhit ularda qanchalik katta iz qoldirishi ochiq ko‘rinadi». (Jaloliddin Devoniy, «Siyaniy rukovodstva»).
Tashqi passivlik natijasida tashqi olam bolaga faol ta ’sir qila di. U lar narsalarning ahamiyati bilan tanishadilar, o‘yinchoqlarni ularning shakli, rang, materialiga diqqatlarini qaratib, bir-biri- dan farqlaydilar. Yoshi ortgan sari ular qanday qilib jihozlarni har xil qo‘yish mumkinligi va o‘yinchoqlarni joylashtirishni, xona devorlari qanday bezatilganligini farqlay oladilar. Sekin-asta bola lar o ‘zlari mashg‘ulotga tayyorlanishda, ovqatlanish uchun stolni tayyorlash, bayramga guruh xonasini kuzatishda ishtirok eta bosh- laydilar. U lar endi faqatgina hamma narsadan foydalanmay, bal ki o‘zlari ham kerakli sharoitni yaratishga o ‘rganadilar. Bolalar ning bu faoliyati kattalarning doimiy yo‘naltirilgan yordami nati jasida ularda go‘zallik va foyda haqida tasawurlarning shakllani- shiga olib keladi, estetik his va ijodga ehtiyojni tarbiyalaydi. Lekin
75
bu jarayon muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun bolani o‘rab turgan butun muhit o‘ziga jalb qiladigan, chiroyli, yetarli boMishi kerak. Pedagog esa bolalarni badiiy va maishiy-estetik tarbiyalash masala- larini yaxshi bilish va farqlashi kerak. Maishiy estetikani muta- xassislar buni qanday tushunadilar — bu go‘zallik va foyda qonun- lari asosida tashkil etilgan, bizni o‘rab turgan butun sharoit, o‘zini tuta bilish, tashqi ko‘rinish, kiyimi, ya’ni bu bizga va atrofimizda- gi odamlarga yaxshi kayfiyat bag‘ishlaydigan, to‘laqonli ish va dam olishni ta ’minlaydigan hamma narsa.
Estetika demak, chiroyli, ongli va qulay. Maishiy estetika mak tabgacha ta’lim muassasasida bu binoning badiiy jihozlanishi (pedagogik ta’sir vositasi, estetik tarbiya vositasi) va kompleks arxitektorli badiiy masalalarning yechimi vositasi, maktabgacha ta’lim muassasasining har xil bolaning jamoada badiiy rivojlani shi uchun sharoit yaratilishi kerak. Jihozlar (interyer) maktabgacha yoshdagi bolalar badiiy tarbiyasi masalalari bilan kelishilgan holda o‘rnatiladi, shuningdek, zamonaviy dizayn talablariga ham rioya qilinadi (texnik estetika).
Maydonda bo‘lish bolani doimo xursand qilishi uchun, o‘yinga qiziqtirishi turli xil faoliyatga tortishi, jismonan sog‘lomlashtirishi uchun maydonning jihozlanishi bir qator talablarga javob berishi kerak:
— arxitektorli badiiy va pedagogik;
— barcha turdagi jihozlarning miqdori;
— maydonning ko‘kalamzorlashtirilishi;
— maydonning, ayvonning, besetkaning badiiy bezatilishi.
Maktabgacha ta’lim muassasasining badiiy bezatilishi o‘z-o‘zi- cha muhim, lekin zamonaviy pedagogik masalalarning yechilishi aloqasi bilan bu mavzu yanada oydinlashadi, tarbiyaga kompleks yondashuv «funksional yondashuvga qaraganda katta tarbiyaviy effekt bilan ta’minlaydi» (Babanskiy Yu.K.).
Bolalar ijodi uchun idrokning bilish tomoni katta ahamiyat- ga ega. Bola buyum yoki hodisaning nomini, tashqi ko‘rinishini (shakli, rangi kattaligi va b.) bilishi kerak, uning qaysi xususiyat- lari 1-darajali, qaysilari 2-darajali ekanligini aniqlay olishlari kerak. Bu xususiyatlarni bolalar har doim ham mustaqil ajrata olmaydi- lar. Ko‘pincha u diqqatini yorqin ahamiyatli bo‘lmagan detallarga qaratadi, natijada esa obyektning realligi buziladi.
76
Dostları ilə paylaş: |