Amaliy metodlar. Tasviriy san’atga o‘rgatish mobaynida bolalar turli materiallardan foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘ladilar. Rasm chizish, loydan buyum yasash, applikatsiya turli metodlardan hamda o'rgatish usullaridan foydalanishni talab qiladi, shu jum - ladan, bolalarda ko‘nikma, malakalarni hosil qiladigan amaliy metodlardan ham foydalanish talab qilinadi. Amaliy metodlardan asosiysi boim ish, texnik va ba’zan tasviriy malakalarni o‘rgatadigan mashqlardir.
Kichik guruhda bu mashqlar bolalar uchun zerikarli emas, chunki yumaloq shaklli predmetlami yasashni o‘rganib, bolalar koptokni, olmani, apelsinni va shu kabi predmetlami yasaydilar. Y oilarni, yomg‘irlarni chizib, ular gorizontal va vertikal chiziqlar- ni chizishni mashq qiladilar.
Katta guruhdagi bolalar oldiga esa, to‘g‘ridan to ‘g‘ri m a’lum bir topshiriq qo‘yiladi, ya’ni chiroyli va to ‘g‘ri shtrix bilan chizishga o‘rganish. Shtrixlab chizishni ko‘rsatib bergandan so‘ng, bolalarga murakkab boim agan predmet konturini (Masalan, uy, qo‘ziqorin, olma) chizib olib, uni ozoda qilib bo‘yamaslik rasmni xunuk qi lib qo‘yishini biladilar va sidqidildan mashq qiladilar. Mashqlar- dan tasviriy xarakterga ega boigan topshiriqlarni tushunish uchun foydalaniladi. Masalan, tarbiyachi bir chiziq bilan inson boshining yonlamasiga qiyofasini chizishni ko‘rsatib berganidan so‘ng, bo lalar odam boshining rasmini bir necha marta qayta-qayta chiza dilar.
Evristikmetod. Evristik metod grek so‘zidan kelib chiqqan boiib, «Evristika» — haqiqatni topish san’atidir. Bu metod topqir-
94
likni, faollikni rivojlantirishga yordam beradi. Tarbiyachining vazi- fasi bolalarning tasviriy faoliyatini shunday tashkil qilish kerakki, u faol va ijodiy bo‘lsin. Har bir mashg‘ulot faqatgina didaktik vazifani emas, ya’ni m a’lum bir predmetning tasvirini o‘rgatish emas, balki boladan ishni mustaqil bajarishni ham talab qiladi. Shu maqsad bilan tarbiyachi turli xil usullardan foydalanishi mumkin: maslahat, maqtov, topshiriqni bajarish usulining ko'rsatmasi (toiiq boim agan), o‘yinchoq koisatm asi, eslatma va shu kabilar. Bolani shunday holatga qo‘yish kerakki, u o‘ylagan o £yini bajarishi uchun o‘zi yo‘1 topsin. Shunday qilib, u yoki bu metod va usullarni tan- lash quyidagilarga bogiiqdir:
mashg‘u lot mazmuniga va mashg‘ulot oldida turgan maqsad ga, shu bilan birga, tasviriy faoliyatning vazifalariga;
bolalarning yoshi va rivojlanish darajasiga;
bolalar foydalanadigan tasviriy materiallariga bogiiqdir.
Atrof olam haqidagi tasawurlarni mustahkamlash maqsad- li mashg‘ulotlarda, asosan og‘zaki metodlar qoilaniladi: suhbat lar, bolalarning ko‘rganlarini xotiradan qayta eslash uchun yordam beradigan savollar.
Tasviriy faoliyatning turli ko‘rinishlarida o‘rgatish usullari tur- lichadir, chunki bir obraz turli vositalar yordamida vujudga kel- tiriladi. Masalan, mazmunli mavzularda kompozitsiyaga o‘rgatish vazifasini rasmga, kartinalarga qarab tushuntiriladi, uzoqlashayot- gan predmetlar yuqoriroqda, yaqindagilari esa pastroqda chizila- di. Bu masala loydan buyum yasaganda, shakllar ularning holati ga qarab joylashtiriladi; yonma-yon yoki ketma-ket va hokazo. Bu yerda alohida tushuncha yoki ko‘rsatma berish shart emas. H ar bir usuldan o‘ylab, mashg‘ulot oldida turgan vazifalarga nisbatan, das- turda berilgan mashg‘ulotning mazmuniga nisbatan va asosan ush- bu guruh bolalarining qay darajada rivojlanganligini hisobga olgan holda foydalanish kerak.
Mashg‘ulotda alohida metod va usullar —ko‘rgazmali va og‘za- kilari o‘zaro qo‘shiladi, mujassamlashtiriladi va bir-biriga umumiy ta iim jarayonida bogianadi. Ko‘rgazmalilik bolalar tasviriy fao- liyatining moddiy, hissiy asosini yangilaydi, so‘z esa to ‘g‘ri tasav- vurni, tahlilni, idrok qilinganlarini va tasvirlayotganlarini umiiin- lashtirishning shakllanishiga yordam beradi.