BOB. MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDA RASM CHIZISHGA 0 ‘RGATISH
Rasm chizish bolalarni tasviriy faoliyatga o‘rgatishda asosiy o‘rin egallaydi va uchta tum i o‘z ichiga oladi:
Alohida predmetlarni chizish. Mazmunli rasm chizish.
Dekorativ rasm chizish.
Tasviriy faoliyatga o‘rgatishning asosiy vazifasi — tevarak-at- rofdagi borliqni tasaw ur qilishda bolalarga yordam berish. Ular- da kuzatuv-chanlikni rivojlantirmoq, estetik go‘zallik hissini tar- biyalamoq ham da tasvirlab berish usullarini o‘rgatmoqdir. Shu bi lan birga, tasviriy faoliyatning eng asosiy vazifasi — m a’lum bir yosh uchun mos tasviriy materiallar bilan bolalarda turli xil pred metlarning turli timsollarini yaratish kabi ijodiy faoliyatini shakl- lantirish amalga oshiriladi.
Alohida predmetlarning rasmini chizish
Psixologlarning qilgan tadqiqotlariga ko‘ra, bitta predmetni boshqa predmetlar orasidan ajratib olish uchun bolaga shu pred metni idrok qilishga, predmetning shaklini bilishga yordam berar ekan. Shakllarning tasviriy jarayonidagi xatoliklar faqatgina bo laning noto‘g‘ri tushunchalari va ko'nikmalarning yetarli emasli- gi emas, balki predmetni to ‘g‘ri idrok etishni bilmasligi bilan tu shuntiriladi. Bolaning tasvirlay olish qobiliyati hali yaxshi rivojlan- magani uchun uning oldida fikr yuritib, tasvirlash kabi qiyinchi- liklar ham turadi. Rasmda shakl to ‘g‘ri kontur bilan chegaralab chiqilgan, lekin shu bilan birga, ishning 1-bosqichlari* chiziqlar ni to ‘g ‘ri, aniq chizish va konturlarning (aniqlash) tasviri, rasm da ishlash jarayonining vazifasi bo‘lib hisoblanmaydi. Agar um u miy shakl topilmagan bo‘lsa, konturni to ‘g‘ri chiziq bilan chizib bo‘lmaydi, chunki u har doim o ‘zgaruvchan, shunga qarab uni chi zish ham o ‘zgaradi, ya’ni natijasi, rasmning oxiri, yo‘nalishi ham o ‘zgaruvchandir.
Rassom predm etni tasvirlayotganda aw al asosiy shaklning belgilarini qog‘ozda belgilab oladi. Maktabgacha tarbiya yosh dagi bolaga, ayniqsa, 3—4 yoshli bolaga tasvirlashning bunday
96
usuli juda qiyin, chunki u predmetni butunligicha tasaw ur qila olmaydi. U nga predm etni asta-sekinlik bilan bir tomonga chi zish osonroq. Tasvirlashning bu usuli bolaning ishini osonlashti- radi. Oldin bitta bo‘lagini tanlab, naturadagi keyingi bo‘lagini es- lab yoki ko‘rib, shu b o ‘lagini boiaklarga b o iib , rasm chizish ni davom ettiradi. Asta-sekinlik bilan bolalarga rasmning um u miy belgilarini qog‘ozga tvishirib chizishni o‘rgatish zarur, chun ki rasmni boiaklarga ajratib chizishning o ‘ziga xos qiyinchiligi bor. Bunda kerakli shaklning asosiy boiaklari va ikkinchi dara- jali boiaklarning o'zaro joylashishlari va fazodagi o‘rinlarini aniq proporsional holatda chizish, aniqlash qiyin bo iad i. Ham m a yosh guruhlar uchun rasm chizish faoliyatiga o‘rgatishning asosiy umum iy vazifalari quyidagilar:
Predmetning shakli va tuzilishini tasvirlashga, ularning qism- larini o ‘zaro proporsiyalashni ko‘rsatib berishga, harakat natijasida ulardagi o'zgartishlarga oigatish.
Tasvirini obrazli, yorqin qiladigan ba’zi bir xarakterli de- tallarni tasvirlashga o‘rgatish.
Predmetning rangini, uning mazmuni va obraz xarakterini o ‘zaro birlashtirib berishga o‘rgatish.
Bo‘yoq, rangli qalam va boshqa materiallar bilan chizishda texnik ko‘nikmalarni rivojlantirish.
Mazmunli rasm chizish. Mazmunli rasm chizishning asosiy maqsadi bolaning atrof-m uhitdan olgan taassurotlarini ifodalashga o ‘rgatishdir. Mazmunli rasm —bu bir necha mazmunning m aium rangda tasvirlanishi. Bolalar qaysi mazmun bo‘yicha rasm chizadi lar? Bolalar kichik hikoya, ertak asosida va bolalarni o‘rab turgan tevarak-atrofni, tabiatni chizishga harakat qiladilar. Masalan, «Biz shanbalikda» va «Kech kuz» rasmlari bunga misol b o ia oladi. Bo lalar bilan olib boriladigan bunday mashg'ulotlar ularning har to- monlama kamol topishiga yordam beradi. Bunda bolalarning aqliy qobiliyati rivojlanadi. Bu jarayon asta-sekinlik bilan ro‘y beradi, shuning uchun mazmunli rasm chizish o‘rta guruhdan boshlab ki- ritilgan. Bunda ham yonma-yon turgan 2—3 ta predmetning tasviri o‘rgatiladi. Mazmunli tasvirda predmetlarning bir-biridan ajratish uchun uning oicham ini, fazodagi o‘rinlariga qarab, predmetlarning katta yoki kichikligini o ‘rgatish kerak. M aktabgacha yoshdagi bola uchun predmetlar orasidagi fazoviy munosabatlami farqlay olish
97
juda qiyin. Mazmunli rasm chizishni, bog‘chada o‘rgatishning um umiy vazifalari quyidagilar:
Mavzuning mazmunini ifodalashga uning asosini ajratishga o ‘rgatish.
Obyektlar orasidagi o‘zaro aloqani tasvirlashga o‘rgatish.
Obyektlar orasidagi proporsional joylashuvni tasvirlashga va ularning fazodagi o‘rinlarini ko‘rsatisliga o‘rgatish.
Dostları ilə paylaş: |