VII BOB. TASVIRIY FAOLIYATGA 0 ‘RGATISHNING METOD YA USULLARI
0 ‘rgatish metodlari —pedagogikada qabul qilingan ta’rifga ko‘- ra, qo‘yilgan masalani yechish uchun tanlangan yagona yo‘l sifa tida ta ’riflanadi. U mashg‘ulotdagi bolaning va tarbiyachining bu tun faoliyatini o ‘rgatish usullari ayrim yordamchi vosita bo‘lib, mashg‘ulotdagi faoliyatning xususiyatini aniqlamaydi, u ta ’limda tor m a’nodagi ahamiyatga ega.
Ayrim metodlar mashg‘ulot ishining umumiy yo‘nalishini aniq- lamay, balki usul sifatida namoyon bo‘ladi. Masalan, mashg‘ulot boshida she’r (hikoya) o‘qish beriladigan vazifaga bolalarning qiziq- ishini uyg‘otish uchun o‘qilsa, boshqa mashg.‘ulotlarda esa she’r
82
o'qish tarbiyachi uchun xizmat qiladi, ya’ni mashg‘ulot boshla- nishini tashkil qilish uchun qo‘llaniladi.
Y.B.Babanskiy tasviriy san’at metodlarini faoliyatning umumiy xarakteriga qarab, 3 guruhga klassifikatsiyalagan:
guruh: o‘quv-bilish faoliyatini tashkil qilish va amalga oshi rish. Bunga o‘quvchilaming ko‘rgazmali, og‘zaki, amaliy, induktiv va deduktiv, reproduktiv va muammoli-izlanuvchan hamda mus taqil ishlari kiradi.
guruh: ta ’lim berishning o‘quv faoliyatini stimullashtirish (qi- ziqtirish va rag‘batlantirish) va motivatsiyalash (maqsadga yo‘nal- tirish) metodlari. 0 ‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish va motiv- lashtirish; burch va javobgarlikni stimullashtirish motivlashtirish.
guruh: o‘quv faoliyatida nazorat va o ‘z-o‘zini nazorat qilish metodlari:
— og‘zaki nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish;
— yozma nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish;
— laboratoriya amaliy nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish;
Y.B. Babanskiyning taklif qilgan bu metodlari asosan maktab ta’limiga mos bo‘lib, ularning 1-guruhidangina maktabgacha yosh dagi bolalarga ta ’lim berishda foydalaniladi, ya’ni bu: ko‘rgazmali, og‘zaki, amaliy metodlar hamda ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish uchun qaratilgan qisman reproduktiv mashqlardir.
Maktabgacha ta ’lim muassasasida bolalarning mustaqil ishlari katta o‘rin egallaydi, faqat bu mustaqil ishlarga bolalarning murak- kab muammoli masalalarni yechish kirmaydi, chunki bunday mu- rakkab masalalar uzoq vaqtni talab qiladi. Qolgan metodlar maktab gacha yoshdagi bolalar uchun murakkablik qiladi, chunki ularning deyarli barchasi muammoli masalalarni yechish bilan bog'liqdir. Maktabgacha ta ’lim muassasasi uchun o‘ziga xos bo‘lgan asosiy guruhni o‘yin usullari tashkil etadi va bu o^yinlardan turli metodlar ichida foydalanish mumkin.
Ko‘rgazmali metod va o‘rgatish usullari. Kuzatish metodi tas viriy faoliyatga o‘rgatish tizimining umumiy asosini tashkil qila di. Chunki u atrof-muhitni o‘rganishda, bilish hamda uni aks etti- rishda muhim omil sifatida xizmat qiladi. Bolalarda qanchalik ku zatish, atrof-olam ko‘rinishi bilan aloqa o ‘rnatish, umumiylik va yakkalikni ajratish malakasi rivojlangan bo‘lsa, shunchalik bolalar ijodiy qobiliyatininng rivojlanishi bog‘liq bo‘ladi. Lekin kuzatish-
83
ning o‘zi ko‘rganni tasvirlab berishga to ia imkon bermaydi. Bola- larni tasviriylikning muhim usullariga, turli tasviriy materiallardan foydalanish yoilariga o‘rgatish zarur.
Ko‘rgazmali metod va o‘rgatish usullariga naturadan, rasm re- produksiyalaridan, namunadan, boshqa ko‘rgazmali qoilanm a- lardan foydalanish, alohida predmetlami ko‘rib chiqish, tarbiyachi tomonidan tasviriy usullarini ko‘rsatib berish, bolalarning bajargan ishlarini mashg‘ulot yakunida ko‘rsatish, ularni baholash kiradi.
Dostları ilə paylaş: |