Metodikasining



Yüklə 15,72 Mb.
səhifə24/42
tarix28.11.2023
ölçüsü15,72 Mb.
#169365
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   42
Rasm buyumlar yasash va tasviriy faoliyat metodikasi. Nurmatova M.SH

Tayyorlov guruhida mazmunli rasm chizishga o‘rgatishning mazmuni va vazifalari. Katta guruhda bolalar orqali egallangan ko'nikm a va malakalar tarbiyachiga 6—7 yoshli bolaga o‘rgatish vazifalarini murakkablashtirish imkoniyatini beradi. Buning uchun quyidagilar kerak.
Bolalar rasmlarining mazmunini boyitish uchun berilgan ma- vzii bo‘yicha rasm sujetini bolalarni mustaqil holda aniqlashga o‘rgatish.
Sujetda harakat natijasida predmetning shaklini o‘zgartirishga o‘rgatish (masalan, engashishni, yugurishni).
Kompozitsion qobiliyatlarni rivojlantirish; predmetlarning joy- lashishi, yaqindagilarni qog'ozning pastiga, uzoqdagilarni qog‘oz- ning tepasiga (o‘lchamlarini o‘zgartirmasdan) joylashtirish.
108
Ranglami farqlash qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqil holda sujetga mos rangni berishga o ‘rgatish.
Bu yoshda bolalarning analitik fikrlashi yaxshi rivojlangani uchun tarbiyachi berilgan mavzuga mos mazmunni mustaqil hol­ da tanlashga bolalarga imkoniyat yaratib beradi. Masalan, «Uy qurish» mavzusi b o isa, bolalarning o‘zlari qanaqa uy, kim qur- yapti, qayerda kabi savollarga javob beradilar. Bolalar harakatdagi predmetning shakli o‘zgarishini bilishadi, shu o ‘zgartirishlarni tas- virlay oladilar.
M aktabgacha ta ’lim muassasasida dekorativ rasm solishga o‘r- gatishning vazifalari. Dekorativ rasm solish, tasviriy san’atning boshqa barcha turlari kabi, bolada go‘zallik hissini rivojlantiradi. Xalq dekorativ san’ati asarlari bolalarga yorqinligi ham da kom- pozitsiyalarining soddaligi bilan yaqindir. Bolalarni tarbiyachi respublikamizning turli viloyat dekorativ san’at asarlari bilan ta ­ nishtirish bilan birga, vatanga bo'lgan muhabbatni, ana shu san’at asarlarini yaratayotgan insonlar mehnatiga bo‘lgan hurmatni ham tarbiyalashi zarur. Dekorativ rasm solish quyidagi vazifalami o‘z ichiga oladi:

  • bolalarda turli shakllardagi naqshning tuzilishini, kompozi- tsiya bilan bog‘lash hissini rivojlantirish;

  • ranglar hissini rivojlantirish;

  • dekorativ san’atdagi usullami farqlay olishni va alohida ele- mentlam i o‘z ijodida qoilay olish malakasini rivojlantirish;

  • m o‘yqalam va qalam bilan rasm chizishning texnik ko‘nik- malarini hosil qilish.

Bolalarni dekorativ rasm solishga o‘rgata turib, pedagog bola­ larda butun naqsh komponentlari, ranglari, kompozitsiyalari, shakl elementlari o ‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘ra olish malakasini rivojlan- tirishi zarur. Bola predmetning shakliga va nima maqsadda ishla- tilishiga qarab, uni bezaydigan omamenti, naqshi o‘zgarishini his qilishi va albatta, tushunishi zarur. Shundan kelib chiqqan holda, u naqsh bilan bezashning ahamiyatini, maqsadga muvofiqligini, shakl bilan mazmun o‘rtasidagi bog‘liqlikni bilib, tushunib boradi. Bolalami dekorativ rasm solish bilan tanishtira turib, ritm nima va simmetriya nimaligi haqida tasaw ur hosil qilishga o‘rgatish zarur. Chunki dekorativ san’at olami ritm va simmetriyasiz mavjud bo‘la olmaydi. Dekorativ rasm solishda asosiy vazifalardan biri — rangni
109
his qilishni rivojlantirishdir. Rang — naqsh omamentida kompozi- tsiya bilan chambarchas bog'Iangan, naqsh bezagida ularni bir-biri- dan ajratib bo'lmaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalar ranglarning bir-biriga mos kelib, uyg‘unlashishini albatta, barchasini o‘zlashtira olmaydilar. Lekin rang hissi ularda bog‘chagacha bo‘lgan yoshdan boshlab rivojlana boshlaydi. Dekorativ rasmda ranglardan foydala­ nish vazifasi har bir guruhda murakkablashib boradi (yorqin, kon- trast ranglarning moslashuvidan boshlab, iliq va sovuq ranglar jilo- si (ottenok)ning turli uyg‘unlashuviga qadar). Bu vazifani amalga oshirishni bolalar eng sodda tasviriy shakllami chizishni o‘rganib bo‘lganlaridan keyingina amalga oshirish va bolalar diqqatini yan­ gi vazifaga konsentratsiyalash, ya’ni qaratish lozimdir. Masalan, shu oddiy, sodda shakllami naqsh hosil qilish uchun m a’lum bir ketma-ketlikda joylashtirish.
Boshlang'ich tasviriy ko‘nikmalarga bolalar birinchi va ikkinchi kichik guruhda ega bo'ladilar. Ikkinchi kichik guruhda ayrim vazi- falar dekorativ xarakterga ega. Masalan, «Ro‘molchaning chetini chiziqlar bilan beza». Lekin bunday mashg‘ulotning asosiy maq- sadi — naqsh hosil qilish emas, to ‘g‘ri chiziqlarni turli yo‘nalishda o‘tkazish malakasini mustahkamlashdir.

Yüklə 15,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin