Metodikasining


BOLALARNING TASVIRIY FAOLIYATLARINI RIVOJLANTIRISH VAZIFALARI



Yüklə 15,72 Mb.
səhifə3/42
tarix28.11.2023
ölçüsü15,72 Mb.
#169365
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Rasm buyumlar yasash va tasviriy faoliyat metodikasi. Nurmatova M.SH

2. BOLALARNING TASVIRIY FAOLIYATLARINI RIVOJLANTIRISH VAZIFALARI


Tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari boshqa ta ’lim-tarbiyaviy ish bo‘limlarining vazifalari bilan chambarchas bog‘liq. Mashg‘ulot o‘tishda tarbiyachi bolalarning boshqa faoliyatlarida olgan bilim- lariga ham tayanadi. Bolalar tasvirlamoqchi bo‘lgan predmet haqi­ da tasawurga ega bo‘lsalar, rasm, loy, applikatsiya ishlarida sama- rali natijalarga erishish mumkin.


Tasviriy faoliyat turlari bolalar o‘yini bilan ham bog‘liq bo‘ladi. 0 ‘yin bola hayotida katta o‘rin egallaydi. Maktabgacha ta ’lim muassasasidagi turli xil — mazmunli-rolli, dramalashtirish, didak- tik va harakatli o‘yinlar o‘tkaziladi.
Har qanday o‘yin bolaga zavq bag'ishlaydi. Shunday ekan, tas­ viriy faoliyat ham o ‘yin bilan bog‘lab borilsa, u bolalarga qiziqarli va yoqimli bo‘ladi va emotsional holatni uyg‘otadi, bu esa bolalar ishlarining sifatiga yaxshi ta ’sir etadi. Mashg‘ulotlarda o‘yinli ho- latlarni tashkil etish yaxshi natijalar beradi. Bolalar bunday mash- g‘ulotlarda erkin harakat qiladilar. 0 ‘yin usuli barcha guruhlar­ da qo‘llaniladi. Bu usul yordamida yengil, quvnoq muhit yarata- di. Bolalarning mashg‘ulotga qiziqishi ortadi, tasviriy faoliyati- da ko‘nikma va malakalarga ega boMadi. 0 ‘yin shaklida o‘tadigan mashg‘ulot bolalar e’tiborini qamrab oladi, ularning estetik, axlo­ qiy jihatdan tarbiyalanishlariga yaxshi ta ’sir ko‘rsatadi.
Rasm, loy, qirqib yopishtirish o‘yinchoq orqali o ‘yin bilan bog‘- langan boMadi. 0 ‘yinchoqni chizish, yasash, qirqib-yopishtirish barcha yosh guaih bolalarida zavq uyg‘otadi, o‘yinchoqlarni tasvir- lash bo‘yicha mashg‘ulotlar yil davomida bir necha bor o‘tkazilishi mumkin. Lekin ularning shakli turlicha bo‘lishi zarur. Bolaning hayotida mazmunli-rolli o ‘yinlar muhim o‘rin egallaydi. Shuning uchun tasviriy faoliyatning o‘yin bilan bogManishi bolalar tarbiya- sida katta ahamiyatga ega. M azmunli-rolli o ‘yinlarni mashg‘ulot mazmuniga kiritish bolaning tasvirlash faoliyatga qiziqishini, baja- rayotgan ishining sifatini yaxshilaydi.
48

Yüklə 15,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin