Metodikasining



Yüklə 15,72 Mb.
səhifə4/42
tarix28.11.2023
ölçüsü15,72 Mb.
#169365
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Rasm buyumlar yasash va tasviriy faoliyat metodikasi. Nurmatova M.SH

0 ‘yinning borishi: o‘yin obrazlarning tasviri, quruq rasm chi­ zish, loydan yasash, qirqib yopishtirish ishlaridan ko‘ra, bola­ lar uchun qiziqarlidir. Bolaning kechinmalariga o ‘yin bo‘yoq beradi. Bola o ‘z o ‘yinli rasmlarining to i a va yorqin ifodala- nishiga intiladi. Tarbiyachi esa bolaga bunda yordam berishi kerak. Rasm, loy, qirqib yopishtirish bilan dramalashtirib, o ‘yin- larini uyg‘unlashtirib olib borish, bolalarni har tom onlam a ri- vojlantirishdek vazifani amalga oshirishga katta imkoniyat yarat­ adi. Dram alashtirish o'yinlari uchun ko‘pgina narsalarni bola­ larning o ‘zlari yasashlari mumkin: dekoratsiya yoki uning qism ­ lari, kostum detallari, maskalar. Tarbiyachining rasm, qirqib- yopishtirish mashg‘ulotida bolalarga o'ynagan o ‘yinlarining tas­ viriy topshirigini berish, ularda tasviriy faoliyatga jonli qizi- qishini uyg‘otadi. Tasviriy faoliyatning dramalashtirish o‘yini bilan birlashtirib olib borish o‘rta guruhdan boshlanadi. Rasm, loy, qirqib yopishtirish mashg‘ulotlarida bolalarga qahram on- lar obrazlarini ifodalab berish vazifasi topshiriladi. 0 ‘ynagan harakatli o'yinlarining tasviriy taklifi bolalarda zavq uyg‘otadi. Bu o'yinlarning mazmunini faqatgina rasmda emas, balki qirqib yopishtirish bilan ham oson tasvirlash mumkin. D idaktik o‘yinlar jarayonida bolalar predm etning belgilari, rangi, shakli, tuzilishi- ni, kattaligini va boshqalar haqidagi bilimlarini mustahkamlab boradilar, xilma-xil sensor tajribaga ega boiad ila r, tevarak-atrof haqidagi tasaw urlari boyiydi. Didaktik o ‘yinlarning o ‘zi ham tasviriy nutqning m azmuni bo‘la oladi. Bolalar qiziqish bilan didaktik materialni tayyorlaydilar. Tasviriy faoliyat bolalarning tabiat bilan tanishtirish, nutq o‘stirish, musiqa mashg‘ulotIari bilan bog‘liq bo‘ladi. Tabiat ham m a vaqt tasviriy ijodiyotning m azm uni bo‘lib xizmat qiladi. Bolalarning rasmlari tabiat haqi­ dagi bilimlarini aniqlashtirish, m ustahkamlash uchun yordam beradi, bundan tashqari, bolalarda o ‘sha kasbga nisbatan estetik his-tuyg‘ularni uyg‘otadi, bu esa hayotlarini yanada mazmunli va qiziqarli qilishga yordam beradi.
Rasm, loy, qirqib yopishtirish mashg‘ulotlarining nutq o‘stirish
bo‘yicha olib boriladigan ish bilan o‘zaro bogiiqligi juda muhim- dir. N utq o ‘stirish mashg‘ulotlarida bolalarga ertak, hikoya o‘qib berishadi, she’rlar yod oldiradilar. Bolalarda bu ishlar davomida obrazli tasaw ur shakllanadi va ular ertak va she’rdagi obrazlar-
49
ni o'zlaricha tasvirlab, unga nisbatan munosabatlarini bildirishga intiladilar. Bunda tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari qo‘l keladi, bu mashg‘ulotlar davomida bundan tashqari nutq boyligini o‘stiriladi, u obrazli ifodalar boyitib boriladi.
Tasviriy faoliyat va musiqaning uzviy bogiiqligini ham bola­ larning estetik, ijodiy taraqqiyotiga ijobiy ta ’sir ko‘rsatadi. Bog‘cha yoshdagi bolalarga musiqali asarni tasvirlab berish taklif etilsa, bu taklif ularda jonli qiziqishni uyg‘otadi. Bu bolalarda ijodiy izla- nish, mustaqillik kompozitsiyasini tuzish qobiliyatlarini o‘stiradi. Bolalarning tasviriy faoliyatlarini tasviriy san’at asarlari bilan uyg‘unlashtirib olib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalar tasviriy san’at namunalarini kuzatib borar ekanlar, ular rassomlar- ning ijodi bilan kengroq tanishib qolmay, surat chizishda mazmun, rang, shakl tanlashda muhim ko‘nikmalarni egallab oladilar, san’at go‘zalligini, boyligini ko‘ra bilishga o‘rganadilar. Shunday qilib, maktabgacha ta ’lim muassasasida tasviriy faoliyatni boshqa faoli­ yat turlari bilan qo‘shib olib borish bolalar hayotini boyitadi va tar- biyaviy ish samaradorligini yanada oshiradi. Yana bir muhim to- moni shundaki, o ‘yinlarda, zal va guruh xonalarini bezashda bo­ lalarning ishlari kerak, ya’ni bolalarning ishlari ularning hayotida kattagina o ‘rin egallashi kerak.
IV BOB.
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDA TASVIRIY FAOLIYAT M ASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISH

Tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari bu rasm chizish, loy, applika- tsiya, qurish-yasash mashg‘ulotlaridir. Bu mashg'ulotlar maktab­ gacha ta ’lim muassasasining barcha guruhlarida aniq bir vaqtda, rejim asosida uyushtiriladi.


I kichik guruhda yilning boshida uncha katta bo‘lmagan gu- ruhlar bilan, yilning ikkinchi yarmidan boshlab butun bir guruh bi­ lan uyushtiriladi.
I kichik guruhda mashg‘ulotlar yilning birinchi yarmida 5—7 daqiqadan asta-sekin 10—15 daqiqagacha cho‘zib boriladi.
II kichik guruhda 15—20 daqiqagacha, o‘rta guruhda 20—25 daqiqagacha, katta tayyorlov guruhda 30—35 daqiqagacha bo‘ladi.
50
Tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarining muvaffaqiyatli uyushtirish, unga zarur boigan materiallarni o‘z vaqtida tayyorlashga ham bogiiqdir. Bu tayyorgarlik ishlari quyidagilardan iboratdir:

  1. tarbiyachi rasm va applikatsiya mashg'uloti uchun kerakli kattalikdagi va rangdagi qog‘oz varaqlarini tayyorlaydi (tasvirla- nadigan predmetning tuzilishiga ko‘ra). Qog‘oz varag‘iga oldin- dan orqa tomoniga bolalarning ismi, familiyasi, mashg‘ulot o‘tka- ziladigan sana yozib qo‘yiladi.

Tarbiyachi oldindan qalam uchlarini ochib qo ‘yadi (albatta, 4 —5 qalam ortiqcha qilib tayyorlab qo‘yiladi);

  1. katta tayyorlov guruhlarida bolalar qo‘proq akvarel bo ‘yog‘ini ishlatadilar. Oldindan bo‘yoqlar hoilangan boiishi lozim. M o‘yqa- lamlar yaxshilab yuviladi;

  1. mashg‘ulot uchun lattalar, bankachalarni tayyorlash zarur. Suv bankalarga mashg‘ulot boshlanish arafasida quyiladi;

  2. applikatsiya uchun rangli qog‘oz yig'masi tayyorlanadi (or­ tiqcha miqdorda).

  3. kleyster (undan tayyorlanadi);

  4. loy haftada bir marotaba tayyorlanadi, polietilen plenkalarda saqlanadi. Tarbiyachi har bir bolaga loy parchasini qo‘yish uchun taxtachalar, katta tayyorlov guruhlari uchun ko‘rgazmalar, harakat- lanuvchi taxtachalar tayyorlaydi, h o i yoki nam lattalar berilishi kerak;

  5. plastilin ham rangi bo‘yicha tayyorlanib, rangdor mayda detallarni yasash jarayonida beriladi. Ko‘proq katta guruhlarda be­ riladi, oldindan issiqda yumshatib qo‘yitadi;

  6. maktabgacha ta iim muassasasida ko‘rgazmali materiallar ham boiishi lozim. Masalan, predmetlar, o‘yinchoqlar, illustra­ tsiyalar, xalq amaliy dekorativ san’at namunalari;

  7. har bir guruhda bolalar ishining tahlili uchun ko‘rgazmalar boiishi kerak. Mashg‘ulot uchun zarur boigan materiallarning har biri aniq, bir joyda, faoliyat turlariga qarab saqlanishi kerak, navbatchilar bunda ularni mashg‘ulot uchun tayyorlay olishlari lozim;

  8. o‘rta guruhdan boshlab bolalar ham tarbiyachi bilan birga­ likda mashg‘ulotga tayyorlanib, jarayonga, ya’ni navbatchilikka jalb qilinadi. H ar bir guruhda, har bir bola yoki navbatchilar vazifalari tarbiyachi tom onidan rejalashtiriladi.




    • 51

I kichik guruhda: tarbiyachi guruhda bolalarni mashg‘ulotdan keyin o‘z joyini tartibga solishga, ya’ni qolgan loyni, m o ‘yqalamni, salfetkani, qalamni tarbiyachiga berishga o ‘rganadilar.
II kichik guruhda: yilning boshida tarbiyachining o‘zi m ate­ riallarni tayyorlaydi, so‘ng alohida bolalarni materiallar tayyor- lashga jalb etadi. Bu navbatchilik emas, balki ba’zi bolalar uchun topshiriqlar berish hisoblanadi (yil davomida tarbiyachi ham ­ ma bolalarni mehnat topshiriqlarini bajarishga jalb etishi lozim). Mashg‘ulotdan so‘ng bolalar, har biri o‘z stollaridagi narsalarni oldin umumiy stolga olib kelishga o‘rganadilar, so‘ng tarbiyachi o ‘z yordamchilari bilan m o‘yqalamlarni yuvadi, salfetkalami yig‘ib oladi.
0 ‘rta guruhda ham yilning boshida xuddi II kichik guruh kabi topshiriqlar beriladi. Yilning ikkinchi yarmida tarbiyachi bo- lalarni navbatchilikka jalb etadi. Ular bankalarga suv quyadilar, bo'yoqlarni qo‘yib chiqadilar va boshqalar. Mashg‘ulotdan so‘ng bo'yoqlarni joyiga olib borib, suv va m o‘yqalamlarni yuvib, joyi- ga qo‘yadilar.
Katta guruhdagi navbatchilar stol va stullarning qay tarzda tu- rishini nazorat qilib, mashg‘ulotdan so‘ng stollar ustini artib chiqa­ dilar, ular loy, bo‘yoqni, m o‘yqalamlarni stol ustiga qo‘yib chiqadi­ lar. Yelim ham qo‘yib chiqadilar. Taxtachalarni yig‘ib, bankacha- larni yuvib, joyiga qo‘yadilar, qaychilarni tarqatib, mashg‘ulotdan so‘ng yig‘ib chiqadilar.
Tayyorlov guruhida navbatchilikka katta mustaqillik beriladi. Tarbiyachi bolalarga, navbatchilarga mashg‘ulot uchun nimalar kerak bo‘lishini aytadi, navbatchilar ularni tayyorlaydi. Tarbiyachi kuzatadi.



  1. Yüklə 15,72 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin