Metodikasining


MASHG‘ULOTGA TARBIYACHINING TAYYORLANISHI



Yüklə 15,72 Mb.
səhifə5/42
tarix28.11.2023
ölçüsü15,72 Mb.
#169365
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Rasm buyumlar yasash va tasviriy faoliyat metodikasi. Nurmatova M.SH

1. MASHG‘ULOTGA TARBIYACHINING TAYYORLANISHI


M ashg‘ulotni boshlashdan aw al, tarbiyachi albatta o‘zi tanla- gan natura, o ‘yinchoq, illustratsiya va o‘zi bolalarga nisbatan qayerda turishi kerakligini aniqlab oladi. Mashg‘ulotdan oldin tar­ biyachi albatta chizishni, loydan yasashni, qirqishni mashq qilishi lozim. Bu esa tarbiyachiga uni tasvir etishning yo‘l va vositalari- ni aniqlab olish va har bir murakkab qismi ustida ko‘proq ishlash-


52
ni va bolalarning diqqatini ham shu yerga ko‘proq tortish imkoni ni beradi. Mashg‘ulotga tayyorlanish jarayonida tarbiyachi metodik adabiyotlarga murojaat etadi, qay bir metod va usullarni qo‘Ilash mumkinligi ustida ishlaydi. Tarbiyachi mashg‘ulotni tashkil etishga tayyor boigach, bolalarni o‘yin faoliyatidan asta taiim iy faoliyatga ko‘chirib o‘tadi. Mashg‘ulotni tashkil etish jarayoni bir-ikki daqi- qani tashkil etadi. Bu qism mashg‘ulotga qarab turlicha uyushtiri- lishi mumkin. Masalan, bolalarning tasvirlashlari kerak boiadigan predmet yoki illustratsiyalami ko‘rishni, kichkintoylarga esa o‘sha narsa bilan o‘ynashi, q o ii bilan tegishi mumkin bo‘ladi. Kichik guruhdan boshlab bolalarni sekin-asta, shovqinsiz, stol atrofiga o‘tirishga o‘rgatamiz. M ashg‘ulotning turiga va mazmuniga qarab, turlicha o‘tkazilishi mumkin. Masalan, kichik guruhda yarim oy- simon shaklda o‘tkazish mumkin. Bunda tarbiyachi har bir bolani ko‘radi va yordam ko‘rsatish maqsadida har birining oldiga bori- shi mumkin.
Hamm a mashg‘ulotlar uch qismga bo‘linadi:
— mashg‘ulotning boshlanishi — topshiriqni tushuntirish;

  • mashg‘ulotning borishi — topshiriqning bolalar tom onidan bajarilishi;

  • mashg‘ulotning yakuni — bolalar bilan bajarilgan topshiriq­ ni tahlil qilish.

I va II qismlar bolalar yoshi va topshiriqqa qarab, 2—5 daqi- qagacha davom etishi mumkin, I qismda tarbiyachi bolalarga ular bajaradigan topshiriqni xabar qiladi. Tarbiyachining tushuntiri-
shi emotsional, ijodiy kayfiyat tug‘dirishi lozim. II qismda tar­ biyachi bolalarning berilgan topshiriqni bajarishga kirishishlarini tekshiradi. Bolalar ishi o ita s id a pauza bo‘lmasligini, bola bir top­ shiriqni bajardimi, keyingisiga darhol o ‘tishlari, bajarishlarini ku­ zatish lozim. M ashg‘ulot davomida bolalar tinch ishlashga, o‘z o ‘rinlaridan so‘roqsiz turmaslikka o'rganadilar. Katta guruhda- gi bolalar dastawal tarbiyachi ruxsati bilan, keyin o‘zlari suvni, m o‘yqalamni o‘z joyiga qo‘yadilar. Kichik guruhda bolalar musta­ qil bo‘lmaganlari uchun ko‘proq tarbiyachining o‘zi bolalar oldiga kelib turadi. 0 ‘rta guruhdan boshlab bolalar tarbiyachiga qoMlarini ko‘tarib, murojaat etishga o ‘rganadilar. Bolalarni asta-sekin mus­ taqil ishlashga o‘rgatib boriladi. B o rb o ‘lgan qiyinchiliklarni o'/.lari hal etish yo‘llarini o‘rganib boradilar. Mashg‘ulotning yakimijvi
53
daqiqa qolganda bolalar ogohlantiriladi. Bu narsa kichik guruh bolalari uchun ortiqcha hisoblanadi, chunki ular hali bu aloqani egallamagan bo‘ladilar. Kichik guruhdan boshlab bolalarga agar­ da ishini oldinroq tugatgan bo‘lsa, o‘zi yana rasmni element bi­ lan boyitish taklif etiladi. Tarbiyachi ishni tugatishni qat’iyan tak­ lif etsa, bolalar hammasi ishni tugatishi va tarbiyachi kunning ik­ kinchi yarmida bolalarga o‘z ishlarini tugatib olishga imkon yara- tishi lozim.
Bolalar ishini tahlil qilish muhim metodlardan biri bo‘lib hi­ soblanadi. Bolalar ishlarining tahlili ta ’limiy-tarbiyaviy ahamiyatga ega. Bolalar ishlari devoriy ro‘znom a qilib osiladi. Bolalar devoriy ro'znomadagi ishlarini yaxshilab ko‘rib chiqadilar. Tarbiyachi bolalarning fikrlarini so‘raydi va bolalar ishlariga umumiy baho beradi. Mashg‘ulotdan so‘ng bolalarga o ‘z ishlarini ko'rib chi­ qish uchun yana bir bor imkoniyat yaratib beradi. Agar mashg‘ulot cho‘zilib, vaqt qolmasa, sayrdan keyin yoki kunning ikkinchi yar­ mida amalga oshirish mumkin. Bolalar ishlarida tarbiyachi ota- onalar uchun burchak tashkil etadi va bolalar ishlarini u yerda keyingi mashg‘ulotgacha qoldiradi. Albatta, ular dastawal yaxshilab bezatiladi. Ularni turlicha bezatish mumkin. Masalan, pasport si­ fatida. Pasport bolalar ishidan katta bo‘Iib, bolalar ismi, familiyasi yoziladi va ancha vaqtgacha saqlashga imkoniyat beradi. Agar bur­ chak tashkil etishning iloji bo‘lmasa, bolalar ishidan albom qilina- di. H ar bir kishiga bittadan varaq ajratiladi va varaq ustiga konvert yopishtiriladi. Bolaning ismi yozib qo'yilib, shu konvertga bolaning har bir bajargan ishi solinadi.
Aralash yosh guruhlarda mashg‘ulotni tashkil etish o‘ziga xos xususiyatga egadir. Bu guruhni 2-3 yuqori guruhga bo‘lib, har biri uchun o‘zining dastur mazmuni aniqlanadi (bolalarning hammasi birgalikda, bir vaqtda, bir faoliyat bilan shug‘ullansa ham).



  1. 2. BOLALARNI M A SH G ‘ULOTLARDA 0 ‘QITISH

0 ‘qitish — m aktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni elem en- tar bilim lar sistemasi bilan tanishtirishda, «Uch ming yillik- ning bolasi dasturi»da nazarda tutilgan ko‘nikm a va m alaka- larni shakllantirishda yetakchi rolni o ‘ynaydi. 0 ‘qitish ja ra ­ yonida bolalarga yangi bilim larni m untazam berib borish, ular


54
jam g‘argan tasavvurlarni aniqlash va sistem alashtirish, bola­ larning bilish jarayonlari ham da tafakkur faolliklarini rivojlan­ tirish amalga oshiriladi.
0 ‘qitish — ikki tom onlam a jarayon: mashg‘ulotlar kuzatilar ekan, tarbiyachining ta ’lim berish faoliyatini, uning bolalarga ta ’sir etish imkoniyatlarini ham da bolalarning javob berish reaksiyalari- ni, o‘quv harakatlari sifatini ham baholash muhimdir.
T a’lim jarayoni bolalarning jismoniy, m a’naviy, mehnat va estetik rivojlanishlariga har tom onlam a ta ’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ta ’lim jarayonini kuzatishning muhim vazifasi uning bola­ larga tarbiyaviy, um um ta’lim ta ’sirini (kuzatuvchanlik, zehnlilik, aqliy, nutqiy va harakat faolligi, mustaqillik, ijodiy tashabbusning rivojlanishini) aniqlashdir.
Pedagog har bir mashg‘ulotda ta ’lim va tarbiyaning o‘zaro bog‘liq vazifalarini amalga oshirishni esda saqlashi muhimdir. Masalan, bolalarga rasm solish usullarini tushuntirar ekan, u bo­ lalarga predmetni izchil tahlil qilishni, ko‘rganlarini tasvirlash- ni, harakat usullari haqida gapirishni, bo‘yoqdan tartibli foydala- nishni, o‘rtog‘iga xalaqit bermaslikni oxirida hamma narsani o‘zi joy-joyiga olib qo‘yishni o'rgatadi. Shuning uchun tasviriy faoli­ yat mashg‘ulotlarida bolalarning tashqi dunyo haqidagi tasaw ur- lari qandayligini, ular o‘z fikrlarini erkin bayon qila olishlarim, ularning lug‘at boyliklari qandayligini aniqlash mumkin. Bola- lardagi m a’naviy tasaw ur darajasini bajarilgan ishlarni baholashi va shu kabilardagi fikrlari hamda luqmalaridan bilib olish m um ­ kin. Demak, ko‘rilgan har bir mashg‘ulotlarda dasturning bar­ cha bo‘limlari bo‘yicha bolalar bilan olib borilgan ishning daraja- si xuddi ko‘zgud'agidek aks etadi. Tarbiyachi o ‘tkazadigan mash- g‘ulotlarning muvaffaqiyati uch shartga: dasturni yaxshi bilishga, ta’lim metodikasini egallaganlikka, o‘z guruhidagi bolalarning yosh va individual xususiyatlari ham da imkoniyatlarini bilishga bog‘liq bo‘ladi.
Tarbiyachini nazorat qilish va unga yordam ko‘rsatish uchun maktabgacha ta ’lim muassasasi mudirasi barcha yosh guruhlari- ning dasturini ham da ta ’lim metodikasini bilishi, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning psixo-fiziologik xususiyatlarini tu- shunishi, yangi ilmiy tadqiqotlar va ilg‘or pedagogik tajribadan xa bardor b o ‘lishi kerak.
55

Yüklə 15,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin