Mevali daraxtlarning zararkunandalari



Yüklə 42,42 Kb.
səhifə4/8
tarix11.05.2023
ölçüsü42,42 Kb.
#111627
1   2   3   4   5   6   7   8
MEVALI

Sharq meva qurti. Laspeyresia molesta Busk.
Zarari. Sharq meva qurti olma va behi mevalariga xuddi olma qurti (Carpocapsa pomonella L.) kabi zarar yetkazadi. Sharq meva qurti danakli mevalardan shaftoli, olxo`ri, o`rikka ham ancha zarar yetkazadi. Shaftolining nihol novdalari zararlanib, bora-bora qurib qoladi.
Tarqalishi. Janubiy Yevropa, Yaponiya, Janubiy Xitoy, Koreya, AQSh, Kanada, Viktoriya, Yangi Janubiy Uelsda uchraydi.
Ta`rifi. Kapalagi qanotlarini yozganda uzunligi 1,0-1,5 sm keladi, qo`ng`ir tusli bo`lib ko`kragi qornidan qoramtirroq mo`ylovlarida noaniq ravshan xalqachalar bor. Oldingi qanotlarining oldingi chekkasida oq dog`chalar bo`ladi, ular qanotlarining tashqi yarmida ravshanroq ko`rinadi, qanotlarining ko`ndalangiga qarab xira qoramtir yo`llar ketadi. Oldingi qanotlarining orqadagi chekka uchida bittadan yirik yaltiroq dog` bor, bu dog`lar metalday yaltirab turadigan keng tik yo`llar bilan o`ralgan. Qanotlarning uchida bittadan o`tib dog`chalar va ularning ostida ikkita yoki uchta o`tib dog`cha bo`ladi. Qanotlarning popugi qo`ng`ir tusli.
Orqadagi qanotlari oldingi qanotlariga qaraganda qoramtirroq, to`q qo`ng`ir bo`lib, oldingi chekkasi oq va popugi oqimtir. Kapalak qornining pasti oq, panjalarida sarg`ish-oq kambar xalqalari bor. Tuxumi taxminan 0,7 mm; yumaloq yoki oval shaklda, gungurt-oq tusli bo`lib, yuqori tomoni burishgan.
Qurtining kattaligi 12 mm gacha boradi, rivojlanib bo`lishga yaqin och tusga kiradi, yoshligida oq bo`ladi; qurtning boshchasi o`tib tusli, tanasining birinchi va so`nggi segmentlarida juda ham xitinlashgan ko`ndalang qoramtir qalqonlari bor.
G`umbagi jigar rang, so`nggi segmentining yuzasida qillari bor. bu qillar so`galchalar ustida turmaydi, g`umbakning oxirida 10-18 ta katta-kichik tikanlar va anal teshiginint yonida ikkita tikancha, shu teshikning oldida bir necha tikancha bor. G`umbakning orqa tomonida mayda tikanlari bo`ladi.
Hayot kechirishi. Sharq meva qurti po`stloq tangachalarining ostida va daraxtlar tagidagi o`simlik qoldiqlarining orasida oziqlanishni tamomlab, pillaga aylangan qurtlik stadiyasida qishlaydi. Erta ko`klamda qurtlar g`umbakka aylanadi va shaftoli gullagan davrda g`umbaklardan katta kapalaklar paydo bo`ladi, bular kechqurun va tun boshlarida faolroq bo`ladi. Urg`ochi kapalaklar dunyoga kelgandan besh kun keyin tuxum qo`ya boshlaydi.
Kapalaklar barglarga va qisman barg yonliklariga, tuguncha va mevalarga bittadan tuxum qo`yib ketadi. Urg`ochi kapalaklar umrida 100-200 ta tuxum qo`yadi.
Joyning iqlimiga va ob-havo sharoitiga qarab, tuxumlar turli muddatda rivojlanadi, qulay sharoitda kapalak qo`ygan tuxumdan uch kunda lichinka chiqadi, havo sovuganda tuxumdan lichinka chiqishi uch haftagacha cho`zilib ketishi mumkin.
Tuxumdan chiqqan qurtlar mevani, shaftoli novdasini o`yib, ichiga kiradi. Ko`klam-yozda chiqqan qurtlarning o`sish davri 6-24 kun, kuzda chiqqan qurtlarning o`sish davri kamida 50 kun davom etadi.
Qurtlar oziqlanishni tamomlagach daraxtlarning tanalaridan pastga tushib, pillaga kiradi. qishlayotgan qurtlarning pillasi yozgi qurtlarning pillasiga qaraganda zichroq bo`ladi. Yozgi qurtlar pilla o`ragandan keyin tez orada g`umbakka aylanadi.
Yozgi qurtlarning g`umbak davri 7-13 kun davom etadi, qishlab chiqqan qurtlarning g`umbaklari esa kamida 17 kunda yetiladi. Sharq meva qurti tarqalgan turli joylarda yiliga Z-5 nasl beradi.
Kurash choralari. AQSh va Kanadada biologik usul muvaffaqiyat bilan qo`llanilmokda, ya`ni meva qurti tushgan bog`larga Macrocentrus ancylivorus Boh, degan parazit tarqatilmokda. Agrotexnika choralari ham olma qurtiga qarshi kurashdagi kabidir. Karantin choralari sharq meva qurti tushgan joylardan keltiriladigan ko`chat va mevalarni metil bromid yoki sianid kislota bilan dezinseksiya qilishdan iborat.

Yüklə 42,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin