Mevali daraxtlarning zararkunandalari



Yüklə 42,42 Kb.
səhifə1/8
tarix11.05.2023
ölçüsü42,42 Kb.
#111627
  1   2   3   4   5   6   7   8
MEVALI


MEVALI DARAXTLARNING ZARARKUNANDALARI

Reja:


  1. Koksidalar (Qalqondorlar)

2.Yapon tayoqchasimon qalqondori
3. Sharq meva qurti
4. Amerika oq kapalagi
5. Yapon tukli buzoqboshi qo`ng`izi
6.O`rta yer dengizi meva pashshasi
7. Tok fillokserasi

Koksidalar (Qalqondorlar). Sossodyea.


Markaziy Osiyoning urug`li meva bog`larida koksidalarning bir necha turi: gunafsha tusli qalqondor (Parlatoria oleae Colv.; sinonimi: Syngenaspis Oleae Colv.), vergulsimon qalqondor (Lepidosaphes ulmi L.), nok oq qalqondori (Suturaspis archangelskayae Lndgr.), ba`zan katta soxta qalqondor (Paleolecanium bituberculatum Targ.) va akasiya soxta qalqondori (Parthenolecanium corni Bche.) daraxtlarga zarar yetkazadi; janubiy Tojikistonda, yuqoridagi koksidalardan tashqari, ayrim bog`larda kaliforniya qalqondori (Diaspidiotus perniciosus Comst.) ham uchraydi. Markaziy Osiyoda qurtlardan olma unsimon qurti (Phenacoccus mespili Geoff.) va ayrim bog`larda Komstok qurti (Pseudococcus comstocki Kuw.) ancha zarar yetkazadi.
Zarari. Koksidalar daraxtlarning shirasini so`rib, zaiflashtiradi, ko`pincha ayrim shoxlarni va ayniqsa yosh novdalarni nobud qiladi, ba`zan esa daraxtlarni butunlay quritib qo`yadi. Koksidalar mevalarga dog` tushirib, sifatini pasaytiradi. Masalan, Toshkent viloyatidagi Qibray xo`jaligida gunafsha tusli qalqondor tushgan ba`zi olma navlarining taxminan 50 foizida 20 ta va undan ortiq dog` topilgan. Mevalarning 90 foizida dog` borligi aniqlangan (Nevskiy).
Kaliforniya qalqondori karantin zararkunanda bo`lib, meva daraxtlariga, rezavor meva, butalarga va manzarali o`simliklarga zarar yetkazadi. Kaliforniya qalqondori juda ko`payib ketganda daraxt po`stlog`ini yorib yuboradi, shoxlarini va hatto butun daraxtlarni quritib qo`yadi, mevalardagi shirani so`rib, to`q qizil dog` tushiradi. Kaliforniya qalqondori yangi o`tqazilgan daraxtlarga ayniqsa katta zarar yetkazadi. Olma unsimon qurti daraxt shirasini so`rib, juda nimjon qilib qo`yadi, ba`zan novdalarni nobud qiladi.
Tarqalishi. Gunafsha tusli qalqondor Markaziy Osiyo, janubiy Qozog`iston, Kavkaz orti, Shimoliy Kavkazda, O`rta dengiz bo`yidagi mamlakatlarda, Hindiston, Yaqin Sharq, Shimoliy Amerikada va Argentinada uchraydi. Vergulsimon qalqondor hamma qit`alarga tarqalgan; Rossiyada u o`rta Volgabo`yidan shimolga o`tmaydi.
Katta. soxta qalqondor Markaziy Osiyo, janubiy Qozog`iston, Kavkaz orti, Ukraina, Qrim, Eronda, O`rta va Janubiy Yevropada hamda Shimoliy Amerikada hayot kechiradi.
Nok oq qalqondori O`zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va Armanistonda meva daraxtlariga zarar yetkazadi. Kaliforniya qalqondori janubiy Tojikiston tumanlaridan birida borligi aniqlangan; bu hasharotning Turkmaniston doirasidagi ikkinchi makonini karantin inspeksiyasi tugatgan. Kaliforniya qalqondori Ozarbayjon, Gruziyada, Krasnodar o`lkasida, Rostov viloyatida, Moldovoda, Primorye o`lkasida, Yevropaning o`pta va janubiy qismidagi mamlakatlarda, janubiy Afrikada, Hindistonda, Shimoliy va Janubiy Amerikada, Yangi Zelandiya, Avstraliya, Xitoy, Koreya va Yaponiyada uchraydi.
Olma unsimon qurti shimoliy O`zbekiston, Turkmaniston, Kavkaz, Kavkaz orti, Qrim, o`rta va quyi Volgabo`yi va G`arbiy Yevropada uchraydi.
Ta`rifi. Gunafsha tusli qalqondor urg`ochisining qalqoni 2 mm; shakli yumaloq yoki noto`g`ri yumaloq bo`lib, rangi och kul rang, o`rtasi qoramtir tusda; urg`ochisining tanasi gunafsha rang. Erkagining qizg`ish-gunafsha tusli bir juft qanoti bor; uzunligi taxminan 1 mm. Erkak qalqondor qornining so`nggi segmenti cho`zilib, uzun o`simtaga aylangan. Tuxumi gunafsha rang, cho`ziq, uzunligi 0,1-0,2 mm.
Lichinkalari qalqon chiqargandan keyin voyaga yetgan qalqondordan kichikligi bilan farq qiladi; erkak va urg`ochi lichinkalar ikki yoshidan boshlab har xil bo`ladi; erkak lichinkaning gavdasi cho`ziqroq. Erkak g`umbak uzunchoq qalqon ostida bo`lib, uzunligi taxminan 1 mm keladi. G`umbak sekin-asta oyoq chiqaradi. Oyoqlari kutikulyar parda bilan qoplangan. Hamma koksidalarning urg`ochilari chala o`zgaradi, erkaklari esa ortiqcha chala o`zgaradi; erkaklari harakatsizlik stadiyasini o`tadi. Bu to`la o`zgaradigan hasharotlarning g`umbakli stadiyasiga mos keladi.

Yüklə 42,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin