Mevali daraxtlarning zararkunandalari



Yüklə 42,42 Kb.
səhifə8/8
tarix11.05.2023
ölçüsü42,42 Kb.
#111627
1   2   3   4   5   6   7   8
MEVALI

Tok biti yoki filloksera. Rhulloxera vastatrix P1ansh.
Zarari. Filloksera tokni quvvatdan ketkazib, hosilini kamaytiradi. Fillokseraning ildizga tushadigan xili ildizlarni nobud qiladi. Shuning natijasida avval tokning yer ostidagi ayrim novdalari, so`ngra, hasharot tushgandan 2-6 yil keyin, butun tupi nobud bo`ladi. Yirik tokzorlarga filloksera tushganda avval «dog`lar» paydo bo`ladi. Bu «dog`lar» nobud bo`lgan tok tuplaridan iborat bo`ladi. Agar o`z vaqtida chora ko`rilmasa, bora-bora butun tokzor nobud bo`ladi.
Tarqalishi. Fillokseraning vatani Shimoliy Amerikadir. 1860 yilda filloksera Yevropaga o`tgan, taxminan 1872 yilda esa Rossiya hududiga- Qrimga o`tgan, bu yerda birinchi marta taxminan 1880 yildagina, ya`ni jiddiy zararkunanda bo`lib qolgandan keyingina topilgan. Hozirgi vaqtda filloksera Moldaviya, Ukraina, Ozarbayjon, Gruziya, Armaniston va Dog`istonning bir necha tumanlarida bor. Filloksera Fransiya, Ispaniya, Portugaliya, Italiya, Shveysariya, Avstriya, Gollandiya, Vengriya, Germaniya, Yugoslaviya, Gresiya, Bolgariya, Ruminiya, Turkiyaning ko`p joylarida ham tarqalgandir
1880 yildan boshlab filloksera Avstraliyada paydo bo`ldi, 1885-1886 yillardan boshlab Afrikada topildi (hozir Jazoirda va Janubiy Afrikada uchraydi), birmuncha keyin Hindiston bilan Xitoyga ham tarqaldi. 1895 yilda filloksera Shimoliy Amerikadan Janubiy Amerikaga o`tib, ayniqsa Argentina bilan Chilida tarqalib ketdi.
Ta`rifi. Fillokseraning ikki xil-ildiz va bargga zarar yetkazadigan formasi bor. Ildizga zarar yetkazadigan formasining voyaga yetgan qanotsiz urg`ochisining uzunligi 1 mm,oval shaklda, sal-pal yassilangan, sarg`ish-yashil rangli bo`lib, orqasi bo`ylab qator-qator qoramtir so`galchalari bor.

Adabiyotlar:





  1. Voronkova A.V. i dr. – Karantin rasteniy. Moskva. Agropromizdat, 1986.255 str.

  2. Dementyeva M.I. – Fitopatologiya. Moskva 1985.

  3. Pospelov S.M., Shestiperova Z.I., Doljenko I.K. – Osnovы karantina rasteniy. Moskva, Agropromizdat, 1985

  4. Peresыpkin V.F.Selskoxozyaystvennaya fitopatologiya.Agrop.Moskva 1989.

  5. Jumaniyozov M., Safarov M.D., Sangis F.T., Sichev A.Sh. – Respublika o`simliklar karantini davlat bosh inspeksiyasi

  6. O`zbekiston respublika hududini karantindan zararkunandalar, o`simlik kasalliklari va begona o`tlardan muhofaza qilishga doir qonun hujjatlari. 2000

  7. I.A.Karimov. “O`zbekiston XXI asrga intilmoqda”. Toshkent 2000 y.

  8. I.A.Karimov. “Milliy davlatchilik istiqlol mafkurasi va huquqiy madaniyat to`g`risida”. Toshkent 1999 y.

  9. I.A.Karimov. “Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining poydevori”. Toshkent 1997 y.

  10. Karimov I.A. “Qishloq xo`jalik taraqqiyoti to`kin hayot manbai”. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining X sessiyasida so`zlagan nutqi. 1997 yil 25-dekabr.

  11. Qishloq xo`jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturi 1998-2000 y. T. O`zbekiston 1998

Yüklə 42,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin