Mevali daraxtlarning zararkunandalari



Yüklə 42,42 Kb.
səhifə5/8
tarix11.05.2023
ölçüsü42,42 Kb.
#111627
1   2   3   4   5   6   7   8
MEVALI

Amerika oq kapalagi. Hyphantria sipea Driry.
Zarari. Amerika oq kapalagining qurtlari har xil meva, manzarali va bargli o`rmon daraxtlari hamda butalarining bargini, ayniqsa tut bargini yeb qo`yadi, ba`zan turli poliz va dala o`simliklariga ham tushadi.
Tarqalishi. Medvedisa degan kapalaklar (Aretiidae oilasi) chinakam turining vatani Shimoliy Amerika (AQSh va Kanada janubi)dir. Hozirgi vaqtda bu hasharot Bolqon yarim oroli mamlakatlari, Avstriya, Chexiya, Slovakiya, Ruminiya va Vengriyaga ham o`tib, ancha zarar keltirmoqda. Yevropada bu zararkunanda birinchi marta 1940 yilda Vengriya hududida topilgan edi.
Ta`rifi. Voyaga yetgan kapalaklar qanotlarini yozganda kattaligi 4-5 sm keladi. Rangi oq, erkagining mo`ylovlari patsimon, urg`ochisining mo`ylovlari ipsimon bo`ladi.
Tuxumi shar shaklida, diametri 0,6 mm, och yashil bo`lib, tilladay sariq yoki havo rang tusda tovlanib turadi. Qo`ygan tuxumlari ko`pincha oq tuk bilan qoplangan bo`ladi.
Qurtining kattaligi 3,0-3,5 sm ga boradi, orqasi bo`ylab ikki qator va yonlarida to`rt qator so`galchalari bor ulardan uzun tuklar chiqqan bo`ladi. Dastlabki uch yoshdagi qurtlar oyoqli, rangi och sariq, boshi qora, ko`krak birinchi segmentining tergitida qalqon va oyoqlari bo`ladi; so`galchalaridagi iplari uzun -qora rangli va kalta - oq bo`ladi. Katta yoshlardagi qurtning orqasi duxobaday silliq, sariq, orqadagi so`galchalari qora bo`lib, tanasining ikki yonidan bittadan limonday sariq keng yo`l o`tadi, yon so`galchalari zarg`aldoq tuslidir, har bir so`galchadagi och, ingichka tuklar orasida ikki-uchtadan yo`g`onroq qopa tuk bo`ladi, boshi va oyoqlari yaltiroq, qora ranglidir.
Fumbagi siyrak kul rang pilla ichida bo`lib, uzunligi 8-10 mm, rangi to`q qo`ng`ir, tanasining uchida 10 tadan 19 tagacha qarmoqsimon qillari bor.
Hayot kechirishi. Amerika oq kapalagi yangi mintaqalarga ko`chat va transport vositalari bilan o`tishi mumkin; bir qadar yaqin joylarga kapalaklar ayniqsa yo`l-yo`lakay shamolda uchib o`tish yo`li bilan tarqaladi.
Zararkunanda g`umbaklik stadiyasida qishlaydi. Pillasi daraxt po`stlog`ining yoriqlarida, shoxlarning ayri qismlarida, daraxtlar ostidagi tuproq donalari tagida, xazon orasida, devorlarda va qisman tuproqning yuza qatlamlarida bo`ladi.
Ko`klamda kapalaklar chiqadi, ular tunda xayot kechiradi. Qaysi o`simliklar bilan oziqlansa, o`sha o`simliklarning bargiga tuxum qo`yadi, ayniqsa tut bargini xush ko`radi. Bir joyga 500 tacha tuxum qo`yadi, tuxumlarning ustiga urg`ochi kapalak qornidan yupqa momiq chiqarib berkitib ketadi. Urg`ochi kapalak umrida 2000 tacha tuxum qo`yadi. Havo yetarlicha issiq bo`lsa, tuxumdan qurt chiqishi 4-5 kunga cho`ziladi.
Dastlabki ikki yoshdagi qurtlar ochiqda yashab, barglarning faqat tomirini qoldiradi. Uchinchi yoshdan boshlab, qurtlarning koloniyalari o`simliklarda o`zlaridan chiqqan ipdan o`rgimchak uyalarini qurib, barglarni batamom yeb qo`yadi yoki faqat yo`g`on tomirini qoldiradi. Voyaga yetgan kapalaklar kabi, qurtlar ham faqat tunda faol hayot kechiradi, harorat 3-6° dan past bo`lsa, ular tunda ham oziqlanmay qo`yadi. Beshinchi yoshdan boshlab qurtlar o`rgimchak uyalaridan o`rmalab chiqib, gala bo`lib yashashdan yakka yashashga o`tadilar; ular hammasi bo`lib yetti yoshni o`tadi.
O`rta Yevropa sharoitida qurtlar 45-54 kun rivojlanib, keyin pilla o`raydi va g`umbakka aylanadi, 8-14 kundan keyin g`umbaklardan kapalaklarning yangi avlodi yetishib chiqadi. Yevropada Amerika oq kapalagi yiliga ikki nasl beradi. Vengriyada qisman uchinchi marta nasl ham bergan, lekin bu naslning qurtlari qopa sovuqda o`lib qoladi.
Kurash choralari. Mamlakatimizga transport vositalari va yuk bilan zararkunanda kelib qolmasligi uchun ularni aeroportlarda va shunga o`xshash boshqa joylarda, bojxonalarda karantin inspektorlari sinchiklab tekshiradilar. Moldova va G`arbiy Ukrainaning chegara mintaqalariga kapalaklar uchib o`tishi mumkin, shu yo`l bilan zararkunanda kirishiga yo`l qo`ymaslik uchun bu mintaqalarni sinchiklab tekshirib turish kerak.
Amerika oq kapalagi topilgan joylarda kimyoviy kurash choralari hatto yuqori natija berganda ham 10-15 kundan keyin yana takror qo`llanilishi lozim. Oq kapalak tarqalgan joylarda xazonni yo`q qilish va zararkunanda tushgan yerlarni kuzda shudgorlab qo`yish kerak.

Yüklə 42,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin