Mevali daraxtlarning zararkunandalari



Yüklə 42,42 Kb.
səhifə2/8
tarix11.05.2023
ölçüsü42,42 Kb.
#111627
1   2   3   4   5   6   7   8
MEVALI

Vergulsimon qalqondorning uzunligi 1-3 mm. Urg`ochisining tanasi cho`ziq, orqa uchi kengaygan, rangi oqimtir yoki sarg`ish; erkagi maydaroq. Tuxumi oq, oval shaklida.
Nok oq qalqondori qorday oppoq; cho`ziq, nok shaklida yoki uchi sekin-asta torayib boradi. Och sariq yoki och yashil lichinka terisi qalqonning oldingi uchidan turtib chiqib turadi. Voyaga yetgan qalqondorning uzunligi 0,9-1,1 mm keladi. So`nggi yoshdagi lichinka tanasi kattalik jihatidan qalqonga deyarli baravar keladi; rangi och sariq-jigar rang bo`lib, mumsimon oq modda bilan qoplangan.
Katta soxta qalqondorning uzunligi 5-6 mm gacha boradi; urg`ochisining qalqoni qabariq, oval shaklida; kul rang yoki och kul rang-jigar rang bo`lib, radial tartibda joylashgan qo`ng`ir chiziqlari bor; qalqonning o`rtasida ikkita qizg`ish-kul rang do`mboqcha bo`ladi. Erkaklari qanotli bo`lib, tanasinint uchida qillari bor.
Tuxumi qizg`ish; yosh lichinkasi sariq yoki zarg`aldoq tusda. Kaliforniya qalqondorining qalqoni yumaloq, anchagina yapaloq, och jigar rang-kul rang tusda bo`lib, diametri 1,0-1,5 mm, ba`zan 2 mm gacha boradi; qalqonning chetlari o`rtasiga qaraganda och tusdadir; qalqonning o`rta qismida och jigar rang lichinka terisi bor. Erkagining qanoti bir juft. Yosh lichinkasi oziqlana boshlaganda oqimtir shira chiqaradi, yupqa qavat bo`lib turadigan bu shira keyinchalik qalqonga aylanadi. 1 yoshda erkak va urg`ochi lichinkalarini bir-biridan ajratib bo`lmaydi, 2 yoshdan boshlab erkak lichinkalarining qalqonlari cho`ziqroq bo`lib qoladi, urg`ochi lichinkalarining qalqonlari esa yumaloq holida qolaveradi.
Olma unsimon qurtining shakli oval, rangi pushti bo`lib, uzunligi 5,2 mm gacha boradi; mumsimon moddaning yupqa kukunsimon qatlami bilan qoplangan. Qurtning mo`ylovlari 9 bo`g`imli.
Hayot kechirishi. Gunafsha tusli qalqondor voyaga yetib urug`langan urg`ochi stadiyasida, vergulsimon qalqondor kuzda nobud bo`lgan urg`ochilar qalqoni ostida tuxumlik stadiyasida. katta soxta qalqondor bilan akasiya soxta qalqondori va Kaliforniya qalqondori-lichinkalik stadiyasida qishlaydi; shu bilan birga Tojikistonda Kaliforniya qalqondorining 1 yoshli va qisman 2 yoshli lichinkalari va voyaga yetgan urg`ochilari qishlaydi, ammo 2 yoshli lichinkalari va voyaga yetgan urg`ochilari qishda xalok bo`ladi (Ryabseva). Qalqondorlar daraxtlarning shoxlari va tanalarida qishlaydi.
Nok oq qalqondori va olma unsimon qurtining hayot kechirishi hozircha tekshirilgan emas. Komstok qurti urg`ochisi chiqargan mumsimon par ichida tuxumlik stadiyasida qishlaydi.
Aksari koksidalarning erkaklari qanotli, serharakat bo`ladi; urg`ochilari bir joyga yopishib olib, qimirlamay yotadi. Qalqondorlar va soxta qalqondorlar yosh lichinkalik stadiyasida tarqaladi, ular o`rmalab yuradi yoki shamol, hasharotlar, qushlar vositasi bilan tarqaladi. Lichinkalar keyinchalik biron joyga yopishib olib, harakatlanmaydi. Unsimon qurtlar rivojlanishining hamma stadiyalarida harakat qiladi, ammo yosh lichinkalari serharakat bo`ladi. Ko`p koksidalar sovuqqa yaxshi chidash bermaydi va qishda ko`plab halok bo`ladi. Masalan, Toshkent atroflarida ko`klamgacha gunafsha tusli qalqondorning 80 foizi (Nevskiy), Gruziyada Kaliforniya qalqondorining 50 foizi qirilib ketadi (Timofeyeva).
Koksidalarning aksarisi har narsani yeya beradi. Gunafsha tusli qalqondor urug`li va danakli meva daraxtlari; tut, anor, terak ok akasiya va boshqa ko`pgina daraxt hamda butalar shirasiii so`radi; vergulsimon qalqondor barcha meva daraxtlarini, kashtan, qayrag`och, tol, terak, atirgul va boshqa ba`zi bir daraxt va butalar shirasini so`radi, katta soxta qalqondor olma, nok, do`lana, tog`olcha, olxo`ri va boshqa ba`zi daraxtlarga zarar yetkazadi; nok oq qalqondori nok daraxtiga jiddiy zarar yetkazadi. U olma, behi, do`lana, tog`olcha, olxo`ri, olcha, gilos, o`rik, shaftoli, bodom va sirenga kamroq zarar yetkazadi. Kaliforniya qalqondori Tojikistonda olma va nok daraxtlariga ko`proq zarar yetkazadi; bundan tashqari, u behi, o`rik, bodom, yong`oq, olxo`ri, tog`olcha, gilos, olchaga zarar yetkazadi, boshqa juda ko`p mevali daraxtlar, tok manzarali daraxt va butalarning shirasini so`radi. Olma unsimon qurti olma, nok va qisman o`rikka zarar yetkazadi.
Kaliforniya qalqondoridan boshqa urg`ochi qalqondorlar va soxta qalqondorlarning hammasi o`z qalqoni ostiga tuxum qo`yib, keyin nobud bo`ladi. Kaliforniya qalqondori tirik tug`adi, lichinkalari tug`ilish vaqtida tuxum pardasidan chiqadi, kamdan-kam hollarda lichinka qalqon ostida onasi tuxum quyganidan keyin chiqadi.
Koksidalarning pushti har xil bo`ladi: pushti rang qalqondorning urg`ochisi o`rta hisob bilan 50 tadan, vergulsimon qalqondorning urg`ochisi 50-80 ta, katta soxta qalqondor bilan akasiya soxta qalqondorining urg`ochisi 1000 tacha tuxum qo`yadi. Kaliforniya qalqondorining urg`ochisi 200 tacha (janubdagi ba`zi joylarda 500 tacha) lichinka tug`adi.
Yosh lichinkalar ona hasharot qalqoni ostidan o`rmalab chiqadi va daraxtning bir joyiga yopishib olib, harakat qilmaydi. Qalqondorlar juda ko`payib ketganda daraxtlarning shox va tanalari butunlay qalqondorlar bilan qonlanadi. Bunda har 1 sm2 ga 1400 tacha Kaliforniya qalqondori to`g`ri kelishi mumkin.
Nok oq qalqondorining koloniyalari ba`zan shu qadar ko`payib ketadiki, daraxtlarning shox va tanalari ohak surkalganga o`xshab qoladi.
Markaziy Osiyoda qalqondorlar va soxta qalqondorlar mavsum mobaynida 1-2 marta bo`g`in beradi; Kaliforniya qalqondori janubiy Tojikistonda 3 marta bo`g`in beradi.
Kurash choralari. Fizik-mexanik choralardan: erta ko`klamda butalgan shox va novdalar yoqiladi, daraxtlar tanasi tozalanib, qurigan eski po`stloqlari yo`q qilinadi.
Barcha koksidalarga qarshi kurash uchun ishlatiladigan kimyoviy choralar: erta ko`klamda (kurtaklar bo`rtguncha) 10 foizli moy emulsiyasi yoki (kamroq natija beradigani) 5° li ohak-oltingugurt qaynatmasi yoki toza urchuq moyi purkaladi, bu dorilarni samolyotdan purkash ham mumkin.
Barg bitlariga qarshi kurashish uchun ishlatiladigan insektisidlar yozda koksidalarga qarshi kurashish uchun ham ishlatiladi.
Daraxtlardagi koksidalarni shu insektisidlar bilan batamom yo`q qilish uchun ularni tuxumlardan yosh lichinkalar chiqib, o`rmalab yuradigan qisqa bir davrdagina ishlatish kerak. Ammo bunday davr odatda turli koksidalar uchun aksari bir vaqtda boshlanmaydi va atiga 2-3 kun davom etadi.

Yüklə 42,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin