Mevali daraxtlarning zararkunandalari


O`rta yer dengiz meva pashshasi



Yüklə 42,42 Kb.
səhifə7/8
tarix11.05.2023
ölçüsü42,42 Kb.
#111627
1   2   3   4   5   6   7   8
MEVALI

O`rta yer dengiz meva pashshasi. Ceratitts capitata Wied.
Zarari. Pashsha lichinkasi ko`pgina bog` va sabzavot o`simliklari: o`rik, shaftoli, olxo`ri, olcha, gilos, danakli meva daraxtlari, sitrus, tok, pomidor, baqlajon, garmdori va shu kabi o`simliklarning mevalarini iste`molga yaroqsiz qilib qo`yadi.
Tarqalishi. Hindiston, Eron, Suriya, Falastin, Turkiya, Janubiy Yevropa, O`rta dengiz orollari, Shimoliy, O`rta va Janubiy Afrika, Madagaskar, Kanar, Yashil burun orollari, Mavrikiya oroli, Janubiy Amerika, Gavayya orollari, Avstraliya, Tasmaniya oroli, Yangi Zelandiyada uchraydi. 1937 yilda O`rta dengiz meva pashshasi sitrus mevalar bilan birga Odessaga bitta-yarimta kelib qoldi, ammo u 1938 yildayoq batamom tugatildi.
Ta`rifi. Pashshaning kattaligi 4,5-5 mm, boshi och kul rang, xartumida sariq hoshiyasi bor. Ko`zlari qizil, ko`kragi yaltiroq; qora bo`lib, och sariq jilosi bor, yelkalarida oq xalqalari bo`ladi, qorni och sariq tuslidir. Qanotlarida ravshan chegarasiz ko`ndalang qoramtir dog`lari bor, qanotlarining oldingi chekkasi va asosi qoramtirroq. Oyoqlari sariq, urg`ochilarining qorin uchida xitinli tuxum qo`ygichi bor.
Tuxumi och sariq, dugsimon, gungurt oq yoki sarg`ish tusli bo`lib, uzunligi 0,7-0,9 mm dir. Lichinkasi oq, oldingi uchi ingichkalangan bo`lib, ketga borgan sari yo`g`onlashadi, keyingi nafas teshiklari bilan anal teshigining orasida ikkita do`mboqcha bor, uzunligi 9 mm gacha boradi. Soxta pillasi uzunchoq oval shaklida, to`q qo`ng`ir, ba`zan sarg`ish, uzunligi 4-5 mm cha bo`ladi.
Hayot kechirishi. O`rta dengiz meva pashshasi yangi joylarga meva ichida, asosan lichinkalik stadiyasida o`tadi. Qishda qattiq sovuq bo`lmaydigan, namgarchilik ko`proq joylar meva pashshasining urchishi uchun qulaydir. Bu hasharot 20-28° da yaxshi rivojlanadi, uning rivojlanishi uchun past hisoblangan harorat 12-13° dir. Qulay sharoitda (masalan, Gavayya orollarida) pashsha qishki uyquga kirmaydi va yiliga 16 tagacha bo`g`in bera oladi. Hozirgi vaqtda O`rta dengiz meva pashshasi tarqalgan shimoliy chegarada, Parij yaqinida bu hasharot yil bo`yi ikki marta urchiydi, Janubiy Yevropada uch-oltita, Shimoliy Afrikada 8-9 ta bo`g`in beradi.
Voyaga yetgan pashshalar meva shirasi bilan oziqlanib, 6-8 oy yashaydi, shu vaqt ichida urg`ochilari 600-900 ta (kuniga 4-6 tadan) tuxum qo`yadi. Pashsha ovqatsiz qolsa 3-4 kundan keyin o`ladi. Tuxumlarini meva po`stining ostiga qo`yadi, qulay sharoitda tuxumdan 1-2 kunda lichinka chiqadi, u meva eti bilan oziqlanadi. 20-28° S haroratda lichinkalar 5-10 kunda yetilib oladi, shundan keyin mevani tashlab, tuproqning yuza qatlamida g`umbakka aylanadi. Qulay sharoitda g`umbaklik stadiyasi 8-10 kun davom etadi. Yangi bo`g`in pashshalar qanot chiqargandan 4-10 kun keyin tuxum qo`ya boshlaydi.
Kurash choralari. O`rta dengiz meva pashshasi tarqalgan joylardan meva keltirishni ta`qiqlash eng asosiy karantin chorasi hisoblanadi. Shunday joylardan meva keltirish zarur bo`lib qolgan taqdirda u refrijerasiyalanadi. 1-20 S haroratda mevadagi pashsha lichinkalari 3 hafta ichida nobud bo`ladi.

Yüklə 42,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin