6-sinf. Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar
II bob. Mexanik hodisalar 68
68
13
N ko‘taruvchi kuch ta’sir etsa, sharning ko‘taruvchi
kuchi 13
N
−
1,8 N
=
11,2
N bo‘ladi. Ho
zirgi kunda havo
sharlarining pastki qismi ochiq bo‘lib, uning ichidagi havo
maxsus yoqilg‘i yordamida qizdirib turiladi. Bunda qizigan
havoning zichligi, sovuq havonikiga nisbatan kichik bo‘lishi
e’tiborga olinadi. Dengiz va okeanlardagi ulkan kemalar ham
Arximed kuchi tufayli suzadi.
Kemalarning korpusi po‘lat taxtalardan, qayiqlarniki
yog‘och taxtalardan yasaladi. Taxtalar o‘zaro orasidan suv o‘tmaydigan
qilib materiallar bilan biriktiriladi. Kemaning suvga botadigan chuqurligi
botish darajasi deyiladi. Kemaning yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p botish
darajasi, kema korpusida qizil chiziq bilan belgilanadi. Uni vater chiziq (g
ollandcha – «vater» – suv) deyiladi. Kema vater chiziqqacha botganda siqib
chiqarilgan suvning og‘irligi kemaning suv sig‘imi deyiladi.
1. Kemalar qaysi suvda ko‘p yuk ko‘tara oladi, daryo suvidami yoki dengiz suvidami? Nima uchun? 2. Jismlarning suzish shartlarini aytib bering. 3. Qanday suvda odam cho‘kmaydi? 4. Havo sharlari ko‘tariladigan balandlik chegaralanganmi? 5. Тuxum toza suvda cho‘kadi, ammo sho‘r suvda suzib yuradi. Sababini tushuntiring va tajribada tekshirib ko‘ring. •
Arximed haqida afsona. Sirakuza podshosi Giyeron o‘ziga oltindan
toj yasattiradi. Usta yasagan tojning sof oltindan yasalganligini
tekshirishni Arximedga buyuradi. Podsho tojni sindirmay unda aralashma
bor yo‘qligini tekshirishni uqtiradi. Buning uchun toj zichligini sof oltin
zichligi bilan solishtirish kifoya edi. Massani tarozida o‘lchanadi. Lekin
toj hajmini qanday aniqlash mumkin? O‘ylay-o‘ylay charchagan Arximed
hammomga boradi va suvli hovuzchaga tushib, suv toshib ketganini ko‘radi
va «Evrika!», ya'ni «Тopdim» deb xitob qilib shu holatda laboratoriyasiga
yugurib ketgan. Topgan usuli 16-mavzudaga 19-rasmda keltirilgan.
42-rasm.