Amaliy topshiriq
Stakan yarimigacha suv quying. Og‘zini qog‘oz bilan berkitib,
qo‘l bilan qog‘ozni tutib stakanni ag‘daring. Stakandagi suv
to‘kilmaydi. Sababini tushuntiring.
1. Atmosfera bosimi mavjudligini yana qanday tajribalar tasdiqlaydi?
2. Nima sababdan atmosfera bosimi o‘zgarib turadi?
3. Atmosfera bosimi Yerdan yuqoriga ko‘tarilgan sari qanday o‘zgarib boradi?
24-MAVZU
ARXIMED QONUNI VA UNING QO‘LLANILISHI
Suvga mix yoki kichkina tosh tashlansa, cho‘kib ketadi. Lekin katta
yog‘och g‘o‘la, qayiq va ulkan kemalar suvda suzib yuradi. Bunga sabab
nima? Quyidagi tajribani o‘tkazib ko‘raylik.
Dinamometrga suvda cho‘ kadigan biror jismni osib, uning og‘irligini
o‘lchaylik. So‘ngra uni suvli idishga tushiraylik (39-rasm). Bunda
dinamometr ko‘r satishi ka maygan ligini ko‘ra miz. Agar jism zichligi suvni-
kidan katta bo‘l gan boshqa su yuqlikka botiril sa, dinamometr ko‘rsatishi
yanada kamayadi.
II bob. Mexanik hodisalar
66
66
39-rasm.
40-rasm.
Ko‘rilgan tajribadan suyuq
likka botirilgan jismga uni yuqo
riga
ko‘taruvchi kuch ta’sir eti shini bilib olamiz. Demak, jismning suzishi yoki
cho‘kib ketishi shu ko‘taruvchi kuchning jism og‘irligidan katta yoki kichik
bo‘lishiga bog‘liq ekan. Xo‘sh, bu kuch kattaligi qanday aniqlanadi. Buning
uchun navbatdagi tajribani o‘tkazamiz. Zichligi suvdan katta bo‘lgan kub
shaklidagi jismni dinamometrga osib, havoda og‘irligi aniqlanadi. Idishning
jo‘mragiga qadar suv to‘ldiriladi (40-rasm). So‘ngra dinamo metrga osilgan
yukni suvli idishga tushiriladi. Bunda suv toshib, tarozi ustiga qo‘yilgan
menzurkaga tushadi. Bundan oldin menzurka tarozi ustiga qo‘yilganda,
tarozining ko‘rsatishi belgilab olinadi. Menzurkaning suv bilan birgalikdagi
massasidan unga tushgan suv massasi aniqlanadi. Menzurkadan toshib
chiqqan suv hajmi ham aniqlanadi. Bunda jismning o‘lchamlari chizg‘ich
bilan aniqlanib, hajmi hisoblansa, toshib chiqqan suv haj miga tengligi kelib
chiqadi. Shu suvning og‘irligi hisoblansa, aynan suvga botirilgan jismning
havodagi og‘irligi P
h
bilan suvdagi og‘irligi P
s
orasidagi farq F = P
h
−P
s
ga
tengligi ko‘rinadi.
Demak, yuqoriga ko‘taruvchi kuch jism siqib chiqargan suyuqlik
og‘irligiga teng bo‘lar ekan.
Bu qonuniyatni birinchi bo‘lib tajriba asosida qadimgi grek olimi,
fi zik va matematik Arximed (eramizdan oldingi 287–212-yillar) aniqlagan.
|