Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar


II bob. Mexanik hodisalar



Yüklə 1,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/124
tarix20.06.2022
ölçüsü1,9 Mb.
#61845
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   124
6-sinf. Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar

II bob. Mexanik hodisalar
60
60
22-MAVZU
TINCH HOLATDAGI GAZ VA SUYUQLIKDA BOSIM
Oldingi mavzuda suyuqlik va gazlarda ichki bosim mavjudligi aytilgan 
edi. Bu bosimni tinch holatdagi bosim deb ham aytiladi. Suyuqlik yoki 
gazni tashkil etgan zarralar o‘z og‘irliklariga ega bo‘ladi. Shunga ko‘ra, 
har bir qatlam o‘z og‘irligi bilan pastdagi qatlamni bosadi. Ular to‘planib 
idish tubiga beriladi. Bu bosimni, shu ningdekgidrostatik bosim deb ham 
yuritiladi. Uni hisoblab ko‘raylik.
30-rasm.
Suyuqlik ichida qalinligi Δh bo‘lgan qatlam olaylik (30-
rasm). Bu qatlam o‘z og‘irligi bilan pastki qatlamga bosim 
beradi. Idish yuzasi S butun balandlik bo‘yicha o‘zgarmas 
bo‘lsin. U holda qatlamning bergan bosimi 
bo‘ladi. 
ΔF – Δh qatlam og‘irligi. ΔF = Δ mg = ρ · ΔV · g = ρ · S · Δh · g dan 
= = ρ g · Δh bo‘ladi. Idish tubiga berilgan bosim 
qatlamlar bergan bosimlar yig‘indisiga teng:
p = ρgh.
Unga ko‘ra, suyuqlikning idish tubiga bergan bosimi, yuzaga bog‘liq 
bo‘lmasdan, faqat suyuqlik balandligiga bog‘liq bo‘lar ekan. Buning 
isbotini quyidagi tajribada ko‘rish mumkin. 31-rasmda shakli va idish 
tubining yuzasi turlicha bo‘lgan shisha naylar keltirilgan. 1 nayga ma’lum 
bir balandlikkacha suv quyilsa, qolgan naylardagi suv sathi ham shu nay-
dagi suv sathi bilan bir xil bo‘lishi kuzatiladi. Tublari tu 
tashtirilgan 
idish lar sistemasiga tutash idishlar deyiladi.
Tutash idishlarga choynak, vodo provod tizimini misol sifatida keltirish 
mumkin (32-rasm). Quyidagi tajri bani o‘tkazaylik.
Ikkita shisha nay olib, ularni rezina shlang yordamida ulaylik (33-
rasm). Rezina shlang o‘rtasini qisqich bilan mahkam siqib, bir tomoniga 
suv quyaylik. So‘ngra qisqichni olib qo‘ysak, suv bir tomondan ikkinchi 
tomonga oqib, ikkala tomonda bir xil sathda qolganligini ko‘ramiz. 
Naylardan birini o‘z holida qoldirib, ikkinchi tomonini pastga yoki 
yuqoriga siljitsak, suyuqliklar sathi bir xilligicha qoladi.


61

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin