Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar


Ishqalanish kuchini o‘lchash jadvali



Yüklə 1,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/124
tarix20.06.2022
ölçüsü1,9 Mb.
#61845
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   124
6-sinf. Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar

Ishqalanish kuchini o‘lchash jadvali
Yuksiz dinamometr 
ko‘rsatishi (N)
Taxtachaga qo‘yilgan 
yuk massasi (kg)
Yukli holatda dinamometr 
ko‘rsatishi (N)
Elastiklik kuchini o‘lchash jadvali
Yuk osilganda dinamometr 
ko‘rsatishi (N)
Yuk harakatlanganda 
dinamometr ko‘rsatishi (N)
Rezina qo‘yilganda 
dinamometr ko‘rsatishi (N)
1. Nima sababdan taxtacha ustiga yuk qo‘yilganda ishqalanish kuchi ortadi?
2. 3-tajribada rezinani ikki buklab bog‘lansa, dinamometr ko‘rsatishi qanday 
o‘zgaradi?
3. Og‘irlik kuchini tarozi yordamida o‘lchasa bo‘ladimi?


55
20-MAVZU
BOSIM VA UNING BIRLIKLARI
Bitta mixni olib, yupqa taxtaga uchini qaratib, orqasiga bolg‘a bilan 
urilsa, mix taxtaga oson kiradi. Agar taxtaga mixni qalpog‘i tomoni bilan 
qo‘yib uchiga bolg‘a bilan urilsa, mix taxtaga kirmaydi. Har ikkala holda 
ham bolg‘aning zarb kuchi bir xil bo‘lsa-da, natija har xil bo‘lishiga sabab 
nima? Buning sababi shundaki, mixning taxtaga kirishi kuch kattaligidan 
tashqari, qo‘yilgan yuzaga ham bog‘liq bo‘lar ekan.
Yuza birligiga tik ravishda qo‘yilgan kuchga to‘g‘ri keladigan fi zik 
kattalikka bosim deyiladi.
Bosim = 
Bosim kuchi
Kuch qo‘ilgan yuza


p – bosim, F – bosim kuchi, S – kuch qo‘yilgan yuza.
Bosim 
=1 Paskal bilan o‘lchanadi. Qisqacha 1 Pa. Bu 
birlik fransuz olimi B. Paskal (1623–1662) sharafi ga qo‘yilgan.
Bosim tabiatda va texnikada katta ahamiyatga ega. Pichoqlar va 
qaychilar yaxshi kesishi uchun, bosimni orttirish maqsadida, yuzasini 
qayrab kichik lashtiriladi.
Ignalarning uchlarida, knopkada ham bosimni orttirish uchun yuza 
kichik lashtiriladi (27-rasm).
Aksincha, bosimni kamaytirish uchun yuzani kattalashtiriladi. Og‘ir yuk 
ko‘taradigan mashinalarning balonlari, yengil mashinalarnikiga nisbatan 
enliroq bo‘ladi. Qalin qorda yurganda botib ketmaslik uchun oyoqqa chang‘i 
bog‘lanadi. Ko‘p qavatli binolarning poydevori ham keng qilib quriladi.
27-rasm.

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin