Kuchni o‘lchash. Kuchni o‘lchash uchun dinamometr (grekcha.
dinamis – kuch, metreo – o‘lchayman) deb ataluvchi asbob dan
foydalaniladi.
51
Jismlarning o‘zaro ta’siri haqida ma’lumotlar. Kuch
Og‘irlik kuchi
Ishqalanish kuchi
Elastiklik
kuchlari
Tortishish kuchlari
Elektr va magnit
kuchlari
23-rasm.
II bob. Mexanik hodisalar
52
52
24-rasm.
Asbob taxtachaga o‘rna
tilgan prujina,
prujina uchiga mahkamlangan ko‘rsatkich sim
hamda o‘sha joyga ulangan shkala bo‘ylab siljiy
oladigan sterjendan iborat. Sterjen uchida
ilmog‘i bo‘lib, unga yuk osiladi. Ilmoqqa yuk
osilsa, prujina cho‘ziladi. Yuk massasi m = 102 g
bo‘lsa, prujina uchidagi ko‘r
satkich sim
1 raqamida to‘xtaydi (24-rasm). Bunda prujina
cho‘zilishida hosil bo‘lgan elastiklik kuchi,
yukning og‘irlik kuchiga teng bo‘ladi. Dinamo-
metrning strelkasi 1 N kuchni ko‘rsatadi. Unga
yana 1 N og‘ir likdagi yukni ossak, dinamometr prujinasi cho‘zilib, ko‘rsat-
kich sim uchi pastga siljiydi. U joyga 2 raqami qo‘yilgan bo‘lib ta’sir
etayotgan kuchning 2 N
ga tengligini bildiradi. Yuklarni shu tarzda
ko‘paytirib borib, dinamometr bilan ularning og‘irliklarini o‘lchash
mumkin. Umuman olganda, jism massasi m ma’lum bo‘lsa, unga ta’sir
etayotgan og‘irlik kuchini F (ef) bilan belgilab,
F
og‘ir. kuch.
= m · g
formula orqali hisoblab topish mumkin.
g = 9,81
ga teng bo‘lib, Yer sirtida o‘zgarmas kattalikdir.
1. Atrofga qarab o‘zaro ta’sirlashayotgan jismlarga misollar keltiring.
2. Elastiklik kuchlaridan qayerlarda foydalanish mumkin?
3. Ishqalanish qayerlarda foydali, qayerlarda zararli?
3-mashq
1. O‘quvchini tarozida tortishganda massasi 32 kg chiqdi. Uning
og‘irligi necha N ga teng? (Javobi: 314 N.)
2. Dinamometrga yuk osilganda, uning ko‘rsatishi 24,5 N ga teng
bo‘ldi. Unga qanday massali yuk osilgan? (Javobi: 2,5 kg.)
53
3. Dehqon yelkasida 50 kg sabzi solingan qopni ko‘tardi. Deh qonning
massasi 70 kg. Dehqon yerga qanday kuch bilan bosadi? ( Javobi: 1176 N.)
Dostları ilə paylaş: |