57
Amaliy topshiriq
Massangizni va oyoq kiyimingizning ostki yuzasini bilgan holda
turgan holda qancha bosim berishingizni aniqlang. Massani maktab
tibbiyot yoki jismoniy tarbiya xonasida o‘lchash mumkin. Yuzani topish
uchun oyoq kiyimingizni katak daftar varag‘iga qo‘yib, chetki qismini
chizib chiqing. Butun kataklar sonini sanang. Unga butun bo‘lmagan
kataklar sonining yarmini qo‘shing. Hosil bo‘lgan sonni 0,25 sm
2
ga
ko‘paytiring.
1. Kundalik turmushda bosimga doir kuzatgan tajribalaringizni aytib bering.
2. Nima sababdan yengil avtomobil shudgorda botib qoladi-yu, og‘ir traktor
bemalol yuradi?
3. Bichish-tikish ishlarida ishlatiladigan angishvonaning vazifasini bila sizmi?
4. Odam yerda qaysi vaqtda ko‘proq bosim beradi: to‘xtab turgandami yoki
yugurayotganidami?
4-mashq
1. Jism og‘irligi va tayanchga beradigan bosim ma’lum bo‘lsa, yuzani
qanday hisoblash mumkin?
2. 0,02
necha paskalga teng?
3
*
. Uyning ayvoni 8 ta ustunda qurilgan. Har bir ustunning ko‘ndalang
yuzasi 400 sm
2
. Ayvon tomiga yopilgan materiallar massasi 1500 kg bo‘lsa,
ular har bir ustunga taxminan qanday bosim beradi? (
Javobi: 45937,5 Pa).
4. Yuzasi 0,1 sm
2
bo‘lgan mixga 20 N kuch bilan ta’sir etilsa, bosimi
qanchaga teng bo‘ladi?
5. 5 Pa necha
ga teng?
6. Parijdagi Eyfel minorasining og‘irligi 5000 kN bo‘lib, poydevori 450
m
2
ga teng. Uning Yerga beradigan bosimini hisoblang.
Dostları ilə paylaş: