Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar


Bosim va uning birliklari



Yüklə 1,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/124
tarix20.06.2022
ölçüsü1,9 Mb.
#61845
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   124
6-sinf. Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar

Bosim va uning birliklari


II bob. Mexanik hodisalar
58
58
21-MAVZU
PASKAL QONUNI VA UNING QO‘LLANILISHI
28-rasm.
Quyidagi tajribani o‘tkazib ko‘ring. Iste’ molda bo‘lgan 
bir marta ishlatiladigan shpris va bolalar pufl aydigan 
sharni oling. Shpris ignasini sharchaga bir necha 
marta sanchib oling. Sharcha ichiga suv quyib, og‘zini ignasi 
olingan shprisga kiydiring. Shpris porshenini asta-sekin bosing. 
Bunda shar ichidagi bosim ortadi. Sharcha teshikchalarining 
barchasidan suv otilib chiqa boshlaydi (28-rasm). 
Demak, porshen orqali berilgan bosim suyuqlik yoki 
gazda faqat porshen yo‘nalishida emas, balki hamma tomonga 
uzatilar ekan. Bu qonuniyatni 1653-yilda fransuz olimi Blez 
Paskal o‘rgangan. Qonun quyidagicha ta’rifl anadi.
Suyuqlik va gaz o‘ziga berilgan tashqi bosimni hamma tomonga 
o‘zga rishsiz uzatadi.
Suyuqlik yoki gaz o‘ziga berilgan tashqi bosimni uni tashkil qilgan 
zarralari orqali uzatadi. Zarralar bosimni uzatishi uchun ular harakatda 
bo‘lishi kerak. Haqiqatan ham, ko‘pgina hodisalar (havoda hidning 
tarqalishi, suvda siyohning erishi) suyuqlik va gaz zarralarining harakatda 
ekanligini tasdiq 
laydi. Zarralar harakati tufayli idish devorlariga urilib
ichki bosimni hosil qiladi. Ichki bosim uchun Paskal qonuni quyidagicha 
ta’rifl anadi.
Og‘irlik kuchini hisobga olmaganda, suyuqlik yoki gaz zar-
ralarining idish devorlariga bergan bosimi hamma yo‘nalishda bir xil 
bo‘ladi.
Paskal qonunidan texnikada keng foydalaniladi. Barcha avtomobillarda, 
poyezdlarda qo‘llaniladigan tormozlash sistemasi, yer qazuvchi, yuk ortuvchi 
traktorlarda gidrav lik press deb ataluvchi qurilma prinsipi qo‘llaniladi.

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin