Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar


Tinch holatdagi gaz va suyuqlikda bosim



Yüklə 1,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/124
tarix20.06.2022
ölçüsü1,9 Mb.
#61845
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   124
6-sinf. Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar

Tinch holatdagi gaz va suyuqlikda bosim
31-rasm. 32-rasm. 
33-rasm.
Bundan tutash idishlar qonuni kelib chiqadi. Har qanday shakldagi 
tutash idishlarning tirsaklaridagi bir jinsli suyuqlik ustunlarining 
balandliklari bir xil boladi.
Agar tutash idishlarga turli xil suyuqliklar quyilsa nima bo‘ladi? 
Masalan, naylardan biriga yog‘, ikkinchisiga suv quyilsa, suyuqliklar 
sathi har xil bo‘ladi. Bunda suyuqliklar balandliklari nisbati, suyuqliklar 
zichliklari nisbati bilan quyidagicha munosabatda bo‘ladi:
.
Shunday qilib, zichligi katta bo‘lgan suyuqlik ustunining balandligi
zichligi kichik bo‘lgan suyuqlik ustunining balandligidan kichik bo‘ladi. 
Demak, yog‘ quyilgan nayda suyuqlik ustuni suv quyilgan tomoniga 
nisbatan katta bo‘ladi.
O‘zingiz bajarib ko‘ring
Salqin ichimlikdan bo‘shagan idishni (baklajka) olib, turli 
balandlikda bigiz yoki ingichka mix yordamida tirqishlar oching. 
Tirqishlarni gugurt cho‘pi bilan berkitib, suv to‘ldiring. Gugurt 
cho‘plarini navbat bilan olib, suvning otilish uzoqligini aniqlang. Sababini 
tushun tiring.
1. Gidrostatik bosim nimalarga bog‘liq?
2. Tutash idishlarga misollar keltiring.
3. Nima sababdan tutash idishlarga solingan turli suyuqliklar balandligi 
turlicha bo‘ladi?


II bob. Mexanik hodisalar
62
62
5-mashq
1. Gidravlik press kichik porsheniga 10 N kuch ta’sir ettirilganda, katta 
porshendan 180 N kuch olindi. Agar katta porshen yuzasi 90 sm
2
bo‘lsa, 
kichik porshen yuzasi nimaga teng? (Javobi: 5 sm
2
.)
2. 33-rasmdagi shisha naylarning bir tomoniga suv, ikkinchi tomoniga 
o‘simlik yog‘i quyiladi. Suv balandligi 30 sm bo‘lsa, yog‘ balandligi qancha 
bo‘ladi? (Javobi: ≈ 33,3 sm.)
3
*
. Eni 50 sm, bo‘yi 40 sm va balandligi 50 sm bo‘lgan akvariumdagi 
suvning idish tubiga bergan bosimini hisoblang. (Javobi: 4900 Pa.)

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin