Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar


Harakatlanuvchi suyuqlik va gazlarning jismga ta’sirI



Yüklə 1,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/124
tarix20.06.2022
ölçüsü1,9 Mb.
#61845
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   124
6-sinf. Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar

Harakatlanuvchi suyuqlik va gazlarning jismga ta’sirI
45-rasm.
25-MAVZU
HARAKATLANUVCHI SUYUQLIK 
VA GAZLARNING JISMGA TA’SIRI
43-rasm.
44-rasm.
Siz tinch holatda turgan suyuqlik va 
gazlarning idish devoriga bosim berishi haqida 
bilib oldingiz. Tabiatda va tur mushda suyuqlik 
tinch holatdan tashqari harakatda ham 
bo‘ladi. Ariq, kanal, daryolar va vodoprovod 
quvurlarida oqayot gan suvda qanday kuchlar 
vujudga keladi? Buni o‘rganish uchun ariqda 
oqayotgan suv yuzasi holatini bir eslab 
ko‘raylik. Suvi mo‘l, keng kanalda sekin 
oqayotgan suvning o‘rta qismi bir tekisda, 
taxminan bitta chiziq bo‘ylab, harakat qiladi. 
Buni suvda birga oqib kelayotgan cho‘plar 
harakatini kuzatib ishonch hosil qilish mumkin (43-rasm). Bunday oqim 
qatlamli yoki laminar oqim deyiladi. Tog‘dan tushib kelayot gan ariq suvi 
tez oqadi. Unga tashlangan mayda cho‘plar, barglar harakati kuzatilsa, 
ko‘pchilik joylarida girdob, ya’ni uyurma ko‘rinishidagi harakatlar hosil 
bo‘ladi (44-rasm.) Bunday oqimga turbulent oqim deyiladi. Demak, 
suyuqlik biror-bir nayda oqqanda suyuqlikning nay devorlariga ishqalanishi 
tufayli qatlamlarning siljishi nayning o‘rta qismida tezroq, chetki 
qismlarida sekinroq bo‘lar ekan. Suyuqlik tinch holatda turganiga nisbatan 
harakat holatida qo‘shimcha bosim hosil bo‘ladi. Bu bosimga dinamik 
bosim deyiladi. Bosim suyuqlik yoki gazning tezligiga qanday bog‘liq 
bo‘ladi?
Buning uchun quyidagicha tajriba 
o‘tkazaylik. Ikki varaq qog‘oz olib, tik 
holatda ushlaylik. So‘ngra qo g‘oz orasiga 
pufl ay lik (45-rasm). Shunda qog‘ozlar bir-biriga 
tomon intilib yaqinlashadi. Buning sababi 


II bob. Mexanik hodisalar
70
70
shundaki, qog‘ozlar ora 
sidagi havo pufl ash 
natijasida harakatga keladi va u joydagi bosim 
kamayadi. Qo 
g‘ozlarning tashqi tomonidagi 
bosim, ichki qismida 
gidan katta bo‘lib 
qolganligi tufayli, qog‘ozlarni siquv 
chi kuch 
paydo bo‘ladi. Bahor paytida uchiriladigan 
varraklarin gizning os monga ko‘tarilishining 
sababi ham bosimlar farqi hosil bo‘lishidadir. 
Bunda var rak osti va ustki qismidan o‘tuvchi 
shamol tezligi turlicha bo‘lganligidan ko‘ta-
ruvchi kuch paydo bo‘ladi (46-rasm). Bir 
tomonga hara katlanayotgan ikkita kema ba’zan 
hech qanday sababsiz to‘qnashib ketganligi 
kuzatilgan. Buning sababini ham xuddi ikkita qog‘oz varag‘i orasiga 
pufl 
anganida bosimlar farqi hosil bo‘lishi bilan tushun 
tiriladi. 
Samolyotlarning parvozi ham aynan shu hodisani o‘rganish tufayli amalga 
oshirildi. Buni samolyot qanotining maxsus tuzilishi bilan tushun tiriladi 
(47-rasm).
Samolyot qanotiga kelib urilayotgan shamol, qanotning ostki va ustki 
tomo nidan o‘tadi. Ustki qismida shamol o‘ti shi kerak bo‘lgan yo‘l pastki 
qismidan ko‘proq. Shu sababli ustki qismida sha mol tezligi pastkisidan 
kattaroq bo‘lishi kerak. Demak, shamol tezligi katta bo‘lgan joydagi bosim 
p
1
shamol tezligi kichik bo‘lgan ostki qismidagi bosim p
2
dan kichik 
bo‘ladi. Natijada pastdan yuqoriga yo‘nalgan bosimlar farqi p = p
2
− p
1
hosil 
bo‘ladi. Oqim turbulent bo‘lsa, bosimlar farqi shuncha katta bo‘ladi. Bunga 
samolyot qanotini ko‘taruvchi kuch deyiladi.
Futbol maydonida burchakdan tepilgan to‘ping burilib darvozaga 
kirganini televizorda yoki stadionda kuzatganlar ko‘p. Тo‘pning burilishiga 
nima majbur qiladi? Bunga sabab shuki, to‘pning o‘rtasiga emas, balki 
biroz chetrog‘iga tepgan usta futbolchi uni to‘g‘ri harakati davomida 
aylanishiga majbur qiladi. Natijada to‘pning chap va o‘ng tomonidagi havo 
oqimining tezligi o‘zgaradi va bosimlar farqi hosil bo‘lib, to‘pni darvoza 
tomonga buradi.
46-rasm.
47-rasm.


71

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin