II bob. Mexanik hodisalar 74
74
Amaliy topshiriq 1. Uyingizdan maktabga kelguncha qancha mexanik ish bajar-
ganingizni hisoblab ko‘ring. Yo‘lni gorizontal tekis deb hisob-
lang.
2. Narvonga yoki stol ustiga chiqing. Bunda bajargan mexanik
ishingizni hisoblab, daftaringizga yozing.
27-MAVZU ENERGIYA TURLARI. QUVVAT Bolg‘a bilan mix qoqish misolida Siz, bolg‘ani qancha yuqoriga ko‘tarib
mixni ursangiz, taxtaga shuncha chuqurroq kirishini bilib oldingiz. Demak,
bolg‘aning ish bajara olish qobiliyati, ya’ni energiyasi uning vaziyatiga bog‘liq
bo‘lar ekan.
Jismlarning vaziyati tufayli ega bo‘lgan energiyasipotensial ener- giya debataladi. Berilgan misolda bolg‘aning bajargan ishi A = F og‘ir
kuch
· h ga teng. Bunda,
F og‘ir
kuch
– bolg‘aning og‘irlik kuchi; h – bolg‘aning mix qalpog‘iga nisbatan
balandligi. Bu ish bolg‘aning energiyasi hisobiga bajarilganligi uchun unung
potensial energiyasi E p = F og‘ir kuch
· h yoki
E p = mgh. Buraladigan soatlarda prujinasini siqib, unda potensial energiya hosil
qilinadi. So‘ngra prujina asta-sekin yoyilib soat mexanizmini, ya’ni
strelkalarni harakatga keltirib, mexanik ish bajaradi. Daryolarni to‘sib,
to‘g‘onlar quriladi. Bunda suvning balandligi ko‘tariladi. So‘ngra bu
suv maxsus quvurlar orqali tushirilib, suv yo‘liga o‘rnatilgan parraklarni
aylantiradi. Jismlar potensial energiyadan tashqari kinetik energiyaga ham
ega bo‘lishi mumkin. Kinetik energiyajismlarning tezligi tufayli mavjud bo‘ladi. .