Har bir yangi davrda amplituda tobora kamayib boradi va
ishqalanish kuchi qanchalik katta bo`lsa, amplituda shunchalik tez
tebranishlarni garmonik deb hisoblash mumkin emas, chunki
garmonik tebranishlar uchun amplitudaning doimiyligi xarakterlidir.
So‘nuvchi tebranishlar: Yuqorida ko‘rib o‘tilgan prujinali
ishqalanish bo‘lmagan taqdirdagina garmonik tebranishlar bo‘la oladi.
Lekin real tebranuvchi sistemada hamma vaqt ishqalanish, aniqrog‘i
Masalan, mayatnik osib qo‘yilgan joydagi ishqalanish kuchi yoki sistema
tebranayotgan muhitning qarshilik kuchi shular jumlasidandir. Qarshilik
kuchlarini yengish uchun sistema ish bajaradi va tebranishlar energiyasining bir
qismini sarflaydi. Shuning uchun tebranish energiyasi tebranish jarayonida
kamayib boradi. Тebranish energiyasi amplituda kvadratiga to‘g‘ri proporsional
bo‘lgani uchun ((5) formulaga q.) tebranishlar amplitudasi ham tobora kamayib
boradi va energiya zaxirasi tugagach, tebranishlar butunlay to‘xtaydi. Bunday
tebranishlar so‘nuvchi tebranishlar deb ataladi. 1.2- rasmda so‘nuvchi
tebranishlar uchun x siljishning t vaqtga bog‘liqlik grafigi tasvirlangan. Bunday
bog‘lanishni qumdonli mayatnik vositasida hosil qilish mumkin (1.3- rasm).
Тeshigi juda tor bo‘lgan voronkani uzun ipga mayatnik singari osib, unga
quruq qum to‘ldiriladi va tebrantirib yuboriladi. Agar voronkaning ostidan
keng qog‘oz tasmani uning tebranishlariga perpendikular yo‘nalishda tortib
tekis harakatlantirilsa, voronkadan tushayotgan qum oqimi mayatnik
siljishining vaqtga bog‘liq o‘zgarishini grafik ravishda tasvirlovchi qum
izini hosil qiladi. Muhitning qarshiligi qancha katta bo‘lsa, amplituda
shuncha tez kamayadi va tebranishlar tez to‘xtaydi. Masalan, havoda
mayatnik ancha uzoq vaqt davomida tebranishi mumkin, biroq o‘shancha
energiya berilgan o‘sha mayatnikning o‘zi suv ichida bir-ikki martadan
ortiq tebrana olmaydi. So‘nuvchi tebranishlarda tebranish amplitudasi
vaqt o‘tishi bilan kamayib borishi sababli harakat to‘la takrorlanmaydi.
Shuning uchun so‘nuvchi tebranishlar garmonik bo‘lmaydi, ular hatto
davriy harakat ham bo‘lmaydi. Biroq energiyaning sarflanishi (so‘nish)
juda sekinlik bilan amalga oshsa, bunday so‘nuvchi tebranishlarni biror
taqribiylik bilan davriy harakat, deb hisoblash mumkin.
Dostları ilə paylaş: