Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


 Sug‘orish texnikasi elementlarini qo‘llash asoslari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/81
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#173538
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   81
Uc6hstRPzyOQm9SEH7ZrJWAUtCqnrHfz58L5TfXe

3.3.2. Sug‘orish texnikasi elementlarini qo‘llash asoslari 
Sug‘orish shoxobchalari – sug‘orish kanallari tizimidan iborat bo‘lib, 
sug‘oradigan suvni sug‘orish manbasidan olib, sug‘oriladigan joyga eltib beradi va 
sug‘orish uchun alohida xo‘jalik (uchastka)larga beradi. 
Sug‘orish shoxobchalarining asosiy elementlari – magistral kanal (shoh ariq) 
yoki suv quvuri va kanalning taqsimlovchi shoxobchalari yoki suv quvurlaridir. 
Taqsimlovchi shoxobchalar bajaradigan vazifalariga qarab xo‘jaliklararo, 
xo‘jalik ichidagi, uchastka sug‘orish arig‘i va sug‘orgich tarmoqlari (suv oladigan 
egatlar) dan iborat bo‘ladi. 
Sug‘orish shoxobchalari quvurli, ochiq (erda), shu jumladan, nov ariqli, 
aralash (kombinatsiya), qoplamali yoki u siz loyihalashtiriladi. 


80 
Sug‘orish shoxobchalari doimiy, yarimdoimiy, vaqtinchalik va ko‘chma 
bo‘lishi mumkin. 
Sug‘orish uchastkasidagi muvaqqat shoxobchalar uchastkaning uzunasiga 
(bo‘ylama sxema) va ko‘ndalangiga (ko‘ndalang sxema) joylashtiriladi (1.8-rasm). 
3.8-rasm. Muvaqqat ariqlarning 
bo‘ylama sxemasi 
Vaqtinchalik 
(muvaqqat) 
shoxobchalar uchga bo‘linadi: 
1.Doimiy shox ariqdan suv oladigan 
muvaqqat ariqlar; 
2.Muvaqqat 
ariqlardan 
suv 
oladigan 
o‘qariqlar; 
3.O’qariqlardan suv oladigan egatlar. 
Bo‘ylama sxemada egatlar muvaqqat ariqlarga parallel olinadi. 
Ko‘ndalang 
sxemada 
egatlar 
muvaqqat ariqlarga perpendikulyar 
olinadi (1.9-rasm). 
 
3.9-rasm. Muvaqqat ariqlarning 
ko‘ndalang sxemasi 
Bo‘ylama sxemada o‘q ariqlar bo‘lib, ularga muvaqqat ariqlarda suv quyiladi. 
Ko‘ndalang sxemada o‘qariqlar bo‘lmaydi. Bunda egatlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri 
muvaqqat ariqdan suv quyiladi. Muvaqqat ariqlarni olishda quyidagilarni nazarda 
tutish kerak: 
1. Muvaqqat ariqlardan mexanizmlar bemalol o‘ta olish keraq h
a
=30 sm. 
v
a
=20…50 cm; 
2. Muvaqqat ariqlardan suv ikki sutkadan ortiq oqmasligi kerak (aks holda 
agrotexnikaviy qoidalar buziladi); 


81 
3. Suv ariqning tubini va yonlarini yuvib yubormasiligi zarur. Aks holda ular 
chuqurlashib, o‘qariq (yoki egatlar)ga suv chiqmaydigan bo‘lib qoladi; 
4. Muvaqqat ariqlar sug‘orish uchastkasini bir vaqtda sug‘ora oladigan bo‘lishi 
kerak. 
Muvaqqat ariqlar yerning katta nishabi bo‘ylab olinsa (1.10-rasm) yer egat 
olib yoki taxtalarga bo‘linib sug‘oriladi. Bunda egat va taxtalar muvaqqat ariqlarga 
parallel olinadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin